5A130101 – Matematika (yo’nalishlar bo’yicha) mutaxassisligi I kurs magistratura talabasi Saidnazarov Zoir Raxmon o’g’lining o’quv-uslubiy, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiyasini tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar bo’yicha II-semestr 2022- o’quv yilida amalga oshirgan yarim yillik ishlar
Ushbu hisobot “Matematik analiz” kafedrasining
___________ № ___ -son yig’ilishida muhokama qilindi.
5A130101 – Matematika (yo’nalishlar bo’yicha) mutaxassisligi I-kurs magistratura talabasi Saidnazarov Zoir Raxmon o’g’lining o’quv-uslubiy, pedagogik faoliyati hamda dissertatsiya ishini tayyorlash bo’yicha kalendar ish rejasida mo’ljallangan ishlar bo’yicha 2022 -o’quv yilida amalga oshirgan yarim yillik ishlar hisoboti.
I. O’quv- metodik ishlar.
1.1. Nazariy ta’lim asosida o’quv rejasida I-kurs II-semestr uchun mo’ljallangan o’quv-darslarga muntazam ravishda qatnashib bordim.
Yarim yil davomida reyting jadvali asosida fanlardan mustaqil ta’lim uchun bajarilgan ishlar:
Barcha fanlardan yarim yillik semestr uchun yakuniy nazoratlarni topshirdim, jumladan “Xususiy hosilali noklassik diferensial tenglamalar” (150 soat), “Yuklangan differensial tenglamalar va ularning tadbiqlari” (150 soat) ," Matematik fizikaning zamonaviy usullari " (150 soat), ”Kurs ishi ” (90 soat)
Dissertatsiya mavzuim bo`yicha “Kurs ishi” tayyorladim. (ilova qilaman)
” Xususiy hosilali noklassik diferensial tenglamalar” fanidan nazariy va amaliy bilimlar oldim. (ilova qilaman)
" Yuklangan differensial tenglamalar va ularning tadbiqlari " fanidan amaliyot darsida masala va misollar ishladik. (ilova qilaman)
"Matematik fizikaning zamonaviy usullari" fanidan nazariy va amaliy bilimlar oldim. (ilova qilaman)
1.2. Ilmiy-tadqiqot ishlari.
Kafedra miqyosida o`tkazilgan ilmiy yig`inlardalarda faol ishtirok etdim. Ilmiy rahbarim F.m.f.d(Prof) Islomov B. dan magistrlik dissertatsiya mavzuim bo'yicha yangi ko'rsatmalar oldim.
1.3. Ilmiy-pedagogik ishlar bo’yicha.
O`quv ishlarni tashkil etishga bog`liq me`yoriy hujjatlar: malaka talabi, o`quv dasturlari, o`quv rejalari, ishchi o`quv rejalari bilan tanishdim.
Semestr mobaynida kafedraning yetakchi professor-o`qituvchilarining ma`ruza va amaliyot darslarida qatnashdim va ularning mashg`ulotlari bo`yicha tahliliy ma`lumot shakllantirdim va ilmiy rahbarim nazoratidan o`tqazdim.
1.4. Ilmiy seminar.
Magistrlik dissertatsiyasi bo`yicha manbalar, darsliklar, o`quv qo`llanmalar, maqolalar, ma`ruzalar, uslubiy adabiyotlar va boshqalarni o`rgandim.
II. Magistrlik dissertatsiyasini bajarishning kalendar ish rejasi.
2.1. Ilmiy rahbarim F.m.f.d(Prof) Islomov B. yordamida dissertatsiya mavzuimga oid tushunchani o’rganib chiqdim.
2.2. Ilmiy rahbarim F.m.f.d(Prof) Islomov B. yordamida dissertatsiya ishini ma`lum bosqichga yetkazdik.
2.3. Ilmiy tadqiqot ishlarini rejalashtirish.
Tadqiqot ishi kalendar rejasi asosida olib borilmoqda. Ilmiy rahbarim F.m.f.d(Prof) Islomov B. tavsiyasiga binoan dissertatsiya mavzusiga oid tadqiqot bosqichlarining ketma-ketlikda bajarmoqdaman. Magistrlik dissertatsiyamning struktura va mantiqiy sxemasiga asosan, adabiyotlarni o’rganmoqdaman.
2.4. Tadqiqotni amalga oshirish uchun materiallar yig`ish.
Tadqiqot terminalogiyasini aniqlash: asosiy tushunchalar aniqlab tahlil qilindi, solishtirildi, umumlashtirildi va boshqalar orqali terminologiyada qo`shimcha va o`zgartirishlar kiritildi. Natijalarni qayt qildik va rasmiylashtirdik.
Ushbu hisobot shaxsiy kalendar rejasi asosida tayyorlandi.
Ushbu hisobotni “Matematk analiz” kafedrasiga
2022-yil -iyunda topshirdim.
Magistratura talabasi: Saidnazarov Z.
Do'stlaringiz bilan baham: |