7”A” va 8”A” sinflar orasidagi yarim final
1) Mushukning bolasi qanday nima deb ataladi?
2) Ikki ota o’z o’gillariga pul berishdi. Otalardan 150 so’m, ikkinchisi 100 so’m pul berdi. Biroq ikkala o’g’ilning birgalikdagi puli 150 so’m bo’ldi. Buni qanday izohlaysiz?
3) U yerda inson va hayvonlar bemalol muloqot qilishadi. U yer qayer?
4) Nima ikki marta tug’ilib bir marta o’ladi?
5) Bir sutka davomida soatning soat va minut strelkalari necha marta ustma-ust tushadi?
6) 3 va 4 sonlari shunday xossaga egaki, boshqa hech qanday sonlar bunday xossaga ega emas. Bu sonlar qanday xossaga ega?
7) M=O S=E B=H
O=A J=A B=?
Savol: ? belgisi o’rnida qaysi harf bo’lishi kerak.
8) Halqalar ichiga 1 dan 9 gacha sonlarni shunday yozingki, har bir tomondagi sonlar yig’indisi 20 ga teng bo’lsin.
9) Agar kitob betlari nomerlari barcha raqamlarining yig’indisi 2395 ga teng bo’lsa, kitob necha betli?
10) Iki kishi har xil tezliklar bilan metro eskalatorida pastga chopib tushishmoqda. Ulardan qaysi biri ko’proq zina pillapoyalarini sanaydi: Tez yugurayotganimi yoki sekin yugurayotganimi?
Javob: Tezroq yugurayotgani
7”A” va 9”B” sinflar o’rtasidagi final o’yiniga savollar
1) Rasmda kubning yoyilmasi berilgan. Uning ikkita yog’iga 1 va 2 sonlari yozilgan. Qolgan to’rtta katakka 3, 4, 5, 6 sonlarini shunday yozingki, kubni yig’ganimizda ixtiyoriy ikkita qarama-qarshi yoqlarining yig’indisi 7 ga teng bo’lsin.
2) 2002 soni simmetrik son deyiladi, chunki bu son chapdan o’ngga va o’ngdan chapga bir xil o’qiladi. Shu sondan keying simmetrik sonni toping.
Javob: 2112
3) O’n xonali va barcha raqamlari har xil bo’lgan eng kichik ikki xonali sonni toping.
JAvob: 1023456789
4) Ikkita hamyonda hammasi bo’lib ikki so’m pul bor. Ikkala pul ham 1 so’mliklar. Aytgancha hamyonlardan biridagi pul ikkinchisidagidan ikki marta ko’p. Hamyonlarning birortasi ham bo’sh emas. Qanday qilib bunday bo’lishi mumkin?
Javob: Hamonlardan biri ikkinchisining ichidsa bo’lgan
5) A shahardan C shaharga necha xil yo’l bilan borish mumkin? JAvob: 14 ta
D
C
A
B
6) Nega oq ayiqlar pingvinlarni yasahydi?
Javob: ular har xil qutblarda yashashadi ayiqlar arktikada, pingvinlar antarktidada yashaydilar
7) Ketma-ket keladigan besh kunni sonlarni aytmasdanya’ni 1-kun, 2-kun demasdan, hamda kun nomini aytmasdan ya’ni dushanba , seshanba, demasdan sanab bering.
Javob: kechadan avval, Kecha , bugun. Ertaga, ertadan keyin
8) Buyuk Britaniya shahzodalari Charlz va Vilyam hech qachon bitta samolyotda ham bitta vertolyotda ham birga uchishmaydi. Nima uchun?
Javob: Qirollik birdaniga ikkita shahzodadan mahrum bo’lmasligi uchun.
9) Yer yuzidagi barcha odamlar birgalikda har doim nima qilishadi?
Javob : qarishadi.
10) Galliyaga dushmanlar tez-tez hujum qilib turishardi. Odamlarni dushmanga qarshi jangga safarbar qilish qiyin edi. Shuning uchun ularning sardori jangchilarni tez yig’ishning yo’lini topdi. Buning uchun u bir kishini o’ldirishini aytdi. U kimni o’ldirishini aytgan?
Javob” eng oxirida kelganni o’ldirishgan
Sardorlar uchun-1) Nima har doim kattalashadi va hech qacon kichiklashmaydi.
Javob: yoshimiz
Sardorlar bahsi-2) Sutka qachon qisqaroq: qish faslidami yoki yoz faslidami?
Javob: bir xil
Do'stlaringiz bilan baham: |