5A112101-Ta’lim nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)magistratura mutaxassisligi I bosqich magistranti Tel.: +998915660695 Annotatsiya



Download 44,5 Kb.
bet2/2
Sana19.05.2022
Hajmi44,5 Kb.
#604445
1   2
Bog'liq
Dissertatsiya maqolasi-1(1)

Keywords: quality, language, language competence, native language, vocabulary.
Bugun jadal ravishda taraqqiy etib kelayotgan jamiyatimizda yosh avlodning turli qobiliyat egasi bo‘lishi mamlakatning yanada rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Davlatimizda har xil qobiliyat sohiblari, yoshlari talaygina. Shunday yoshlar safini ko‘paytirish uchun biz boshlang‘ich sinfligidanoq o‘quvchilarimizda ma’lum bir bilim, ko‘nikma, malakani rivojlantirish uchun turli usullarga murojaat etishimiz faqatgina foyda koni bo‘lib xizmat qiladi.
Tarixan boy davlatimizda o‘zlarida mavjud ma’lum iqtidor, qobiliyatlari bilan muayyan soha rivojiga hissa qo‘shgan ota-bobolarimizni eslab o‘tish joizdir. Sababi, ular nafaqat tug‘ma qobiliyat va iqtidor egalari bo‘lishgan, balki muallimu ustozlari ulardagi bor iqtidorni yana rivojlantirish, shakllantirishning turli yo‘llarini qo‘llay olganlar. Bunday harakatlar besamar bo‘lmaganini xotira bobida, so‘z ustaligi bobida nom taratgan Alisher Navoiy bobomiz, Imom al-Buxoriy hazratlari, Zahiriddin Muhammad Bobur singari buyuk qobiliyat sohiblarining yetishib chiqqani-yu, butun jahonga o‘zbek nomini yoyganidan bilishimiz mumkin.
Bugun ham bizning jamiyatda bunday iqtidor va qobiliyat egalariga ehtiyoj seziladi. Ana shu o‘rinda markazga boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini mohironalik bilan o‘z o‘quvchilarida mavjud qobiliyatni yanada takomillashtirish zaruriyati chiqadi. Xususan, boshlang‘ich sinf ona tili darslariga murojaat etish o‘rinli bo‘ladi. Negaki, bu dars orqali haqiqiy pedagogik mahorat egasi bo‘lgan boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o‘quvchilarning qobiliyat darajalarini yanada oshirish uchun keng foydalanishlari mumkindir.
Aynan boshlang‘ich sinf ona tili darslarida so‘z turkumlarini o‘rganilishidan ham maqsadli tarzda foydalanish mumkin. Ya’ni o‘quvchilarga muayyan bir so‘z turkumi haqida ma’lumot berish, so‘z turkumiga oid tushunchalar bilan yaqindan tanishtirish jarayonida, bu borada mavjud bilimlarni yanada kengaytirish uchun pedagogik mahoratga ega boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi har xil metod, usullardan unumkor foydalanib, o‘quvchilarga keng qamrovli saboq berish imkoni mavjud. Masalan, ayni bir so‘z turkumi doirasida ham bu ishni amalga oshirish mumkin. Xuddi shundan kelib chiqqan holda, quyida boshlang‘ich sinf ona tili darslarida sifat so‘z turkumiga oid bo‘lgan lisoniy kompetensiyalarni shakllantirish haqida so‘z yuritamiz.
Bu o‘rinda eng avvalo, so’z turkumlari bilan, keyin sifat so‘z turkumi bilan tanishtirish jarayoni haqida to‘xtalib o‘tamiz.
Ma`lumki, keyingi yillarda yurtimizda va hattoki, jahon miqyosida ro‘y bergan va ro‘y berayotgan ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar, ayniqsa, O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgach, «O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonunning e’lon qilinishi o‘zbek tili va adabiyotiga munosabatni, uning mavqeini tubdan o‘zgartirdi. Bu borada dastlabki navbatda maktabda o‘quvchilarga beriladigan saboqlarga alohida e’tibor qaratila boshlandi.
So‘z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so‘zlarning leksik-grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko‘ra turli gruppalarga ajratilishi — so‘z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari so‘z turkumlari (ot, sifat, son, olmosh, fe`l) bilan umumiy tanishtirilgandan so’ng har bir leksik-grammatik gruppa alohida o’rganiladi. Bu so’z turkumlarini o’rganishning boshlang‘ich bosqichidayok ularni taqqoslashga qulay sharoit yaratadi va bu bilan shakllantiriladigan grammatik tushunchaning asosiy tomonlarini aniqroq ajratishga imkon beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ot, sifat, son, fe`lning quyidagi xususiyatlarini bilib oladilar: 1) so‘z nimani bildirishi (shaxs, narsa belgisi, shaxs, narsa sanog‘i va tartibi, shaxs, narsa harakati yoki holati), 2) qanday so‘roqlarga javob bo’lishi, 3) o‘zgarish-o‘zgarmasligi, qanday doimiy kategoriyalari mavjudligi, 4) gapda, asosan, qanday bo’‘lak vazifasida kelishi. O‘quvchilar mana shu o‘rgangan belgilari asosida so‘z turkumlarini taqqoslaydilar.
Boshlang`ich sinflarda «Sifat» mavzusi quyidagi izchillikda o‘rganiladi:
1) sifat bilan dastlabki tanishtirish (I sinf);
2) sifat haqida tushuncha berishdi (II sinf);
3) shu grammatik mavzu bilan bog`liq holda ayrim sifatlarning yozilishini o`zlashtirish (III, IV sinflar).
Shu o‘ganish va o‘rgatish jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilarda lisoniy kompetensiyani shakllantirishga ham ahamiyat berib o‘tishi joiz. Bu bilan boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida yosh xususiyatini inobatga olib, xotirani, eshitishni va mantiqiy fikrlashni erta rivojlantirishga erishish mumkin.
Aslida xotiraning turlari ko‘p, masalan: vizual, eshitish, vosita; qisqa muddatli - yoki uzoq muddatli; mexanik, mantiqiy, assotsiativ, hissiy va boshqalar.
Mexanik xotira ko'rsatkichlari yoshi bilan yomonlashsa va hech qanday tarzda kompensatsiya qilinmasa, achinarli bo’ladi. Ammo hamma narsa shundaki, yosh bilan, hayotiy tajriba ortishi, mexanik xotiraning yomonlashishi bilan mantiqiy xotira ko'rsatkichlari yaxshilanadi.
Albatta, yangi so'zlarni yodlash uchun yaxshi mexanik xotira kerak. Uni o'rgatish kerak, shuningdek, yodlashda mantiq, assotsiatsiyalar va his-tuyg'ular yordamida o'quvchini sug'urta qilish kerak. Aynan s‘ifat so‘z turkumini o‘rgatishda lisoniy kompetensiyadan foydalanish ham ahamiyatlidir. Chunki yuqorida ta’kidlanganidek, his-tuyg‘ular va assotsatsiyalardan foydalanish ham o‘rinli sanaladi.
Xulosa qilib aytganda, lingvistik qobiliyatlar xotira, eshitish va mantiqdir. Sifat so‘z turkumiga oid lisoniy kompetensiyalarni shakllantirishda bu ayni muddaodir. Bu bilan o‘quvchilarda eslashning mantiqiy usulini izlashga bo‘lgan layoqatni ham shakllantirish imkoni yaratiladi.


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

  1. Abdullayeva Q., Rahmonbekova S. Ona tili darslari (qo`llanma).- Toshkent, 1999.

  2. Qurbonov Sh. va boshqalar. Barkamol avlod orzusi. – Toshkent: Sharq, 1998. –B. 78.

  1. Qosimova K. va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi.- T.: Noshir, 2009.- B.-245-246, 258-260..

  2. Hamroyev M., Muhamedova D., Shodmonqulova D., G`ulomova X, Yo`ldosheva Sh. Ona tili.- Toshkent, B. 61-64.



Download 44,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish