5А320401- kimyoviy texnologiya (ishlab chiqarish turlari bo’yicha) magistratura talabalari uchun


Mahsulotlarni sertifikatlash bo’yicha Yevropa tashkilotining maqsadi va vazifalari



Download 0,59 Mb.
bet55/108
Sana22.08.2021
Hajmi0,59 Mb.
#153414
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   108
Bog'liq
Маъруза матни патентшунослик

10.3. Mahsulotlarni sertifikatlash bo’yicha Yevropa tashkilotining maqsadi va vazifalari
Tovarlarni sifatini nazorat qilish Yevropa tashkiloti (EDKK) o’zining birinchi konferensiyada (1957 y.) o’z nizomini tasdiqladi. EDKK ning har yili konferensiya o’tkazishdan asosiy maqsadi mahsulot sifatini boshqarish bo’yicha tajriba almashinish sifatning nazariy va amaliy masalalarini hal qilish bu sohadagi so’ngi yutuqlarni targ’ibot qilish sifatning aktual muammolari bo’yicha fikr almashish yangi muammolarni izlab topish va ko’pgina boshqa sifatga taaluqli masalalarni ko’rib chiqishdir. 1992 yili Yevropa iqtisodiy uyushmasi doirasida umum Yevropa bozori tashkil qilinishi bilan EDKKning rahbariy hujjatlari qaytadan ko’rib chiqildi.

Sifat bo’yicha Yevropa tashkilotining hozirgi vaqtdagi asos bo’luvchi hujjatlari EDKKning nizomi ish tartibi qoidalari, qo’mita va seksiyalari uchun qoidalar hamda besh yilga mo’ljallangan asosiy masalalar bo’yicha yo’nalish rejalari mavjuddir. EDK tarkibida 26-ta to’liq huquqli a’zolari hamda 37-ta alohida muhbir a’zolari va 10-ta fahriy a’zolarga ega. Qardosh tashkilotlarning 11-tasi bilan o’z bitimlarga egadir.

EDK maxsus bitimlari asosida sifat bo’yicha Argentina, Braziliya, Izrail, Kolumbiya, JAR, Yangi Zelandiya, AKSh Chili, Janubiy Koreya va Yaponiyalarning mintaqaviy, milliy va kasaba uyushmalari bilan hamdo’stlik aloqalari o’rnatilgan. EDKning Oliy lavozimi, uning prezidenti bo’lib, u har ikki yil muddati saylanadi. Asosiy ma’muriy idoralari - Kengash Ijroiya qo’mitasi va Sekretariatdir.

EDKning ish yuritish rasmiy tillari-ingliz va fransuz tillaridir. Bu tashkilot o’zining ilmiy-texnikaviy jurnali Kvalitiga ega bo’lib, u yiliga 4 marta shop etiladi. Hozirgi vaqtda EDKning 12-ta texnikaviy qo’mitalari mavjud bo’lib, ular ishonchlilik statistik usullar, atamalar, iste’mol masalalari bo’yicha standartlashtirish sifatni boshqarish kadrlar tayyorlash funksional-baholashni tahlil qilish sifat sohasida siyosat olib borish sertifikatlashtirish va sifat tizimlarining nazoroti, EHMning metrologiq matematik ta’minlashda sifat tugaraklari, mahsulot sifatini metrologik ta’minoti bilan shugullanadi. Undan tashqari 7-ta turli seksiyalari mavjudir: avtomobil, energetika, qurilish oziq-ovqat farmasevtikasi borasida sifat masalalari bo’yicha maslahatlar ko’rsatiladi.

Sifat muammosi va uni nazorati juda keng ma’noda bo’lib, u xo’jalik faoliyatining hamma sohalarini o’z ichiga oladi. Yuqori sifat deganda mehnatni va moddiy resurslarni tejash eksport imkoniyatlarini ko’paytirish pirovard natijada esa jamiyat ehtiyojlarini yanada to’laroq qondirish ma’nosini tushunamiz. Shu boisdan ham boshqarish butun mehanizmi, moddiy rag’batlantirishning butun sistemasi injener va konstruktorlarning kuch g’ayratlari ishchilarning mahorati mahsulot sifatini oshirishga qaratish zarur.

Sanoatdagi ilg’or tajriba hamda ilmiy ma’lumotlarning kengayishi chiqarilayotgan mahsulot sifatini oshirish uchun kurashning navbatdagi, butunlay yangi bosqich uchun shart-sharoitlar mavjudligini ko’rsatmokda. Mahsulot sifatini muammosini hal etish yana shuning uchun murakkabki, u kompleks, ya’ni bir vaqtning o’zida ham ilmiy ham texnikaviy, ham iqtisodiy ham sostial muammodir.

Ma’lumki, mahsulot sifati uni yaratish va iste’mol qilishning barcha bosqichlarida, ilmiy tadqiqot, loyiha-konstruktorliq texnologik ish olib borish jarayonida undan foydalanish ommaviy joriy qilishda shakllanadi. Mamlakatimizda hamda chet-elda mahsulot sifatini boshqarishning ba’zi forma va metodlari to’g’risida gapirishdan oldin mahsulot sifati va mehnat sifati tushunchalarini ko’rib chiqaylik. Sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati jamiyat ehtiyojlarini qondirish uchun zarur bo’lgan moddiy boyliklarini yaratishning uzluksiz jarayonidan iboratdir. Ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun mo’ljallangan xalq xojaligi faoliyatining buyumlashgan natijasi sifatida qaraladigan barcha moddiy boyliklar va mahsuloti deb ataladi.

Mahsulot tushunchasi umumlashtiruvchi bo’lib, ham buyum ham mahsulotni o’z ichiga oladi. Sifat masalasi xo’jalik faoliyatining hamma jihatlarini qamrab olgan. Yuqori sifat - bu mehnat va moddiy resurslarni tejash eksport imkoniyatlarini oshirish pirovard natijada esa jamiyat ehtiyojlarini yaxshiroq yanada to’laroq qondirish demakdir. Mamlakat oldida turgan xilma xil iqtisodiy va sostial vazifalarini muvaffaqiyat bilan hal etish uchun mehnat unumdorligini jadal o’stirishdan, butun ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligining keskin oshirishdan boshqa yo’l yo’q. Samaradorlik va sifatni oshirish faqat texnikaviy va sostial vazifa bo’lib qolmasdan, balki ideologik vazifa hamdir. Shuning uchun har bir xodimning, har bir oilaning turmushini yanada yaxshilash uchun, butun xalq farovonligini oshirish uchun, shunchalik ko’p imkoniyatlar yuzaga keladi.



Download 0,59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish