6 – laboratoriya ishi «O’TUVCHI VA QAYTUVCHI OQ YORUG’LIKDA NYUTON XALQALARINI O’RGHANISH» Ishning maqsadi: monoxromatik yorug’lik manbai yordamida Nyuton xalqalarini kizatish.
Qisqa nazariy ma’lumot Teng qalinlikdagi interferentsion chiziqlarning klassik ko’rinishi Nyuton xalqalaridir. Bu chiziqlar bir – biriga tegib turgan yassi parallel qalin shisha plastinka bilan egrilik radiusi katta bo’lgan yassi-qavariq linzadan qaytishida hosil bo’ladi (1-rasm) (tajribada sostema egrilik radiusi katta va yassi-qavariq bo’lmagan ikkita linzadan tashkil topishi ham mumkin). Sirtidan kogerent nurlar qaytuvchi yupqa plyonka vazifasini plastina va linza orasidagi havo qatlami bajaradi (yoki ikkita linza orasidagi havo qatlami). Linza va plastinaning qalinligi va yorug’lik manbaining kogerentlik darajasi katta bo’lmaganligi sababli boshqa sirtlardan qaytgan nurlarda interferentsion tasvirlar hosil bo’lmaydi. Qalinligiga teng yorug’likning normal tushishi natijasida chiziqlar konsentrik aylanalar ko’rinishida, burchak ostida tushsa – ellips ko’rinishida bo’ladi.
1-rasm
Sirtlar orasida (birinchisi yassi, ikkinchisi katta egrilik radiusiga ega) Nyuton xalqalarining vujudga kelish sabablari quyidagicha: linzaga monoxromatik nurlarning parallel dastasi tushadi; bu holda havo qatlamining yuqori va pastki chegaralardan qaytgan yorug’lik to’lqinlari kogerentdir (to’lqin uzunligi bir xil va fazalar farqi o’zgarmas). Natijada, radiusi kattalashib boradigan konsentrik xalqalar ko’rinishida interferentsion tasvirkuzatiladi (Nyuton xalqalari). Nyuton xalqalari yordamida to’lqin uzunligini quyidagi formula bilan aniqlash mukmin: