5А320401- kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) magistratura talabalari uchun


Mahsulotlarni ishlab chiqarishni boshqarish



Download 0,59 Mb.
bet73/108
Sana22.08.2021
Hajmi0,59 Mb.
#153414
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   108
Bog'liq
Маъруза матни патентшунослик

13.2. Mahsulotlarni ishlab chiqarishni boshqarish.

13.3. Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini belgilovchi me’yoriy hujjatlar.

13.4. Mahsulotlarni sertifikatlashtirish sohasida ISOning faoliyati.

13.1. Mahsulotlarni bozor iqtisodi sharoitida sifat ko’rsatkichlarini boshqarish
Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini boshqarish umumiqtisodiy qonuniyatlar hamda bozor iqtisodiyoti qonunlari asosida boshqariladi. Mahsulotni sifat ko’rsatkichlari shu mahsulotlar uchun belgilangan normativ texnik hujjatlar asosida ularga qo’yiladigan asosiy talablar asosida bunyod etilishi kerak. Bozor iqtisodiyotining asosiy qonuni talab va taklif bo’lganligi uchun har bir ishlab chiqargan tovarga iste’molchining qo’ygan talabi katta ahamiyatga ega. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida iste’molchilarning talabi davriga nisbatan doimo o’zgaruvchi bo’lganligi uchun ishlab chiqarish korxonalariga doimo yangi takliflar beriladi, shu sababli tovarlarni sifat ko’rsatkichlari doimo yaxshilanib borishligiga va ularni bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatdoshligi oshib boradi. Shu sababli xalq xojaligida yangi turdagi assortimentlar bunyod etiladi. Ishlab chiqargan tovarlarni sifat ko’rsatkichlari yaxshilanib ularga bo’lgan talab ortib boradi. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish strukturasi bilan ishlab chiqarish o’rtasida doimo raqobat sodir bo’lishi kuzatiladi. Shuning uchun bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar ishlab chiqaruvchi korxonalarga kichik va o’rta biznes korxona mahsulotlarni ishlab chiqarish davrida ularni sifat ko’rsatkichlariga qo’yiladigan talab doimo o’zgaruvchan bo’ladi. Shuning uchun tayyorlangan tovarlarni sifat ko’rsatkichlarini har tomonlama tahlil qilib ularni iqtisodiy barqarorligi chiqarilayotgan mahsulotlarni miqdori ishlab chiqarish potensialligi, ya’ni korxonani yuqori talablarga moyil bo’lgan uskunalarga injener-texnik xodimlarga keltirilgan xom-ashyoning sifatiga va ishlab chiqargan tovarlarni sifat ko’rsatkichlariga ko’p jihatdan bog’liq.

Korxonalarda sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun mamlakatimizda iste’molchilarni o’rganish, bozor infrastrukturasini o’rganish, bozordagi tovarlarni assortimentini o’rganish va tahlil qilish va to’plangan axborotlarni zamonaviy texnik informasion mashinalarda hal qilinishi va ishlab chiqargan tovarlarga baho berilishi bozor iqtisodiyotini rivojlantirishga katta turtki bo’ladi. Shuning uchun mahsulotlarni sifat ko’rsatkichi baholanishi yangi assortiment mahsulotlarni yaratish ishlab chiqarishni rivojlanishga, yangi texnika - texnologiyalarni yaratilishiga asosiy omil bo’ladi. Shuning uchun ishlab chiqarish bilan iste’molchilarni birligi doimo yuqori ko’rsatkichlarga olib kelib bozor muammolarini echishda asosiy faktorlar hisoblanadi. Shunday hollar bo’ladiki miqdor jihatdan aholini talablarini qondirmasligi mumkin.

Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlari past bo’lgani uchun ular iste’molchilar tomonidan qabul qilinmaydi. Bunday hollarda birinchidan ishlab chiqarishdagi tovarlarni rentabelligi juda past bo’lib, 2-tarafdan ishlab chiqarish uchun yuqori mehnat sarfi bo’lishi mumkin. Uchinchidan: ko’p miqdorda xom-ashyo sarf bo’lishi mumkin.

To’rtinchidan: ishlab chiqargan mahsulot oluvchining ehtiyojlarini qondirimasligi mumkin. Beshinchidan: etkazib berilgan tovarni sotilishi past bo’lishi mumkin.

Bu hollar tovarlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ularning rangi, mazasi, ko’rinishi aniqlansa, ba’zi bir hollarda ularning yuqori sifatliligi tayyorlangan mahsulotlarni assortimentiga ularni qaysi iste’molchiga mo’ljallanganiga qarab turib ham baholanadi.

Masalan: yosh bolalar uchun tayyorlangan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichiga planlashtirish eng yuqori darajada bo’lishi kerak.

Mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini nazorat qilish ularni texnik nazoratdan o’tqazish alohida nazorat organlari tomonidan boshqariladi. Bu organda xizmat qiluvchi xodimlar mahsulotni sifat ko’rsatkichlarini ishlatiladigan asosiy va qo’shimcha boshqa korxonalardan kelayotgan xomashyo mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini tekshirish bu kirayotgan xom ashyo, keltirilayotgan mahsulot hisoblanadi. Bu holda tayyorlanayotgan mahsulotni sifat ko’rsatkichlari keltirilayotgan mahsulotni sifat ko’rsatkichlariga ko’p jihatdan bog’liq bo’ladi.

Masalan: Lavlagidagi shakarni miqdori (yoki qandlavlagidagi) shakar olishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun boshqa korxonadan keltirilayotgan mahsulot standart talabga ega bo’lishi kerak. Hozirgi paytda mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini ta’min etilishida ishlab chiqargan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash borasidagi qilinadigan doimiy ishlar, ularni rejalashtirish, doimo bozor qonunlari asosida iste’molchilarni talabini o’rganib borish davlat miqyosida amalga oshirilishi lozim. Ishlab chiqargan tovarlarga iste’molchilarni talabi bo’lmasa, bunday tovarlarni ishlab chiqarishdan olish va iste’molchilar talabiga mos tovarlarni yaratish, ularni ishlab chiqarishga tatbiq etish shu bilan bir qatorda ishlab chiqargan tovarlarni sifatini yaxshilash to’g’risidagi ilmiy nazariy va ishlab chiqarish tamoyillarini bir vaqtning o’zida amalga oshirilishi lozim bo’ladi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat resurslarini taqsimoti va ko’pchilik rivojlangan davlatlardagi yuqori sifat ko’rsatkichlariga egaligi bu dunyo miqyosida, texnika-texnologiyani rivojlanishiga yangi uskunalarni yaratilishiga ishlab chiqargan mahsulotlarni raqobatbardoshligini oshirishga olib kelmoqda. Shu borada rivojlangan mamlakatlar zamonaviy uskunalar bilan o’zlarini ishlab chiqarish korxonalarini yangidan ta’min etilishi shu mamlakatlardagi mahsulotlarni ishlab chiqarish potensialining oshishiga hamda zamonaviy texnikalar orqali ishlab chiqarish mahsulotlarni sifat ko’rsatkichlarni yuqori darajaga etkazishga katta xizmat qiladi. Shuning uchun O’zbekistonda hozirgi davrda xalq investisiyalarini xalq xojaligiga jalb etish horijiy mamlakatlar bilan qo’shma korxonalarning barpo etilishi O’zbekistonda ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotni sifat ko’rsatkichlarini boshqarishga ishlab chiqariladigan mahsulotlarni raqobatini oshirishga katta xizmat qiladi.

Normativ texnik hujjatlarda GOST-15-467-85 mahsulotlarni sifat ko’rsatkichini boshqarish deb ishlab chiqarishda texnika-texnologiya bilan ta’min etilishi mahsulotni sifat ko’rsatkichini ishlab chiqarishda uni ishlab chiqarishga kirgizishda ishlab chiqarish davrida uskuna va mehanizmlarni ekspluatastiya potensialini ta’min etishda yoki iste’molchilarini talablarini qondirishda ishlab chiqargan mahsulotlarni sifat ko’rsatkichini boshqarishda ma’lum tomonga yunalish uchun olib boriladigan barcha ishlar va ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish ta’min etadigan barcha faktorlar mahsulotni sifat ko’rsatkichini ta’min etishda asosiy omillar hisoblanadi.


Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish