6 – mavzu idrok murakkab psixik jarayon sifatida reja



Download 159,8 Kb.
Sana29.04.2022
Hajmi159,8 Kb.
#590918
Bog'liq
6- мавзу


6 – MAVZU IDROK MURAKKAB PSIXIK JARAYON SIFATIDA
Reja

  1. Idrok to‘g‘risida umumiy tushuncha.

  2. Idrok bosqichlari va bilish.

  3. Idrok xususiyatlari va sifatlari haqida mulohazalar.

  4. Idrokning fenomenal holatlari talqini.

Idrok sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik jarayon bo‘lib hisoblanganligi sababli barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar xossalar va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar, ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi, aks ettirishda ishtirok qiladi.


Idrok tushunchasi lotin tilida «perceptio» qabul qilish, idrok deb nomlanadi, uning yuqori bosqichi esa «appersensiya» (lot-ad ga perceptio-idrok, qabul qilish) deyiladi. Appersepsiya- idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivatsiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appersepsiya hodisasi tufayli odamlar o‘zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada tavofutlanadilar, ya’ni ular aynan bir xil narsani o‘ziningbilim saviyasi, maslagi, pozitsiyasi, dunyoqarashi va ijtimoiy kelib chiqishiga asoslangan holda turlicha idrok qiladilar hamda aks ettiradilar. Masalan, «ildiz» tushunchasini biologlar o‘simliklarning moddiy asosi sifatida, mamavzutiklar sonlarning ildiz ostidagi ko‘rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan qarindosh-urug‘chilik shaklida ko‘z o‘rgiga keltiradi. Mazkur tushuncha ba’zi hollarda idrokning aniqlik, to‘liqlik, ravshanlilik, predmetlilik, tanlovchanlik (saralash) kabi sifatlarning ma’nosi o‘rnida qo‘llanilgan. Psixologiya nazariyalariga ko‘ra appersepsiya hodisasi barqaror va vaqtincha (muvaqqat) deb yurituvchi ikki ko‘rinishga (turga) ajratiladi. Barqaror appersepsiya xodisasi shaxsning dunyoqarashi, qat’iy maslagi, ideali, pozitsiyasimotivatsiyasi, qiziqishi, bilim saviyasi, madaniy darajasi, xulq-atvori, ma’naviyati va kasbiy tayyorgarligiga boleznig‘liq bo‘lib, u o‘ta murakab tuztilishga egadir. Muvaqqat (vaqtincha) appersepsiya turi esa shaxsning faqat idrok qilish jarayonidagi emotsional holatiga, ya’ni uning kayfiyati, ruhlanishi, shifoati, stress, affektiv ko‘rinishdagi his-tuyg‘ularida, ularning sur’ati, davomiyligi, tezligida o‘z ifodasini topadi.
Psixologiya fanida idrok muayyan shakllarga ajratilib tadqiq qilinadi, vaqt, harakat, fazo yordami bilan atrof-muhitning, biosferaning, ijtimoiy turmushning mohiyati yuzasidan axborotlar ma’lumotlar, xususiyatlar aks ettiradi. Borliqdagi narsa va hodisalarning yashash shakli, uzluksiz ravishda harakatda bo‘lishi, muayyan obьektiv vaqt birligida hukm surishi inson ongida bevosita in’ikos qilinadi. Odatda inson tomonidan vaqtni idrok qilish, asosan ruhiy hodisalar, holatlar, vaziyatlar, xususiyatlarning o‘zaro o‘rin almashinuvi tufayli namoyon bo‘ladi va o‘ziga xos tuzilishi bilan mazkur jarayonning boshqa shakllaridan farq qilib turadi. Vaqtni idrok qilish inson tomonidan aks ettirilayotgan vaqt birligining obьektiv (haqqoniy, holis) mazmuniga, shaxsning unga nisbatan munosabatiga boliq bo‘lib, xuddi shu mezon orqali uning mahsuldorligi o‘lchanadi. Masalan, shaxsning ehtiyoji, motivatsiyasi, qiziqishlari va intilishiga mos, mutanosib vaqt birligini idrok birligini idrok qilgan taqdirdagina vaqt obьektiv jihatdan(kechinmalar, his-tuyg‘ularga nisbatan shaxsning ijobiy haqqoniy munosabatlarida) tez o‘tganday idrok qilinadi, odatda yoqtirmaslik, idrok maydoniga (qamroviga) nomutanosiblik esa shaxsda zerikishvaqt «sekin» o‘tish tuyg‘usini uyg‘otadi.
Biosfera va noosferadagi harakatlarni idrok qilish jismlarning (ba’zan nisbiy jihatdanboshqa ijtimoiy, siyosiy tabiiy holatlarning) fazodagi (ijtimoiy hayotdagi) o‘rin almashinuvini bevosita (bavosita) in’ikos ettirshdan iboratdir. Xuddi shu sababdan harakat nisbatan (qiyosiy) va nisbat berilmasdan (taqqoslanmasdan) idrok qilinishi ilmiy psixologik manbalarda qayd qilib o‘tiladi. Mabodo harakatdagi jism uni qurshab turgan haraktsiz boshqa jismlarga taqqoslangan holda idrok qilinsa, bunday toifadagi harakat nisbatan idrok qilish deb ataladi. Agarda harakatlanayotgan jism hech qanday narsa bilan taqqoslanmasdan idrok qilinsa, bu ko‘rinishdagi harakat esa nisbat berilmasdan (nisbatsiz) idrok qilish deyiladi. Fazoni idrok qilish-voqelikdagi narsa va xodisalarning fazoda egallagan o‘rnini, shaklini, miqdorini va bir-biriga nisbatan munosabatlarini iborat bilish jarayoninig shaklidir. Voqelikni idrok qilish orqali inson borliq to‘g‘risida, uning xususiyatlari, hajmi, masofasi (ich tomoni, chuqurligi) yuzasidan muayyan ma’lumotlar, xossalar, axborotlar to‘plash, ularni farqlash imkoniyatiga ega bo‘ladi. Idrokning har uchala shaklining yordami bilan dunyoni bilish jarayoni amalga oshadi, verbal va noverbal holatlar bilan bevosita va bilvosita yo‘l yordamida muayyan obrazlar (timsolar, tavsiyalar, imij) mujassamlashadi, natijada yaxlit in’ikos etishholati yuzaga keladi, bilishga oid aksariyat mahsullar to‘planadi.
Idrok jarayonida uning fenoienlari (yunoncha «phainomenon»-noyob, g‘ayriodatiy holat degan ma’no anglatadi) muayyan hodisalarni aks ettirishda ishtirok etadi, in’ikosning turlicha aniqlikda namoyon bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Ular jahon psixologiyasi fanida gallyusinatsiya (lotincha hallucinftio» alahlash, bosinqirash, valdirlash, ya’ni yo‘q narsalarning ko‘rinishi, eshitilishi, sezilishi), illyuziya (lotincha «illusio» –xato, adashish, yanglashish degan ma’noni bildiradi), attraksiya (frans. attraction»-o‘ziga tortish, mahliyo etish, jalb qilish ma’nosini beradi), yaqqol ko‘rinish (ruscha «yasnovidenie»-yaqqol oldindan ko‘rish, yaqqol g‘oyibdan xabar olish demakdir) tushunchalar orqali nomlanadi.
YAqqol voqealikdagi narsa va hodisalarning tana a’zolarini qabul qilish analizatorlariga bevosita ta’sir etmasdan inson ongida turli obrazlarning (ovozlarning eshitilishi, sharpalarning sezilishi) xayolan, fikran paydo bo‘lishidan iborat idrokning psixopatologik (ruhiy xastalik) hodisasiga gallyusinatsiya deyiladi. Gallyusinatsiya hodisasi muvaqqat ruhiy xastalikning alomati bo‘lib, ba’zan qo‘rqich hissi mahsuli hisoblanib, bosh miya katta yarim sharlari qobig‘idagi qo‘zg‘alish jarayonlarining nuqsonli, sust (patalogik) harakati natijasida, goho asab tizimining zaharlanishi, zaiflashuvi, haddan tashqari toliqishi tufayli yuzaga kelish mumkin. Bizningcha, gallyusinatsiya hodisasi bir necha xil ko‘rinishga ega bo‘lish mumkin ularning eng asosiylari quyidagilardan iboratdir: a)yo‘q narsalarningko‘zga ko‘rinishi; b) u yoki bu ovozlar, tovushlar, kuylar eshitilishi; v) yo‘q sharpalar, hidlar sezilishi kabilar.
Illyuziya hissiy a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa va hodisalarning noto‘g‘ri (noadekvat), yanglish, xato idrok qilishdan iborat jarayoninig noyob hodisasidir. Ba’zan psixologik fanida noto‘g‘ri (noadekvat) idrok qilishga olib keluvchi qo‘zg‘atuvchilar konfiguratsiyasining (lotincha «contiguratio» tashqi tuzilishida o‘xshashlik, o‘zaro o‘xshashlik, joylashuvda yondashuvlik deganidir) o‘zi ham illyuziya deb ataladi. «Adekvat» tushunchasi lotincha «adae gguatus», ya’ni teppa-teng, mutloqo mos, ayni to‘g‘ri demakdir. Hozirgi davrda ko‘rish idrokini kuzatishning eng samaralisi-bu tasvirlarning ikki o‘lchovli ifodalanishidir. Illyuziyalarning bir turkumi optik geometrik illyuziyalar deb nomlanib, ular asosiy tasvir bilan uni qurshab turgan fazoviy joylashuv bilan farq qiluvchi boshqa shaklar o‘rtasida o‘lchov munosabatining buzilishida namoyon bo‘ladi. Tasvirlar yorug‘ fonda qora fonga nisbatan qoraroq tuyuladi, ya’ni holat mahsuli deyiladi. Kontrast fransuzcha «Contraste» –keskin qarama-qarshilik demakdir, boshqacha so‘z bilan aytganda yorug‘lik bilan fon o‘rtasidagi munosabat ifodasidir. «Fon» tushunchasi fransuzcha «fond» deb atalib, asos, negiz, tag ma’nosini bildiradi.
Aksariyat illyuziyalar ko‘rinadigan harakatlar bilan boleznig‘liqdir, chunonchi: a) qorong‘ilikda harakatsiz yorug‘lik manbaidan nurlarning tartibsiz tarqalishi (avtokinetik harakat); b) fakzoviy jihatdan yaqin joylashgan ikki harakatsiz stimulning tez sur’atlar bilan namoyon etib turish harakat taasuortini vujudga keltiradi (stroboskopik harakat); v) harakatsiz obьektni uni qurshab turgan fonga qarama-qarshi yo‘nalishga qo‘yish harakat tuyg‘usini paydo qiladi (induksion harakat) kabilar.
Attraksiya insonni (o‘zi bilan o‘zga o‘rtasidagi munosabatda namoyon bo‘lib,) o‘ziga mahliyo qilish, qalbni «jiz» ettirishdan iborat, ongsizlikka taaluqli insonni inson tomonidan idrok qilish hodisasidir. Bu hodisa bir qancha manbalar, qo‘zg‘atuvchilar, motivlar ta’sirida vujudga keladi, jumladan: 1) dastlabki tashqi ko‘rinish, istarasining issiqligi; 2) subьektga nisbatan rishtasiz boleznig‘lanib qolishlik, ongsizlik darajasidagi anglashilmagan ichki noaniq moyillik; 3) shaxslarning xarakteridagi o‘xshashlikning mavjudligi; 4) sheriklarning muomala maromidagi yaqinlik va boshqalar.
Psixologiya fanida juda kam tadqiq qilingan idrok fenomenlaridan bittasi-bu yaqqol ko‘rinish (yasnovidenie) deb atalib, voqealik, holat, hordisa va tasodifni yaqqol oldindan ko‘rish, yaqqol g‘oyiblardan xabar kelish (olish) singari parapsixologik muammodir. Faqat ayrim hollardagina yaqqol ko‘rinishning aniq ilmiy hisoblashlarga asoslangan mahsuli namroyon bo‘lishi mumkin, xolos. aksariyat vaziyatlarda yaqqol ko‘rishlik bilish subьektining shaxsiy xayoloti, o‘zgalarning diqqatini tortishiga, jalb qilishga aloqador hissiy kechinmalardan boshqa narsa bo‘lmasadan, uning yaqqollilik ehtimoli darajasi juda pastdir. Biroq shu narsani rad etmaslik kerakki, ayrim allomalarning bashoratlari, yaqqol oldindan ko‘rish imkonining yuksavukligi aniqligi kishini hanuzvgacha hayajonga soladi.
Idrokning muhim tomonlaridan biri uning xususiyatlarining turli jabhalar, vaziyatlar, vsharoitlarda namoyon bqo‘lishida. Idrokning muhim xususiyatvlaridan biri bu faol ravishda bevosita aks etti rish imkoniyatining mavjudligidir. Odatda insonning idrok qilish faoliyati uning o‘zlashtirilgan bilimlari, to‘plangan tajribalari, shuningdek, murakkab analitik, sinvtetik harakatlar tizimi zamirida yuzaga keladi. Bu holat idrok qilinishi zarur bo‘lgan o‘quv fani mohiyatiga bog‘liq ilmiy faraz yaratish, uni amalga oshirish borasida qaror qabul qilish yaqqol voqelik bilan tasavvur qilinayotganining o‘zaro mosligini aniqlash singaqri bosqichma bosqich o‘zaro bir-birini taqozo etuvchi tarkibiy qismslardan iboratdir.
Idrokning yana bir muhim xususiyati uning umumlashgan holda narsa va hodisalarning aks ettirishidir. Ma’lumki, chinson psixikasiga kirib borayotgan ko‘pqirrali ko‘pyoqlama alomatlardan idrok qilish bilan cheklanib, chegaralanib qolmaschdan, balki o‘sha majmua aniq jism yoki hodisa sifatida baholanadi. Jimsmlarning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash bilan qanoat homsil qilmasdan, balki mavzkur narsalarni ma’lum ma’noviy qismslarga ajratadi. Jumladan, «soat», «bino», «hayvonot» va hokazo.
Idrokning navvbatdagi xususiyati uning harakatchanligi va boshqaruvchanligidir. Masalan, toshko‘mir yorg‘likda yog‘du sochadi, oq qog‘ozdan ko‘proq nur balqiydi. Lekin inson bu narsaklarni «qora» va «oq» deb idrok qiladi, vujudga kelgan bevosita sub’ektiv taassurotlarga nisbatan o‘zchgartishlar, tuzatishlar kiritadi. CHunki idrok jarayoni inson oldida turgan maqsadga, maqsad qo‘ya olishga, unga berilgan ustanovkaga (ongli, ixtiyoriy ko‘rsatmaga) uzviy bog‘liq holda irodaviy ьboshqarilish xususiyatiga egadir. SHuning uchun insonni idrok qilish (perseptiv) faoliyatida ongli boshqariluo‘v imkoniyati mavjud bo‘lib, analitik, sintetik, harakastlar negizida verbal orqali amalga oshiriladi.
Idrokning boshqa bilish jarayonlaridan shu jumladan, sezgidan farqli tomoni shuki, u narsa va hodisalarni yaxlit holda aks ettirishdir. Xuddi shu yaxlitlik belgisi alohida namoyon bo‘dluvchi ayrim alomatlarda ifodalanuvchi narpsaslarni predmet yoki jismch tariqasida in’ikos qilish qobiliyatiga ega. CHunki jismslarning aniqligi, ravonligi predmet yoki jism sifatida ko‘zga tashlanishida o‘z ifodasini topib, muayyan tuzilish, strukturani vujudga keltiradi. Idrok mazmuniga, tarkibiga kiruvchi har qanday hodisa, xoh verbal, xoh noverbal tarzda ifodalanishdan qat’i nazar bu predmet yoki jism sifatida gavdalanadi va unga qiyos berilgan yaxlitligini namoyish etadi.
Psixologiya fanida idrok etilayotgan narsalarning fizik holati o‘zchgarsa ham, lekin uning ko‘z to‘r pardasivdagi obrazining o‘zgarmaschligi, nisbiy turg‘unlik ko‘rsatuvchi qonun, eng muhim xususiyat konstantlik deyiladi. Doimiylik, o‘zgarmaslik uning asosiy belgilari hisoblanadi.
Narsa va hodislar idrok ob’ektiga chtushishi bilan ular ketma-ket aks ettiriladi, o‘degan xulosa g‘ayritabiiy holatdir. CHunki idrok maydoniga kirib kelayotgan va idrok qilinadigan narsaldar qo‘zg‘atuvchisining ildamligi kuchli ehtiiyojlarga mos tushadigani ular tomonidan qabul qiilinadi. Boshqacha qilib aytganda qo‘zg‘atuvchining kuchi, yangiligi qandaydir ahamiyat kasb etishi yo‘nalishi harakatchanligi analitik sinvtetik harakatlar majmuasida sasralanasdi yoki tanlanadi. Xuddi shu boisdan har qanday narsa va hodisalar insoln tomonidan idrok qilichnmaydi. CHunki chu tabiiy va sun’iy shart-sharoitlar ob’ektiv va sub’ektiv omillar tekshiriluvidan o‘tkaziladi, ya’sni saradlov tanlov jarayoni amalga oshiriladi. Nomvutanosiblik me’yoridan tashqari ma’lumotlar aks ettirish doirasidan chetda qolib ketaveradi.
Idrok qilinishi zarur narsa va hodislar muayyan tuzilishga yoki strukturaga ega bo‘lgandagina yaularning tarkibiy qismvlari, alomatlari to‘g‘risida mulohaza yuritishi mumkin byuo‘chladi, xolos. Xuddi sha sababdan, ularning hajmi, fazoda egallagan o‘rni, rangi ichki mohiyati, ko‘rinishi, vazni to‘g‘risidagi muayyan tushunchaga ega bo‘chlish uchun idrok qiilinadigan aniq tutszilishga, ya’ni strukturaga ega bo‘yalishi lozim. Bilish jarayonini taqozo etuvchi ijodiydrokning muhim xususiyatlaridan biri, ya’ni bittasi uning tuzilishiga egsha ekanligi, ya’ni strukvturaviyligidir. Ushbu xususiyatsiz idrokning mag‘zi hisoblanmish yaxlitlik haqida jonli mushohavda bo‘lishi mumkin emas. CHunki struktura qismlardan vujudga kelsa, alohivdaliklar birikmasidan yaxlit tuzilma yachratiladi.
YUqoridagi xususiyatlarning barchasi insonning yosh xususiyatlariga, aqliy kamolotiga, tajribasiga, bilim saviyasiga bog‘liqdir. Lekin to‘g‘ri (adekvat) idrok qilish uchun ma’lum shart-sharitlar muhayyo bo‘lmog‘i lozim: 1) Sub’ektning aks ettirishi zarur bo‘lgan narsalar yuzasidan avvalgi uquvi, tasavvurlarining ko‘lami, ularning kengligi, chuqurligi; 2) mazkur jism fan, voqelik, muammo o‘rganilishi bilan bog‘liq bo‘chlgan maqsad, maqsad qo‘ya olish; 3) perseptiv faoliyatning faolligi, izchildligi va tanqisdiy xususiyati; 4) idrok qilish faoliyati tarkibiga kiruvchi faold xatti-harakatlarning saqvlanishi ularning o‘zaro uyg‘unligi.
Muayyan sharoitda shaxs tomonidan idroq qilinadigan narsa yoki jism idrokning ob’ekti deb ataladji. Idrok qilinadigan narsa uni o‘rab turgan boshqa narsa jism yoki hodjisslarga nisbatan ob’ekt hisoblanib, ob’ektning atrofdagilari esa fon deyiladi. Idrokning sifati ob’ektning fondan tez to‘liq va aniq ajratib olish bilan belgilanadi.
Idrok qo‘zg‘atuvchilarining ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qilib, narsani butunligicha, yaxlitligicha uning hamma xususiyatlari bilan birga aks ettiradi. SHuning uchun idrok ayrim sezgilarning loddiy yig‘indisio‘dan iboratdir degan xulosa chiqarib blo‘lmaydi. Idrok o‘ziga xos tuzilishga ega bo‘lgan hissiy bilishning sifat jihatdan yangi yuksakroq bosqichidir.
Idrokning predmetliligi, yaxlitligi, ma’lum tartibda tuzilishi (strukturaviyligi), konstantligi, anglanganligi predmetliligi (jismsliligi), tanlovchanligi (saralanuvchanligi) uning eng muhim xususiyatlaridandir.
Idrokning muhim jabhalari va tarkiblari mohiyatiga kiruvchilar qatoriga ko‘z bilan aks ettirishning negizi bo‘lmish ko‘z harakatlari kiradi. Ular o‘zlarining tuzilishi, kelib chiqishi, vaqtliligi, sur’ati kabi belgilariga binoan, quyidagi turlarga ajratiladi.

  1. Konvergensiya (lotincha convergore yaqinlashish, qo‘shilish demakdir) – ikkala ko‘zning qo‘rish o‘qlarining yaqinlashuvi natijasida to‘r pardasio‘da jismvning ikkilanishiga yo‘l qo‘ymaslikda o‘z ifodasini topadi.

  2. Divergensiya (Lotincha divergere uzoqlashish) ko‘zning vergent harakatlarining bir turi bo‘lib, bir-byuiridan muayyan masofada turgan nuqtalarini qayd qilishda ko‘rish o‘qyalarining uzoqlashuvidan iborat harakat.

  3. Gorizontal harakat, ya’ni ko‘zning bir xil tekislikdagi ikki nuqta oraliq bo‘yicha narsalarning qayd qilishidir.

  4. Vertikal harakat har xil fazoviy joylashuviga ega bo‘lgan nuqtalar o‘rtasida aloqani tiklashdan iborat ko‘z harkati yordami bilan idrok qilinishidir.

  5. Siklofuzion (yunoncha cyclos doira, aylana) harakat, harakatlanuvchi jismslarni ko‘z qorachig‘i yordamida aniq tasvirini aks ettirishidir.

  6. Torsion (fransuzcha torsion aylantirish) harakat ko‘z o‘qi atrofida jismlarni aylanib turgan holda qayd qilishdir.

  7. Version (lotincha verfo harkatlanaman, aylanaman demakdir) harpkat ko‘zning makro harakatlari doirasiga kirib, ko‘rish burchyaagini kuzatish, tezlikni o‘zgartirmasdan kuzatiluvchi ob’ektni idrok qiilishda ishtirok etishidir.

  8. Vergen (lotincha vergo og‘ish, qiyshayish) harakt ko‘zning makro harakatlari tarkibiga kirib o‘ng va chap ko‘zlarining ko‘rish o‘qlari burchagi o‘zgarishiga olib keladi va hokazo.

Insoning tashqi qiyofasining tuzilishi bo‘yicha shaxs xarakteri xususiyatlari va uning fazilatlariga oid ishonchli fikr bildirish o‘zining uzoq tarixiga ega bo‘lsada, lekin muammoning ilmiy negizi, uning mexanizmi hozirgi davrdagina tadqiq qilina boshlandi. Odamning tashqi qiyofasini tahlil etish orqali uning ruhiy dunyosiga baho berish yuzasidan jahon psixologlari tomonidan yaratilgan nazariyalar, to‘plangan amaliy ma’lumotlar umulashtirilsa, quyidagi tasnifnomani yuzaga keltirish mumkin:



  1. Insonning tashqi qiyofasidagi har bir o‘zgarish uning yaqqol shaxsiy xususiyati bilan uzviy boleznig‘liq ekanligini tushuntirishga asoslangan analitik talqin uslubi (labni qattiq qisib yurish-odam irodasining mustahkamligi nishonasidir). Boshqacha so‘z bilan aytganda, insoniyatning ijtimoiy-tarixiy taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan to‘plangan tajribalarga asoslanib, shaxsning ruhiy dunyosini baholash imkoniyati mavjudligi demakdir.

  2. Insoning tashqi qiyofasidagi beixtiyor, tabiiy ko‘rinishdagi sernafosat nozik ado, boshqa kishilar hissiyotini o‘ziga tortuvchi joziba, maftunkorlik, xushbichimlik shaxsning kechinmalari bilan uyg‘unlashuvini e’tirof qilishga qaratilgan yondashuv (shaxsning didi bilan kiyinishi, me’yor bilan o‘ziga aro berishi uning ibosida ifodalanishining ruhiy dunyosi bilan mutanosibligi). Idrok qilinayotgan inson muayyan masofada muomala va muloqotga kirishuvchi shaxs tomonidan qay yo‘sinda qabul qilinsa, demak o‘sha odam to‘g‘risidagi taassurot bevosita favqulotdagi holatga, vaziyatga bog‘liq bo‘ladi, chunki yoqtirish yoki yoqtirmaslik, simpatiya, antipatiya, empatiya bir lahzalik idrok mahsulida mujasssamlashishi mumkin.

  3. Idrok qilinayotgan insonin tashqi ko‘rinishining alomatlari iliq taassurot va tasavvur uyg‘otuvchi tanish odamning psixologik xususiyatlari notanish kishiga o‘xshashligi tufayli ixtiyorsiz ravishda unga qiyos beriladi. Oldin idrok qilingan tanish insonning barcha fazilatlari va hislatlari tashqi qiyofa evaziga notanish kishiga ko‘chiriladi. SHunisi ajablanarliki, mazkur jarayonda na mantiqiy tahlil, na uzviylik talqini ishtirok etadi. Xuddi shu boisdan bu tarzda insonni inson tomonidan idrok qilish o‘xshashlikka asoslanishi ta’kidlab o‘tish maqsadga muvofiq.

  4. Insoning tashqi qiyofasini idrok qilish negizida uni u yoki bu ijtimoiy (ishchi, dehqon, ziyoli) guruhlarga, ya’ni toifalarga aloqadorligi to‘g‘risida muayyan qarorga kelinsa, odamning shaxsiy sifatlarini baholash xuddi shu nuqtai nazardan amalga oshiriladi. Kishining tashqi ko‘rinishiga nisbatan bundayo yondashish ijtimoiy kelib chiqishga asoslanuvchi o‘xshashish deyiladi.

Bizningcha, insonin inson tomonidan idrok qilish jarayoni qat’iy ravishda quyidagi bosqichlar orqali amalga oshishi mumkin:
-idrok qilinayotgan odamni idrok qiluvchi o‘zining shaxsiy xislatlari bilan qiyoslash natijasida, uning mahsuli bo‘yicha talqin qilinadi va tushuntiriladi; bunday idrok qilish tarzida insonin inson tomonidan aks ettirish, o‘xshatish, unga taqlid qilish, undan ibrat olish ulublari orqali yuzaga keladi, ya’ni identifikatsiya bosqichi bevosita amalga oshadi;
-idrok qilinayotgan shaxsning o‘rniga idrok qiluvchi o‘z xohishi bo‘yicha mulohaza yuritishi, uni tushunishga intilish o‘z-o‘zini anglash negizida nmmoyon bo‘ladi, ya’ni refleksiya bosqichi vujudga kelagnligi to‘g‘risida muayyan qarorga kelinadi;

  • o‘zga kishilarning kechinmalari va his-tuyg‘ulariga nisbatan hamdardlik bildirish, mehr-oqibatliligini amaliy ifodalash orqali ularni tushunish imkoniyati tug‘iladi, buning natijasida tub ma’nodagi empatiyaga asoslangan idrok qilish bosqichi yuzaga keladi;

  • o‘zga kishilarga ijtimoiy guruh a’zolariga nisbatan berilgan xislatlarni ommaviy tarzda yoyish, tavsif berish va baholash negizida idrok qilish jarayoni tug‘iladi, ya’ni qadimgi mezonlar bo‘yicha in’ikos qilish stereotipizatsiya deyiladi.

Psixologiya fanida refma’ruza, ya’ni o‘zini- o‘zi anglash shaxsning barcha (hissiy, bilishga oid, irodaviy, boshqaruv) xususiyatlarini oqilona baholash degan qarashlar va yondoshuvlar to hozirgi davrgacha davom etib kelmoqda Bunday holat inson tomonidan o‘zini-o‘zi aks ettirishni bildiradi, xolos. Lekin o‘zga kishilar idrok qilinuvchining shaxs sifatlarini qay hajmda bilishadi, ularni baholash imkoniyati qanday, uning nimalarga qodir ekanligini tushuna olishadimi? Kabi muammolarga javob berish orqali o‘zini-o‘zi anglashning boshqa qirralarini aniqlash mumkin. Insonlar o‘zaro bir-birlarini idrok qilish kezida:

  • birinchidan, darhaqiqat idrok qilinayotgan shaxsning asl qiyofasi so‘zsiz ravishda ifodalanishi;

  • ikkinchidan, shaxs o‘zini aniq tasavvur qilib, so‘ng oqilona baholay olishi, munosabat bildirishi, shaxsiy yondoshuvi;

  • uchunchidan, shaxsning boshqa odamlar tomonidan anglanishi natijasida ikkiyoqlama in’ikos, ya’ni "sub’ekt-sub’ekt" munosabati vujudga keladi. SHaxslararo bir-birini aks ettirish jarayonining mohiyati inson fazilatlarini qayta esga tushirish, qaytadan tiklash va ularni yaxlit tarzda mujassamlashtirish orqali o‘z aksini topadi.

Jahon psixologlari asarlarini tahlil qilish va shaxsiy kuzatishlarimiz natijalari inson tomonidan faoliyat maqsadini ro‘yobga chiqarish rejasini va modelini yaratishda ifodalanuvchi antitsipatsiya (latincha anticipatio, ya’ni oldindan sezish, payqash, oldindan idrok qilish, hodisa mohiyatini ochishdagi topqirligi) bir necha bosqichlardan iborat ekanligidan dalolat bermoqda.
Hozirgi zamon jahon psixologlari antitsipatsiyani besh darajaga ajratib o‘rganmoqdalar, chunonchi anglashidmas subsensor (lotincha "sub" osti va "sensis"- sezish so‘zlaridan tuzilgan bo‘lib, idrok qilishning ongosti holatini anglatiladi), sensomotor (loticha "sensis" sezish "motor"harakat degan ma’nono bildirib, nozik harakatlarni sezish demakdir), perseptiv (lotincha " perceptio"drok degan ma’no anglatadi), tasavvur, bashorat (bashorat) qilish kabilar.
Antitsipatsiyaning subsensor darajasining ifodalanishi inson gavdasining o‘zgarishida, uning ideomotor (ixtiyorsiz harakat) jarayonida, tashqi ta’sirga tezkor javob qaytarishida o‘z aksini topadi. Gavdaning mujassamlashuvi va harakat barqarorligi insonning ixtiyoriy sa’y- haraktga tayyorgarlik ko‘rish uchun muhim zamin ta’minlaydi.
Antitsipatsiyaning sensomotor bosqichi harakatdagi jismlarni o‘zaro taqqoslashda, murakkab harakatlarni muvofiqlashtirishda, tezkor haraktning muhitdagi vaqt va fazoviy o‘zgarishlar mutanosibligini uzluksiz ravishda idora qilib turishda namoyon bo‘ladi.
Perseptiv bosqichda idrok qilish xotira jarayonlari bilan uo‘g‘unlashib ketadi. Buning natijasida o‘tmish tajribalariga asoslanib kelajakda vaqt va fazoviy o‘zgarishlar yuz berishi ehtimoli chuqur tahdlil qilinadi, uning oьrazlari yaqqollashtiriladi.
Antitsipatsiyaning tasavvur darajasi obrazlarning vaqt va fazoviy o‘zgarishiga binoan ularni fikran qaytadan yaratish, bunyod etish, goho qorishiq tasvirlar vujudga keltirish, ularni sxemasini va rejasini tuzish uchun insonda uquvchanlik, qobillik hamda ijodiy faollikning tug‘ilishini namoyish qiladi.
Antitsipatsiyaning beshinchi bosqichi nutq va tafakkur yordamida bo‘lg‘usi holatlar, hodisalar, keskin o‘zgarishlar to‘g‘risida bashorat (bashorat) qilish hulq-atvor harakatlarini va amalga oshiriluvchi faoliyatini rejalashtirish jarayonining yuksakligi bilan boshqa darajalardan sifat jihatidan ajralib turadi. Mazkur bosqichda umumlashtirish va mavhumlashtirishning ayrim sermahsul darajalari, mantiqiy usullar, oqilona hamda maqsadga muvofiq xatti-harakatlarning yuqori samara beruvchi ko‘rsatgichlari o‘zining cho‘qqisiga erishadi. Lekin bu borada yana izlanishni davom ettirish lozim.
Bizningcha, inson tomonidan yangilik modelini bir necha yo‘nalishda amalga oshirishi mumkin:
- hozirgi zamon kelajak tomon fikriy yo‘nalishda:
- kelajak muammolaridan hozirgi davr masalalariga fikran ko‘chish;
- hozirgi davr va istiqbol rejalari yuzasidan moziyga murojaat qilish kabilar.
Antitsipatsiyaning har qaysi bosqichi integrativ xususiyatga ega bo‘li, ular bir-birini uzluksiz ravishda taqozo qiladi va xuddi shu yo‘sinda ma’lumotlar taqchilligiga barham beriladi. SHunday real voqelik vujudga kelishi mumkinki, bunda inson oldida yaqqol topshiriq va vazifadan kelib chiqqan holda u yoki bu antitsipatsiyaning bosqichi ustuvorlikka erishadi. Xuddi shu boisdan uning har qaysi bosqichi o‘zaro qorishib ketishi, muammoning o‘ziga xos xususiyatlariga binoan izchillik, ketma-ketlik tizimi buzilishi ehtimoldan holi emas.
Insonni inson tomonidan idrok qilishning yangi ilmiy qirralari yuzasidan mulohazalardan kelib chiqqan holda quyidagi umumiy xulosalar chiqarish maqsadga muvofiq:
-antitsipatiyaninng xar qaysi bosqichi echimi kutilayotgan muammolarning murakkabligi darajasiga munosibdir;
-antipitatsiyaning xar bir darajasining maqsad ko‘zlashdagi va muammoni xal qilishdagi imkoniyati turlichadir.
-antipitatsiyaning subsensordan
Idrokning fenomenlari
Psixologiyada ko‘rish illyuziyalarining o‘rganilishi muayyan o‘zining tadqiqot tarixiga ega. Ba’zi qollarda narsalar noto‘g‘ri, yanglish idrok etilishi mumkin. Narsa va hodisalarning bu tariqa noto‘g‘ri idrok qilinishi illyuziya deyiladi. Masalan, agarda biz quyidagi rasmda ko‘rsatilganidek ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarimizni chalishtirsak, no‘xat yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan holdagi ikkala barmog‘imizning uchi bilan bosib turib, shuningdek, ayni bir davrda aylantiraversak, bu holda barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita no‘xat bordek his qilamiz.
Ana shu holdagi bir narsaning ikkita bo‘lib sezilishi Aristotelь (Arastu) illyuziyasi deb ataladi. Og‘irligi aynan teng, ammo kattaligi har xil ko‘rinishdagi ikki buyumni ketma-ket tarzda ushlab turilsa, uning kattasi engilroq ikkinchisi og‘irroqdek tuyuladi. Go‘yoki metalldan yasalgan 1 kg tarozi toshi xuddi shu vazndagi paxtadan og‘irroqdek inson tomonidan his qilinadi. Bunday psixologik hodisaga geometrik illyuziyalar deb nom berilgan. Masalan, uzunligi bap-baravar bo‘lgan ikki chiziqli chetlariga ikki xil burchaklar chizilsa, u holda illyuziya hodisasi yuz beradi, ya’ni burchaklari ichkariga yo‘naltirilgan chiziq kaltaroq bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Bir nechta parallel chiziqlar ustidan qiya chiziqlar chizilsa, bu chiziqlar parallel emasdek tuyuladi, go‘yoki har xil tomonga yoyilib ketgan chiziqlardek idrok qilinadi.
Illyuziyaning yuqorida keltirilgan namunalari har qanday aqli raso (mukammal) insonlarda sodir bo‘ladigan illyuziyalardan hisoblanadi. Bunday tarzdagi illyuziyalarning muayyan darajadagi qonuniyatlari mavjud. Masalan, yuqorida keltirib o‘tilgan Arastu illyuziyasi paydo bo‘lishining asosiy sababi shundan iboratki, bunda bitta narsa barmoq uchlarimizning terisi yuzasidagi shunday ikki nuqtaga tegadi, odatda esa tabiiy sharoitda bitta narsa xuddi shu ikki nuqtaga hech qachon bir davrning o‘zida tegib turmaydi. SHuningdek, og‘irligi barobar, ammo kattaligi har xil bo‘lgan buyumlardan kichikrog‘i kattarog‘iga qaraganda og‘irroq ko‘rinishining sababi shundaki, shaxs hajmi kattaroq buyumning hajmi kichikroq buyumdan og‘ir ekanligini o‘z tajribasida hamisha sinab kelgan, binobarin, hajmi har xil narsalarni ko‘z bilan idrok qilganda beixtiyor shu shaxsiy tajribaga tayanadi-da, kattaroq buyumni ushlaganda kattaroq zo‘r beradi, kichikroq jismni qo‘lga olganida esa unchalik zo‘r bermaydi. Buning natijasida og‘irligi barobar bo‘lganligi bilan zo‘r berishi yoki muskullarning qarshilik ko‘rsatishi tufayli sarf qilingan kuch-quvvati har xil ekanligi sababli kichikroq buyum og‘irroqdek his qilinadi.
Idrok qiluvchi shaxsning psixikasida ro‘y beradigan o‘zgarishlar bilan yuzaga keladigan tasodifiy illyuziyalar ham mavjuddir. Masalan, sahroda cho‘llagan inson uzoqda yarqirab turgan sho‘rxok erni ko‘l deb idrok qilishi, lekin bu illyuziyani sarobdan farq qila olishi joiz yoki o‘rmondagi to‘nka qo‘rqoq insonning ko‘ziga bironta yirtqich hayvonga o‘xshab ko‘rinishi xuddi shu illyuziyalar jumlasidandir.
Insonlar tomonidan foydalana boshlangan o‘lchamlar davr o‘tishi bilan ko‘z bilan chamalab (kuzatish orqali) baholangan buyumlar (jismlar) sirtlari orasidagi masofani mukammal o‘lchashga to‘sqinlik qila borgan.
Illyuziya fenomenlarini tadqiq etish yuzasidan bir qancha nazariyalar paydo bo‘lgan va ular ichida geshtalьtnazariya alohida ahamiyat kasb etadi. Geshtalьtpsixologiya maktabi boshqalardan farqli o‘laroq ko‘proq inson idrok qilayotgan narsalardan stimullarning o‘zaro aloqasining ahamiyatliligini alohida ta’kidlaydi hamda konstantlik gipotezasi (farazi)ning xato ekanligini ko‘rsatib beradi. Aynan xuddi shu nazariya umumiy ta’limot sifatida illyuziyalarni o‘rganish jarayonida muayyan darajada yaroqli hisoblanadi.
Ma’lumki, shaxs tomonidan idrok qilinayotgan narsa va hodisa faqatgina alohida (yakka) stimulga bog‘liq bo‘lmaydi, albatta. SHuningdek, ko‘rish maydoniga kiruvchi boshqa stimullarga ham bog‘liqdir, chunki illyuziya qandaydir anomal yoki kutilmagandek bo‘lib ko‘rinmaydi, binobarin, u oldindan kutilayotgan illyuziyadir. Masalan, neytral yorug‘lik boshqa intensiv (jadal) ravishda qo‘shni ruhiy maydonlar (bo‘linmalar) bilan munosabatlarga asoslanadigan bo‘lsa, u holda kontrast (qarama-qarshi) illyuzor bo‘lishiga qaramasdan, uni oldindan aytib berish mumkin yoki idrok qilanayotgan tezlik koordinatalar tizimiga nisbatan aniqlanadi. Agarla harakatning mutlaq tezligi mavjud bo‘lmasa, u taqdirda uni o‘lchamlarining o‘zgarishi koordinatalar tizimida kuchli tezlik illyuziyasini keltirib chiqarishi mumkin.
Psixologiyada ko‘z harakatlari nazariyasi bir qator tadqiqotchilar tomonidan muayyan darajada o‘rganilgan. Jumladan, Myuller -Layer illyuziyasida monometrning tashqariga yo‘nalgan uchi boshqa strelkaga qaraganda uzunroq tuyuladi va buning oqibatida mazkur strelkalar turlicha uzunlikda degan noto‘g‘ri idrok qilinadi, ya’ni illyuziyalanish hodisasi yuzaga keladi.
Garchi u mavjud ekan, baribir konstantlikning modifikatsiyalangan gipotezasi talablariga muvofiq ravishda chuqurlik mavjud bo‘lganda ham illyuziya o‘zgarmaydi. Bu gipotezadan shuni anglash mumkinki, manzara tasviri konstantlik samarasiga mos kelmaslikka olib keladi.
Barcha chuqurlik belgilarining o‘zaro qarama-qarshi ta’sirga qaramasdan shuni ta’kidlash kerakki, chuqurlik va uning mavjud emasligi idrokning ongli bo‘lishi sari etaklaydi. SHunday qilib, illyuziyalarning bevosita konstantlik nazariyasini takomillashtirish bilan tushuntirish mumkin emas. Faqat ba’zi hollardagina konstantlik mexanizmi ularning ba’zilarini tushuntiradi. Ponzo illyuziyasini ma’lum darajada test chiziqlarini turli masofada idrok etish tendensiyasi bilan kuchaytirish kuzatiladi.


Seminar mashg‘uloti uchun mavzular

  1. Idrok to‘g‘risida tushuncha

  2. Idrokning yangi qirralari

  3. Idrok fenomenlari haqida mulohazalar

  4. Idrok shakllarining psixologik tavsifi

  5. Idrokning rivojlanishi


Adabiyotlar


  1. Bruner D.S. Psixologiya poznaniya. –M., 1977.

  2. Velichkovskiy B.M. Sovremennaya kognitivnaya psixologiya. –M.,MGU, 1982.

  3. Velichkovskiy B.M., i dr. Psixologiya vospriyatiya.-M, MGU, 1973.

  4. Logvienko A.D. Psixologiya vospriyatiya.-M., MGU, 1987.

  5. Solso R. Kognitivnaya psixologiya.-M.: 2002.

  6. Fress P., Piaje J. Eksperimentalьnaya psixologiya. Vo‘p.4.-M., 1978.

  7. G‘oziev E.G‘. Umumiy psixologiya.-T.: “Universitet”, 2002.

Download 159,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish