Abu Ali ibn Sino behi mevasidan tayyorlangan damlamani ichburug’, yo’g’on ichakning yallig’lanishini davolashda, behi shirasi bilan astma, qon tupurish va qayt qilishni to’xtatishda, chanqoq va miya og’rig’ini qoldirishda ishlatgan. Xalq tabobatida behi urug’i bilan uzum sharbatining qaynatmasi kamqonlikda, ichburug’da , bavosil kasalliklarini davolashda yaxshi ta’sir qiladi. Behi mevasi tarkibida temir moddasi borligi tufayli u kamqonlik bilan og’rigan bemorlarga juda foydalidir. Bodom mag’zi tarkibida ko’p miqdorda moy, emulsin fermenti, V1 va V2 vitaminlari, qand, oqsil va boshqa moddalar mavjud. Xalq tabobatida shirin bodom mag’zining qand bilan aralashtirilgani darmonsizlik, nafas qisishi, bosh aylanish va yo’talga davo sifatida ishlatiladi. Achchiq bodomning musallas bilan qo’shilgani eshakemini davolashda, asal bilan aralashtirilgani esa toshma yaralarni quritishda davodir. Bodomning sirka bilan omixta qilingani zamburug’li kasalliklarga qarshi vosita hisoblanadi.Qariqiz o’simligining ildizini bodom moyiga qo’shib damlab , so’ngra boshga surtilsa, sochning to’kilishi anchagina kamayadi. Moyi ajratib olingan shirin bodomning mag’zi teriga surtilsa, uning rangi tiniqlashib, latif va - Abu Ali ibn Sino behi mevasidan tayyorlangan damlamani ichburug’, yo’g’on ichakning yallig’lanishini davolashda, behi shirasi bilan astma, qon tupurish va qayt qilishni to’xtatishda, chanqoq va miya og’rig’ini qoldirishda ishlatgan. Xalq tabobatida behi urug’i bilan uzum sharbatining qaynatmasi kamqonlikda, ichburug’da , bavosil kasalliklarini davolashda yaxshi ta’sir qiladi. Behi mevasi tarkibida temir moddasi borligi tufayli u kamqonlik bilan og’rigan bemorlarga juda foydalidir. Bodom mag’zi tarkibida ko’p miqdorda moy, emulsin fermenti, V1 va V2 vitaminlari, qand, oqsil va boshqa moddalar mavjud. Xalq tabobatida shirin bodom mag’zining qand bilan aralashtirilgani darmonsizlik, nafas qisishi, bosh aylanish va yo’talga davo sifatida ishlatiladi. Achchiq bodomning musallas bilan qo’shilgani eshakemini davolashda, asal bilan aralashtirilgani esa toshma yaralarni quritishda davodir. Bodomning sirka bilan omixta qilingani zamburug’li kasalliklarga qarshi vosita hisoblanadi.Qariqiz o’simligining ildizini bodom moyiga qo’shib damlab , so’ngra boshga surtilsa, sochning to’kilishi anchagina kamayadi. Moyi ajratib olingan shirin bodomning mag’zi teriga surtilsa, uning rangi tiniqlashib, latif va
Do'stlaringiz bilan baham: |