Tarix fani bo‘yicha 6-sinf o‘quvchilari egallashi zarur
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar
Bilimlar:
-
Qadimgi davr sivilizatsiyalari haqida tushunchaga ega bo‘lish;
-
miloddan avvalgi davrlar bo‘yicha yil hisobini bilish;
-
qadimgi odamlarning geografik-hududiy joylashuvi va ularning ilk mashg‘ulotlari, tabiat bilan munosabatlarini bilish;
-
insoniyatning kelib chiqishi haqidagi turli xil qarashlarni bilish;
-
qadimgi odamlarning mehnat qurollari, turmush tarzi, ovchilik, chorvachilik, dehqonchilik mashg‘ulotlari, urug‘ jamoalari, qabilalar haqida tushunchalarga ega bo‘lish;
-
din va san’atning vujudga kelishi haqida tasavvurlarga ega bo‘lish;
-
qadimgi Sharq xaritasi, qadimgi Misr, Ikki daryo oralig‘i, O‘rta dengiz sharqiy sohilidagi davlatlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
qadimgi davr sivilizatsiyasi, Hindiston, Xitoy, Qadimgi Yunoniston, Qadimgi Rim taraqqiyoti, bu davlatlarning qadimgi davr taraqqiyot o‘choqlari bo‘lganligi, davlatlar joylashuvi, tarixiy-geografik holati, aholisi, turmush tarzi, ma’naviy hayoti, madaniyati to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
xo‘jalik xususiyatlari, turlari, qadimgi ilk quldorlik davlatlarining tashkil topishi va sinflarning yuzaga kelishi to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lish;
-
siyosiy hayotning o‘ziga xos rivojlanish xususiyatlarini bilish;
-
fir’avn va hukmdorlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Afina quldorlik demokratiyasi. Sparta davlati. Rim respublikasi va imperiyasi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
afsonalarda dunyo va uning yaratilishi, tasavvurlar, madaniy hayot, yozuv, maktab, tabiiy va ijtimoiy fanlar, ilmiy bilimlar haqida tushunchalar. Mixxat, isroil yozuvlari, teatr, haykaltaroshlik, me’morchilik, notiqlik san’ati, qadimgi dunyo olimlari, yozuvchilari, tarixchilari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
qadimgi davlatlar va xalqlarning siyosiy, savdo, madaniy aloqalarini bilish;
-
urushlar: fir’avnlar, hukmdorlar yurishlari, Ossuriya davlati, Yunoniston-Eron urushlari, makedoniyalik Aleksandr yurishlari, Rim hukmdorlari olib borgan urushlar haqida umumiy tushunchalarga ega bo‘lish;
-
qadimgi davr xaritasi, qadimgi davrda O‘rta Osiyoning tabiiy sharoiti, hududda eng qadimgi hayot izlari, eng qadimgi odam manzilgohlari, ibtidoiy odam, mehnat mashg‘ulotlari, ibtidoiy odamlarning e’tiqodlari, urug‘chilik jamoasi, mezolit va neolit davri mehnat qurollarining takomillashuvi, xo‘jalik sohalaridagi o‘zgarishlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
dehqonchilik, chorvachilik, baliqchilik, san’at va din to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
bronza davriga xos asosiy belgilarni bilish;
-
patriarxat - ota urug‘i to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish;
-
bronza davri makonlari, manzilgohlar, xo‘jalikning rivojlanishi, mehnat taqsimoti, hunarmandchilikning vujudga kelishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
hududda davlatchilikning vujudga kelishi to‘g‘risida bilish;
-
temir asriga o‘tilishi, sug‘orma dehqonchilik, sug‘orma dehqonchilik manzilgohlarini bilish;
-
Xorazm, Baqtriya, sug‘d davlatlari, sug‘dlar, massagetlar joylashgan geografik hudud, eng qadimgi shaharlar, qal’alar, qo‘rg‘onlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
eng qadimgi davrda O‘rta Osiyo hayoti, O‘rta Osiyo xalqlarining qadimgi fors va yunon
-
bosqinchilariga qarshi kurashini bilish;
-
To‘maris, Shiroq jasoratlari, Doro hukmronligiga qarshi qo‘zg‘olonlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Ahamoniylar zulmining tugashi, makedoniyalik Aleksandr bosqini to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Spitamen jasorati va uning mustaqillik uchun kurashi (mil.av.IV asr) to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Yunon-Baqtriya davlatining tashkil topishi, xo‘jalik madaniyati, xalqaro aloqalar, shahar hayoti, Qang‘ va Dovon davlati, Xorazm davlati xo‘jaligi, madaniyati, Kushon davlati, davlat boshqaruvi, xo‘jalik, ichki va tashqi savdo, shahar madaniyati, diniy tasavvurlar, Kushon davlati tanazzuli to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;
-
Buyuk Ipak yo‘li, uning jahon siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalarini rivojlantirishdagi o‘rnini bilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |