5А320401- kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) magistratura talabalari uchun



Download 0,59 Mb.
bet34/108
Sana22.08.2021
Hajmi0,59 Mb.
#153414
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   108
Bog'liq
Маъруза матни патентшунослик

Takrorlash uchun savollar.


  1. Malumotlar bazalari bilan ishlash ularni qidirish va topish usullari?

  2. Patent axboroti nima va qaysi maqsadlar uchun qidiruv ishlari olib boriladi7

  3. Jahon mamlakatlari patent hujjatarini qidirish usuli qanday olib boriladi7

  4. Prototip qanday maqsadlar uchun qidirish ishlari olib boriladi?



7-MAVZU: YEVROPA VA AQSH PATENT IDORASI VA HUQUQCHILIGI
7.1. Yevropa va AQSh patent idorasi va patentni olish.

7.2. Shartnomalar va bitimlar.
7.1. Yevropa va AQSh patent idorasi va patentni olish
XX asrning ikkinchi yarmida Ғarbiy Yevropa mamla­katlari o’rtasida iqtisodiy integrastiyaning kuchayishi yagona Yevropa patent tizimining tuzilishini ob’ektiv tarzda taqozo etdi. Yagona Yevropa patent tizimini tuzish g’oyasi 1973 yil 5 oktyabrida Myunxenda Yevropa patent konvenstiyasi deb nom olgan Yevropa patentini berish to’g’risidagi Konven­stiya tuzilganda amalga oshdi. Bu Konvenstiya RST bilan bir vaqtda 1978 yil 1 iyundan kuchga kirdi.

2001 yil 1 yanvardagi holatga ko’ra Yevropa konvenstiyasining ishtirokchilari quyidagi davlatlar hisoblanadi: Avstriya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Grestiya, Daniya, Irlandiya, Ispaniya, Italiya, Kipr, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Monako, Niderlandiya, Portugaliya, Turkiya, Finlyandiya, Franstiya, Shveystariya, Shvestiya.

Bundan tashqari, Yevropa konvenstiyasiga Albaniya, Latviya, Litva, Makedoniya, Ruminiya va Sloveniyaning qo’shilishi kutilmoqda.

Yevropa patent konvenstiyasi ixtiro uchun Yevropa patentini berishning yagona tartiblarini belgilaydi. RSTdagi kabi, Yevropa patenti uchun talabnomada Konvenstiya ishtirokchi davlatlarining hammasi emas, balki ba’zilari ham ko’rsatilishi mumkin. Berilgan Yevropa patenti unda ko’rsatilgan barcha davlatlar hududida milliy patent kuchiga ega.

Yevropa patent tizimining Konvenstiyaga muvofiq amal qilishi uchun Yevropa patent idorasi (EPI yoki ingliz abbreviaturasida ERO) tuzilgan bo’lib, u talabnomalarni qabul qiladi va ko’rib chiqadi hamda Konvenstiya ishti­rokchi davlatlarining nomidan Yevropa patentlarini beradi. Eslatib o’tamiz, EPI shuningdek RST tizimi bo’yicha Xalqaro qidiruv va Xalqaro dastlabki ekspertizaning organlaridan biri hisoblanadi.

Tuzilishiga ko’ra EPI to’rt bo’linmadan iborat.



  • EPIning Myunxen (Germaniya)dagi Bosh ofisi yoki shtab kvartirasi. Bu erda Yevropa patentlari uchun talabnomalarning mohiyatiga ko’ra ekspertizasi o’tkaziladi, patentlar ro’yxatga olinadi va beriladi, appelyastiya tartiblari ko’rib chiqiladi;

  • EPIning Gaaga (Niderlandiya)dagi Sub-ofisi yoki filiali. Bu bo’linmaning funkstiyalari Yevropa talabnomalarini rasmiy espertiza qilish va patent qidiruvini o’tkazishdan iborat. Shuningdek, Gaagada EPI uchun xodimlar tayyorlanadi va o’qitiladi;

  • Berlindagi Sub-ofis Yevropa talabnomalarini qabul qilish va ular bo’yicha rasmiy ekspertizalarni o’tkazish masalalari bilan shug’ullanadi;

  • Vena (Avstriya)dagi Sub-ofis patent axboroti masalalariga ixtisoslashgan. Xususan, Venada EPIning turli nashrlari optik disklarda nashr qilinadi, patent xujjatlarining elektron ma’lumotlar bazasi tarqatiladi va ularga xizmat ko’rsatiladi va hokazo.

Yevropa patentini berish to’g’risidagi Konvenstiyaning asosiy nizomlarini ko’rib chiqaylik.

Konvenstiyaga muvofiq Yevropa patenti uchun talabnoma fuqaroligi va turar joyidan qat’i nazar ixtiyoriy (jismoniy yoki huquqiy) shaxs tomonidan berilishi mum­kin.

Patent uchun talabnoma Parij Konvenstiyasiga muvofiq konvenstiya imtiyozini so’ragan holda berilishi mumkin. Yevropa patent konvenstiyasining barcha ishtirokchilari RSTning ham ishtirokchilari hisoblanishi bois, talabno­ma beruvchilar Yevropa patentini RST tartibi orqali so’rashi, ya’ni xalqaro talabnoma berishda Yevropa paten­tini olishni ko’rsatishi mumkin.

Yevropa patentini olish tartibi uch fazani o’z ichiga oladi:

1. EPI filiallaridan biriga EPI rasmiy tillari (ingliz, franstuz yoki nemis tili)dan birida to’g’ri to’ldirilgan talabnomani berish. Ixtiro formulasini bayon etishning mavjud barcha usullaridan Yevropa Konvenstiyasi cheklovchi va farqlovchi qismlardan iborat bo’lgan Germaniya sxemasi deb ataladigan usulni tanlaganligini ta’kidlab o’tamiz. Tegishli bojlarning to’langanligi talabnomaga ilova qilinishi kerak.

Berilgan talabnoma bo’yicha rasmiy ekspertiza o’tkaziladi va talabnoma zarur talablarni qondirsa, u bo’yicha Yevropa patent qidiruvi o’tkaziladi. Birinchi faza Yevropa patent talabnomasi (tavsifi, formulasi va chizmalari)ning uning referati va Yevropa qidiruvi to’g’risida­gi hisobot bilan birgalikda nashr etilishi bilan yakunlanadi. Odatda, talabnomani nashr qilish talabnoma berilgan vaqtdan 18 oy, agar imtiyoz so’ralgan bo’lsa imtiyoz davridan o’tgandan keyin amalga oshiriladi.

2. Talabnoma nashr qilingan sanadan keyin 6 oy davomida talabnoma beruvchi mohiyatiga ko’ra ekspertiza uchun bojlarni to’lashi va uning o’tkazilishiga talabno­ma berishi kerak.

EPIga yuqorida ko’rsatilgan iltimosnomaning kelib tushganidan so’ng talabnoma, bo’yicha ixtironing patentga layoqatlilik mezonlariga mosligini ekspertizadan o’tkazish boshlanadi. Konvenstiyaga muvofiq yangililik, ixtiro darajasi va sanoatda qo’llashning mumkinligi bunday mezonlar hisoblanadi.

Yevropa patentiga tavsifni nashr qilgandan so’ng EPI talabnoma beruvchiga ixtiro tavsifini o’z ichiga oluvchi Yevropa patent yorlig’ini beradi.

3. Uchinchi faza berilgan patentlarga uchinchi shaxslarning arz (protest)ini ko’rib chiqish tartiblaridan iborat bo’lib, ular patent berilganligi to’g’risidagi ma’lumotlar nashr qilingandan keyin 9 oy davomida berili­shi mumkin.

Bunday ko’rib chiqishning natijasi arizaning qaytarilishi, patent berish to’g’risidagi qarorni bekor qilish yoki talabnoma beruvchi arizasini ko’rib chiqish jarayoni­da tegishli o’zgartirishlarni kiritsa, patent berish to’g’risidagi qarorni o’zgartirish bo’lishi mumkin. Ariza bo’yicha qabul qilingan qaror to’g’risida ma’lumot e’lon qilinadi va ixtironing yangi tavsifi nashr qilinadi. Shundan so’ng EPI patent egasiga yangi patent yorlig’ini beradi.

Yevropa patent tizimi taraqqiyotining ijobiy tajribasi boshqa davlatlar uchun teng xuquqli hamkorlik va integrastiyaning foydali misoli hisoblanishini ta’kidlab o’tish joizdir.

AQSh patent xuquqining xususiyatlari.

AQShdagi patent xuquqi chuqur tarixiy an’analarga ega. Amalda mustaqillikning birinchi qadamlaridan (1783 yildan) AQShda samarali patent tizimi mamlakat iqtisodiy rivojlanishining rag’batlantiruvchi kuchi hisoblanadi. 1787 yilda qabul qilingan Konstitustiyasining o’zida "Muallif va ixtirochilarga tegishli adabiy asarlar va ixtirolarga mutlaq xuquqlarni cheklangan vaqt davriga berish bilan ilm-fan va foydali san’at taraqqiyotiga ko’maklashishga ... Kongress xaqlidir" deb yozilgan edi. Shunga muvofiq, AQSh Kongressiga patent qonunini chiqarish va qayta ko’rib chiqish vakolati berilgan.

Patent egasining mutlaq xuquqini va tekshiruv tizimini mustahkamlagan AQShning birinchi patent qonuni 1790 yilda qabul qilingan. Shundan so’ng 1793 yilda bu qonun patentlarni berish tartiblarini soddalashtirib qayta ko’rib chiqilgan. Natijada 1836 yilda Amerika patent-huquq tizimining asosiy belgi va xususiyatlarini belgilatan yangi patent qonuni qabul qilindi. Shundan beri patent qonuni bir necha bor takomillashtirildi, lekin uning xarakterli jihatlari AQSh zamonaviy pa­tent xuquqida saqlanib qoldi.

AQShning bosh patent tashkiloti Patent va tovar belgilari bo’yicha AQSh Idorasi hisoblanib, tuzilishi jihatidan AQSh Tijorat departamenti (savdo vazirligiga o’xshash) tarkibiga kiradi. Bu Idora jahonning boshqa mamlakatlaridagi patent idoralariga o’xshash funkstiyalarni bajaradi, xususan, talabnomalar ekspertizasini o’tkazadi, patentlar beradi, patent ma’lumotini nashr qiladi va hokazo. Apelyastiya masalalarini hal qilish uchun 1982 yil 1 oktyabrdan patent huquqi nizolari bi­lan bog’liq barcha appelyastiyalarni ko’rib chiqish bo’yicha yagona sud hisoblanadigan Federal apelyastiya sudi (Sourt of Arrea1s fog Federal Sircuit) faoliyat ko’rsatadi.

Shubhasiz, AQSh patent xuquqining muhim xususiyati unda sud prestedenti kabi xuquq manbaining mavjudligi hisoblanadi. Bunday prestedent kuchga kirgan sud qarorining asoslangan qismidan iborat bo’lib, bu shunga o’xshash ishlarni o’sha yoki pastki instanstiyadagi sudlarda ko’rib chiqishda me’yor bo’ladi. Bunday tizim boshqa ko’pchilik mamlakatlar, masalan, Yevropa, sobiq SSSR mamlakatlari (jumladan O’zbekiston) xuquq tizimlaridan tubdan farq qiladi. Prestedent xuquqining mantiqiy xayotda yuzaga keladigan barcha xuquqiy vaziyatlar (nizolar)ni qonunan oldindan bilish mumkin emasligini tan olishdan iborat. Faqat sud jarayonlarida, haqiqiy vaziyatlar asosida muammoni hal qilishning eng to’g’ri yo’llarini belgilash mumkinki, ular prestedent, ya’ni boshqa o’xshash vaziyatlar uchun me’yoriy hujjat bo’ladi.

AQSh patent xuquqining boshqa muhim jihati paten­tlarni talab qilishiing ixtiro tizimi hisoblanadi. AQSh patent qonuniga muvofiq faqat birinchi va haqiqiy ixtirochi patent olishga talabnoma berishi mum­kin. Boshqa shaxslar, masalan, ixtirochining ish beruvchisi, talabnoma berish xuquqiga ega emas. Patent olishga talabnoma berish uchun xar bir talabnoma beruvchi o’zini patent sњrab olinayotgan ob’ektning xaqiqiy va birinchi ixtirochisi deb xisoblashi to’g’risida maxsus deklarastiyani to’ldirish kerak Bunday deklarastiya notarius yoki boshqa vakolatli shaxs ishtirokida ro’yxatga olinadigan maxsus qasamyod bilan almashtirilishi mumkin. AQShda deklarastiya yoki qasamyodda yolg’on ma’lumotlar berganlik uchun javobgarlik belgilangan. Odatda, yolg’onning aniqlanishi patent berishda avtomatik tarzda rad javobiga, qasddan yolg’on ma’lumot berish holatlari esa pul jarimalari to’lanishiga yoki 5 yil muxlatgacha qamoq jazosiga olib kelishi mumkin.

Hozirgi vaqtda AQShda patentning uch turi beriladi: ixtiro uchun patent (utility patent) sanoat namunasi uchun patent (design patent) va seleksiya yutug’i uchun patent (plant ratent).

AQSh patent xuquqining ajralib turadigan jihati shundan iboratki, ixtiro uchun patentning amal qilish muddati imtiyoz sanasidan emas, patent berilgan sanadan hisoblangan va 17 yilni tashkil etgan. Biroq, AQShning BSTga kirishi va TRIPSning imzolanishi sababli 1995 yil 8 iyulidan nizom kuchga kirib, unga ko’ra patentning amal qilish muddati birinchi talabnoma berilgan sanadan boshlab 20 yilga teng qilib belgilandi. Nizom 1995 yil 8 iyuligacha be­rilgan talabnomalarga tatbiq etilmasligini ta’kidlab o’tamiz. Sanoat namunasi uchun patentning amal qilish muddati 14 yilga, seleksiya yutug’i uchun patentniki esa 17 yilga teng.



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish