KOKTEYL-BANKET
Sessiyalar, konferensiyalar, kengash, yarmarka, s’ezd qatnashchilari uchun kokteyl-banketlar tashkil qilina-di. Odatda bunday banketlar kechga tomon o‘tkaziladi va 2 soat atrofida davom etadi.
Kokteyl-banketlar o‘tkazishda qat’iy bir tartib o‘rna-tilmagan. Belgilangan vaqt doirasida mehmonlar o‘zlari uchun qulay paytda kelishlari va ketishlari mumkin.
Kokteyl-banketlarning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularning taomnomasida kokteyl va turli-tu-man alkogolsiz ichimliklar o‘rin olgan.
Kokteyl-banketning iqtisodi ancha ixcham, ortiqcha mebel, idish-tovoq, anjomlar va hokazo talab qilinmay-di. Bunday banketlarga ham boshqa banketlarga qo‘yiladigan talablar qo‘yiladi. Ammo bu banket ancha arzon tura-di. Kokteyl-kon’yak likyor, vino va shu kabilar aralash-masidan shakar va ziravorlar qo‘shib tayyorlangan shirin, xushbo‘y ichimlik. Bunday banketlar xorijiy davlatlarda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |