Tadqiqot mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi. Turistik korxonalarda mehnatni tashkil etish va boshqarishni nazarga tutgan holda undan foydalanish orqali zamonaviy turizm barqarorligiga oid rivojlanish va o‘sishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yuzasidan nazariy asoslarini o‘rganish bo‘yicha o‘zining muhim hissalarini qo‘shgan xorijlik olimlar qatorida: Abduraxmonov Q.X, Abdivohidov A, Abdullayeva T.R, Ochilova H., Abidova S, Boltaboyev M.R, Tuxliyev N.T, Tuxliyev I.S, R.Ergashev , X.M,Norchayev A.N,Rabbimov E.T,va boshqalar o‘zlarining ilmiy tadqiqotlari bilan turizm sohasini rivojlantirishning nazariy-amaliy asoslarini yaratishga muhim hissa qo‘shganlar.
Tadqiqot natijalarining ilmiy jihatdan yangilik darajasi. Dissertatsiya ishida ilmiy tadqiqot olib borish natijasida ilmiy yangilik natijalari quyidagicha :
Turistik korxonalarda mehnatni tashkil etish va boshqarishni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash yo‘nalishlari orqali ushbu soha uchun tayyorlangan mutaxassislar bilan ta’minlashga doir rag‘batlantiruvchi jarayonlar asoslandi;
Turistik korxonalarda mehnatni tashkil etish va boshqarishni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash yo‘nalishlari mezonlarini belgilash bo‘yicha nazariy-uslubiy yondashuvga asoslandi;
Turistik korxonalarda mehnatni tashkil etish va boshqarishga oid faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash yo‘nalishlari va shuningdek, uni samarali amalga oshirilishini ta’minlovchi maxsus infratuzilma xizmatlari faoliyatini rivojlantirish orqali davlat tomonidan tartibga solishning uslubiy yondashuvi takomillashtirildi;
Turistik korxonalarda mehnatni tashkil etish va boshqarishnida innovatsion faoliyatni davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash darajasini baholash ko‘rsatkichlari tahlil qilindi.
Tadqiqot natijalarining e’lon qilinganligi. Ilmiy tadqiqot natijasi bo‘yicha hozirga qadar 3 ta maqola konferensiya materiallari va tezislarida chop etilgan.
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati. Tadqiqot natijalarining ilmiy ahamiyati ulardan Turistik korxonalarda mehnatni tashkil etish va boshqarishni davlat tomonidan tartibga solish va qo‘llab quvvatlash oid nazariy - uslubiy hamda mavzuga oid iqtisodiy mexanizmlarni takomillashtirishga bag‘ishlangan maxsus ilmiy-tadqiqotlarni amalga oshirishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalarning amaliy ahamiyati ishlab chiqilgan takliflar va amaliy tavsiyalardan respublika va viloyat turistik korxonalarda mehnatni tashkil etish va boshqarishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishlab chiqiladigan dasturiy hujjatlarda, ushbu yunalishni samarali rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqishda foydalanish mumkinligi bilan izohlanadi .
Do'stlaringiz bilan baham: |