5A 210206- «Muzeyshunoslik, konservatsiya va badiiy yodgorliklarni saqlash» mutaxassisligi Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya Ilmiy rahbar: tarix fanlari doktori, professor I. M. Saidov. Samarqand – 2013



Download 0,55 Mb.
bet18/20
Sana31.12.2021
Hajmi0,55 Mb.
#209835
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Alisher navoiy nomidagi

X U L O S A

Sharq xalqlarining musiqa madaniyatini o’rganish, unga bo’lgan qiziqish doimo jahon musiqashunoslik ilmi namoyandalarining diqqat markazida bo’lib kelgan. So’ngi yarim asr davomida musiqashunoslik ilmida ushbu masalani mazmun jihatidan o’rganishga bo’lgan ehtiyoj to’la shakllandi. Sharq xalqlarining mumtoz musiqa madaniyati, maqomot dunyosi atroflicha o’rganilib, Xalqaro forumlarda ilmiy tadqiqotlarga oid materiallarda tahlil etilib, olamshumul masala sifatida e’tirof etilmoqda.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda Sharq mamlakatlari musiqa tarixi va madaniy hayoti tarixini uzoq davrlarni o’z ichiga olganligini ko’rdik.



O’rganilgan mavzuning tarixiy manbalar, adabiyotlar va arxiv hujjatlari orqali o’rganish, ulardan olingan ma‘lumotlarni ilmiy jihatdan tahlil qilish asosida umumiy yakun yasalib, bir qator xulosalarga kelindi. Mazkur xulosalar quyidagilardan iborat:

Birinchidan, Ilmiy tadqiqotlarga tayanib shuni aytish joizki, Sharq xalqlarining serqirra musiqa madaniyati 2000 yildan ortiq tarixga ega. Sharq xalqlari badiiy ijodiyoti: she’riyati va musiqa san’atini shu kungacha yetib kelgan Sharq manbalaridan bilish mumkin. Sharq musiqiy merosi bir necha asrlar davomida og’zaki an’ana asosida shakllanganligi e’tirof etiladi;

Ikkinchidan, Umm Kulsum arab dunyosida o’zining yorqin ovozi, betakror ijodi bilan juda katta obro’-e’tibor va ahamiyatga ega bo’lgan qo’shiqchi san’atkordir. U yakkaxon xonanda bo’lib komillik darajasida faoliyat olib borgan va butun arab xalqlari tomonidan e’tirof etilgan san’atkordir. Shu bois uning ijodi ko’p asrlik arab musiqasi tarixida ham alohida o’ringa egadir;


79
Uchinchidan, Mag’rib mumtoz musiqasining xususiyatlaridan yana biri maqomlar tizimiga kiruvchi mumtoz musiqaning metro-ritmik asoslari hisoblanadi. Mag’rib musiqasining asosini usul (ritm) shakllari tashkil etadi. Jumladan: Marokashda - bassit, qayn, nus; Jazoirda - insirof, xlos; Tunisda - baruel, xafif, musaddarlarni keltirish mumkin;

To’rtinchidan, Jazoir nubalarining lad-tuzuk asoslari XX asrning 30-yillari mashhur nazariyotchi va san’atkori Salohiddin Muhammad al-Mahdiy tomonidan isloh etilib, bugun barcha Mag’rib mamlakatlarida qabul qilingan umumiy maqom (lad) tizimi sifatida e’tirof qilinadi;

Beshinchidan, Marokash xalq musiqa ijodiyotida diniy musiqalardan dikr -(zikr) alohida keng tarqalgan. Har bir diniy jamoa o’zining maxsus zikr ijrochilik an’analariga egadir;

Oltinchidan, Sudanda milliy folklor janrlarini ijro etadigan ansambllar faoliyati keng ommalashgan. Ular oddiy ko’rinishda bo’lsa-da, o’z xalqi va milliy an’analari asosida faoliyat olib boradilar. Mamlakatda bir qator milliy folklor ansambllari, musiqa va teatr institutlari tashkil topgan;

Yettinchidan, Bog’dod tarixdan xalifalar poytaxti, arab madaniyati va fani markazi hisoblangan. Shu bois o’ziga xos adabiyot, musiqa va boshqa san’atlar milliy an’analar zaminida rivoj topgan. Ayniqsa, musiqa san’ati turli shakllar va ijro uslublarida shakllanib rivojlangan. Ilk musiqiy jarayon arab she’riyatida o’zini namoyon etgan;

Sakkizinchidan, Buyuk ajdodlarimiz, aynan IX-X asrlarda yashab ijod etgan Abu Nasr Forobiy, Abu Ali Ibn Sino, Abulqosim Firdavsiy, Abul Faraj Isfahoniy kabi bir qator mutaffakir olimlarimizning musiqa sohasida qoldirgan benazir va ulkan merosi ko’p xalqlar qatori Eronda ham milliy ma’naviy qadriyatlar sifatida e’zozlanadi;

To’qqizinchidan, Afg’oniston uzoq tarixga ega bo’lgan O’rta Sharq mamlakatlaridan biridir. Ma’naviy boy o’tmishi bilan mashhur bo’lgan Afg’oniston xalqlari azaldan Eron, O’rta Osiyo va Hindiston xalqlari bilan yaqin madaniy aloqada bo’lib kelgan;


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish