2
5A110902 – Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxassisligi uchun
magistraturaga kirish sinovlari dasturi va baholash mezonlari
Tuzuvchilar:
R.Abdurasulov – Jizzax davlat pedagogika instituti “Umumiy psixologiya”
kafedrasi professori, ps.f.d.
Sh.Kamolova – Jizzax davlat pedagogika instituti “Umumiy psixologiya”
kafedrasi mudiri
Taqrizchilar:
N.Xalilova - Nizomiy nomidagi davlat pedagogika universiteti, Psixologiya
kafedrasi mudiri, psixologiya fanlari doktori, dotsent.
Rahmatova F.A. – Jizzax davlat pedagogika instituti Pedagogika ta’limi
nazariyasi kafedrasi mudiri, p.f.f.d. (PhD).
Dastur Jizzax davlat pedagogika instituti Kengashining 2021-yil 3-iyuldagi
№ 11-son bayonnomasi bilan tasdiqlangan.
3
5A110902 – Pedagogika va psixologiya magistratura mutaxasisligi bo’yicha
o’qishga kiruvchilar uchun test savollari pedagogika oliy ta’lim muassasalarining
pedagogika va psixologiya bakalavriat yo’nalishlarida o’qitilgan “Pedagogika
nazariyasi va tarixi”, “Pedagogik mahorat”, “Psixologiya nazariyasi va tarixi”,
“Rivojlanish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya”, “Ijtimoiy psixologiya”
kurslari mazmuni asosida tayyorlangan.
“Pedagogika nazariyasi va tarixi” kursi pedagogika fanining shakllanishi va
rivojlanishi, maqsad va vazifalari, predmeti, ilmiy-tadqiqot metodlari,
shaxs
rivojlanishi va unga ta’sir etuvchi omillar, yagona pedagogik jarayon va uning
mohiyati, didaktika (ta’lim nazariyasi), ta’lim jarayoni qonuniyatlari va
tamoyillari, ta’lim mazmuni, ta’lim metodlari va vositalari, ta’limni tashkil etish
shakllari, o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini tashxis etish,
tarbiya
jarayoni mazmuni, mohiyati, qonuniyatlari, tamoyillari, tarbiyaning umumiy
metodlari, tarbiya turlari mazmuni, mohiyati, maqsad va vazifalari, shakl, metod va
vositalari, ta’lim muassasalarini boshqarish, korrektsion pedagogika asoslarini o‘z
ichiga qamrab oladi. Shuningdek, U eng qadimgi davrlardan O‘zbekiston
Respublikasi mustaqilligi e’lon qilingandan keyingi davrda pedagogik fikrlar va
ta’lim tizimining rivojlanishi hamda eng qadimgi
davrlardan hozirgi kungacha
jahon mamlakatlarida tarbiya, ta’lim va pedagogik fikrlar rivojiga doir masalalarni
o‘zida aks ettiradi.
“Pedagogik mahorat” kursida pedagogik mahorat va madaniyat, ta’lim
amaliyoti va pedagogik fikrlar tarixida o‘qituvchi mahorati masalasining aks etishi,
pedagogik qobiliyat, o‘qituvchining kommunikativ qobiliyati, muloqot
psixologiyasi va muloqot madaniyati, pedagogik muloqot,
pedagogik takt va
pedagogik etika, pedagogik texnika va uni egallash yo‘llari, nutq madaniyati,
o‘qituvchining o‘quv jarayonidagi mahorati, o‘qituvchining tarbiyachilik mahorati,
o‘qituvchi mehnatini ilmiy asosda tashkil etish, o‘z-o‘zini tarbiyalash va o‘z ustida
ishlash, ilg‘or pedagogik tajribani ommalashtirish kabi masalalar o‘rganiladi.
4
“Psixologiya nazariyasi va tarixi” fanida kasblar va professionalizm
mutaxassislikka kirish fanining asosiy tushunchasi sifatida, malakali psixolog
nazariyotchi va amaliyotchi va amaliyotchi sifatida, amaliyotchi psixologning
faoliyat
sohalari, amaliyotchi psixolog faoliyatining umumiy masalalari,
psixologning kasbiy o‘zini o‘zi anglashning axloqiy jihatlari, psixologiya tarixi
faniga kirish, psixologiyani dastlabki va o‘rta asrlarda rivojlanishi, XVIII-XIX
asrlarda psixologiyani rivojlanishi, XX asrning
ikkinchi yarmida yangi
yo‘nalishlarni yuzaga kelishi, Umumiy psixologiya fanining predmeti, vazifalari,
metodlari, psixologiya zamonaviy fanlar tizimida, psixika va uning evolyusiyasi,
faoliyat, shaxs, bilish jarayonlari, shaxsning
hissiy irodaviy sohasi, shaxsning
individual psixologik xususiyatlariga doir nazariy masalalar o‘rganiladi.
“Rivojlanish
psixologiyasi.
Pedagogik
psixologiya”-rivojlanish
psixologiyasiga kirish, rivojlanish psixologiyasini shakllanish tarixi, tadqiqot
metodlari, fanning asosiy kategoriyalari, rivojlanishning turli bosqichlaridagi
shaxsning psixologik taraqqiyoti va undagi o‘zgarishlar, psixogerantologiyaning
asosiy
muammolari, ta’lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va o‘qituvchi
psixologiyasining asosiy masalalari o‘rganiladi.
“Ijtimoiy psixologiya” fani shaxs va jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarning turli qirralarini yoritishda zarur bo‘lgan nazariy-metodologik va
uslubiy bazani hosil qilish, zamonaviy ijtimoiy psixologiyaning tadqiqot
metodlarini pedagogik va psixologik ish faoliyatida kodlay bilish, ijtimoiy
psixologiya shug‘ullanadigan fundamental masalalar - muloqot,
guruhlar
psixologiyasi,
shaxsning
ijtimoiy
psixologik
sifatlari,
uning
jamiyatda
ijtimoiylashuvi
jarayoni,
shaxsning
ijtimoiy
ustanovkalari,
shaxslararo
munosabatlarda namoyon bo‘ladigan holatlar, boshqaruv psixologiyasi asoslari va
liderlik muammolari, shuningdek konfliktologiya fanining predmeti va ob’ekti,
konflikt tushunchasining mohiyati, konfliktologiya borasidagi g‘oyalarini
shakllanishi, konfliktologiya fanining rivojlanishi, konfliktologiya fanining asosiy
maqsad va vazifalari kabi masalalarga doir materiallar o‘rganiladi.