3-Misol. Bosib o’tilgan masofa bo’yicha mediana - chop etilgan material asosida medianani hisoblash
Muammo. 1-jadvalda berilgan EPAning 100 ta bosib o’tilgan masofa bo’yicha medianani hisoblang. Ushbu medianani hisoblangan o’rtacha bilan taqqoslang.
Echish Bu katta ma’lumotlar qatori uchun biz yana kompyuter tahlilidan foydalanamiz. Mediana 2-rasmda ko’rsatilgan SAS bosmada alohida ko’rsatilgan. Siz mediananing 37.0 ekanligini ko’rishingiz mumkin. Demak, ma’lumotlar qatoridagi 100 bosib o’tilgan masofaning yarmi 37 dan pastda, yarmi 37 dan yuqorida yotadi. E’tibor bering, mediana 37.0 va o’rtacha 36.9940 deyarli teng, bu ma’lumotlardagi assimetriyaning kamligini ko’rsatuvchi munosabatdir. Boshqacha qilib aytganda, ma’lumotlarning chap va o’ng qanotida bir xil miqdordagi ko’rsatkichlar mavjud..
Do'stlaringiz bilan baham: |