Xulosalar
Tajriba-sinov maydonlariga qo’yilgan talablar shaxsning shakllanishiga doir kompleks yo’llanmasini belgilab berish, inson kamolotini ta‘minlaydigan jamiyatda mustaqil o’z o’rnini topib olishni ta‘minlab beradigan o’quv dasturlari qo’llanmalarini yaratishga xizmat qilishi kerak. Mehnat ta‘limi fani bo’yicha o’quv yilining tajriba va nazorat guruhlarida tajriba boshida o’tkazilgan yakuniy nazorat hamda test sinovlarining natijalari jadvalda berilgan. Tadqiqot davomida ―Aqliy hujum‖, ―Muammoli o’qitish‖, ―Klaster‖, ―Bumerang‖, ―Aylanma stol‖, ―Guruhlarga bo’lish‖ kabi metodlarga asoslangan ―pedagogik o’yinlar‖ tashkil etildi. Mehnat ta‘limi fanidan dars turlarini quyidagicha tashkil qilish maqsadga muvofiq: yangi mavzuni tushuntirishda ko’rgazmali metoddan foydalanish, muammoli vaziyatlarni yuzaga keltirish, munozara uyushtirish, o’quvchilarning fikr-mulohazalari bilan o’rtoqlashish, ijodiy faolliklarini o’stirish, mustaqil fikrlashlarini shakllantirish, ilmiy yangilikka bo’lgan intilishlarini rivojlantirish kabilardir. O’tkazilgan tajriba-sinov natijalari «Mehnat ta‘limi» fani bo’yicha o’quvchilarda umumkasbiy hamda umummehnat bilim va ko’nikmalarini shakllantirishda tajriba guruhlarida 1,17 barobar va nazorat guruhlarida 1,09 barobar samaradorlikka, erishilganligini ko’rsatdi .
O‘zbekiston Respublikasining ―Ta‘lim to‘g‘risida‖ va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida‖ gi qonunlarida mamlakatimizdagi ta‘lim muassasalarida qo‘llaniladigan o‘qitish usullarini takomillashtirish masalalariga alohida e‘tibor qaratilgan. Bu esa mavjud an‘anaviy o‘qitish usullariga yangicha yondoshuvni, o‘qitishning nisbatan faol usullarini topish va qo‘llashni taqozo etadi. Biroq, o‗quvchilarning umumkasbiy hamda umummehnat bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishning metodlari hamda texnologiyalari zamonaviy talablar darajasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilmaganligi, talab darajasidagi mutaxassisilarni tayyorlash imkonini bermaydi. Yuqoridagilardan ma‘lum bo‘lishicha o‘quvchilarning umumkasbiy hamda umummehnat bilim va ko’nikmalarini shakllantirish, mehnat ta‘limida juda muhim o’rin tutishi, mehnat ta‘limini o’qitishda o’quvchilarning mustaqil ishlay olish ko’nikma va malakalarini shakllantirish ham asosiy omillardan hisoblanishi ko‘rib chiqildi. Mehnat ta‘limi darslarida ham boshqa fanlardagi kabi yangi pedagogik texnologiya asosida ta‘lim berishning asosiy muammosi mohir pedagoglardan o’quvchi shaxsini rivojlantirish, shakllantirish yo’li bilan o’qitishga qo’yilgan maqsadga erishishdan iborat ekanligi ushbu tadqiqot ishimizda o‘z aksini topdi. Mehnat ta‘limi fani bo’yicha o’quv yilining tajriba va nazorat guruhlarida tajriba boshida o’tkazilgan yakuniy nazorat hamda test sinovlarining natijalari jadvalda berilgan. Tadqiqot davomida interaktiv metodlardan samarali foydalanish natijasida ta‘lim tizimiga joriy qilish mumkin bo‘lgan metodikalar ishlab chiqildi. O’tkazilgan tajriba-sinov natijalari «Mehnat ta‘limi» fani bo’yicha o’quvchilarda umumkasbiy hamda umummehnat bilim va ko’nikmalar shakllantirishda tajriba guruhlarida 1,17 barobar va nazorat guruhlarida 1,09 barobar samaradorlikka, erishilganligini ko’rsatdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |