Оптималлаштирилган Давлат таълим стандарти шарҳлари


-dars: Umumlashtiruvchi, yakuniy dars (1 soat)



Download 1,15 Mb.
bet15/207
Sana11.01.2017
Hajmi1,15 Mb.
#36
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   207

Malakalar:


  • tarixiy davrlashtirish haqidagi bilimlar asosida tarixiy voqealar, jarayonlar qaysi bosqichga, davrga oid ekanligini belgilash;

  • tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish, bayon qila olish, munozara va bahslarda faol ishtirok eta olish;

  • manbalarni har tomonlama o‘rganish va tarixga oid bilimlarni tadbiq etib, tarixiy dalillarni muayyan tartibda tahlil qilish;
  • adabiyotlarni mustaqil tanlagan holda konspekt va tezislar tuza olish, referatlar va ma’ruzalar tayyorlay olish;


  • xarita, ko‘rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish, hamda ulardan tarixiy voqealarni, sotsial-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni tavsiflashda foydalana olish;

  • Jahon tarixi va O‘zbekiston tarixi voqealari asosida solishtirma jadvallar tuza olish;

  • tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganish asosida xulosalar chiqara olish;

  • tarixiy voqealarning o‘zaro sabab-natijali bog‘lanishlarini tahlil qilish.



O‘zbekiston tarixi fani bo‘yicha 9-sinf o‘quvchilari egallashi zarur
bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar

Bilimlar:

  • O‘rta Osiyo xonliklarining XIX asr ikkinchi yarmi siyosiy xaritasi. XIX asr o‘rtalarida o‘zbek xonliklarining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy hayoti. Xonliklarning siyosiy tuzumi. Davlat boshqaruvi, harbiy ahvoli, soliq to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • XIX asr o‘rtalarida qoraqalpoqlar, ularning hududiy joylashuvi, turmush tarzi, mashg‘ulotlari, ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, madaniyati to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lish;

  • O‘rta Osiyo xonliklarida madaniy hayot, maorif, adabiyot, tarixnavislik, san’at, me’morchilik, mashhur san’atkorlar va me’morlar. Milliy qadriyatlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • O‘rta Osiyo xonliklarining Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi haqida bilish;

  • Rossiya imperiyasi bosqini arafasida Rossiya-Angliya raqobati. Rossiyaning O‘rta Osiyoni bosib olish strategiyasi, maqsadlari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Rossiya bosqinining boshlanishi. Qo‘qon xonligiga hujum. Oqmachit uchun jang. 60-yillar boshlarida Rossiya imperiyasi qo‘shinlarining Qo‘qon xonligi hududlarini bosib olish harakatining yanada kuchaytirilishi. Xonlikning mag‘lubiyati. Toshkent uchun jang va uning oqibatlari haqida bilish;

  • rus bosqinchilarining Buxoro amirligiga qarshi yurishi. Jizzax va Yerjar uchun janglar. Turkiston general-gubernatorligining tashkil topishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Samarqandning bosib olinishi. Zirabuloq jangi. Amir qo‘shinlarining mag‘lubiyati va uning Rossiya vassaliga aylantirilishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Amirlikda xalq qo‘zg‘olonlari to‘g‘risida bilish;

  • Xiva xonligiga qilingan hujum. Gandimiyon shartnomasi. Turkmanlarning jazolanishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Qo‘qon xonligida ko‘tarilgan xalq qo‘zg‘olonlari. Chor Rossiyasining Qo‘qon xonligini tugatish uchun hujumga o‘tishi to‘g‘risida bilish;

  • Turkiston general-gubernatorligining ma’muriy sistemasi. Shahar va qishloqlarni

  • boshqarish, chorizmning agrar siyosati. Turkistonning xom ashyo manbaiga aylantirilishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Turkistonda o‘lkani boshqarish Nizomi to‘g‘risida bilish;

  • chorizmning xalqlarni ko‘chirish siyosati va uning shovinistik mohiyati. Rus qishloqlarining paydo bo‘lishi, temir yo‘llar qurilishining boshlanishi, yollanma mehnatga asoslangan dastlabki korxonalar. Milliy qadriyatlarning toptalishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • ruslashtirish siyosatining boshlanishi haqida bilimlarga ega bo‘lish;

  • Turkiston o‘lkasida xalq harakatlari va bu harakatlarning milliy-ozodlik harakatiga aylanishi. Milliy qahramonlar va vatanparvarlar to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Turkistonda mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashgan vatanparvar sarkardalar, qahramonlar, milliy ozodlik va jadidchilik harakatlari to‘g‘risida bilimlarga ega bo‘lish;

  • Turkistonda maorifni isloh qilish talablari. Sotsial-demokratik harakatlar. Jadidlarning yirik namoyondalari. Jadidlar teatri, adabiyoti to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • O‘lkada tashkil etilgan rus-tuzem maktablari, jadid maktablari faoliyati haqida bilish;

  • Birinchi jahon urushining Turkiston o‘lkasiga ta’siri. Xonliklardagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Turkistonda 1916-yilgi qo‘zg‘olonlar, ularning milliy-ozodlik harakatiga aylanishi;

  • O‘lkada madaniy hayot, xalq maorifi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Turkistonda adabiyot, jurnalistika, matbuot, tarix, arxeologiya, sharqshunoslik. Bu sohalarning yirik vakillari to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • rus olimlarining o‘lkani har tomonlama ilmiy o‘rganishga safarbar etilishi. Ularning natijalaridan shovinistik maqsadlarda foydalanilishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Turkistonda ilmiy jamiyatlarning tuzilishi, ularning Rossiya imperiyasi manfaatlariga bo‘ysundirilishi to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish;

  • Muhammad Rahimxon Soniy (Feruz)ning tibbiyot va xalq tabobati, san’at, me’morchilik, musiqa, fan, madaniyat rivojiga qo‘shgan hissasi. Dostonchilik va teatr to‘g‘risida ma’lumotlarga ega bo‘lish.



Ko‘nikmalar:

  • ijtimoiy hodisalarni aniq tarixiy sharoitlardan kelib chiqqan holda sabab va oqibatlarini bilish;

  • tarixga oid bilimlarning turli manbalari: o‘quv adabiyoti, davlat hujjatlari, ijtimoiy-siyosiy adabiyot, vaqtli matbuot materiallari bilan ishlay olish;

  • insoniyat tarixidagi turli g‘oyalarning tutgan o‘rnini va ularning tarixiy jarayonlarga ta’sirini anglab olish;

  • O‘zbekiston tarixining davrlari, ijtimoiy tuzumlari, ularning atalishi va ularga xos xususiyatlar haqida tasavvurga ega bo‘lish;

  • jamiyatda va dunyoda kechayotgan jarayonlarga o‘zining mustaqil munosabatini bildira olish.


Malakalar:


  • milliy istiqlol g‘oyasining tarixiy ildizlari haqida ma’lumotga ega bo‘lish;

  • tarixni davrlashtirish haqidagi bilimlar asosida tarixiy voqealar, jarayonlar qaysi bosqichga, davrga oid ekanligini belgilash;

  • tarixiy xaritalar, ma’lumotlarni qiyoslash va sistemalashtirish hamda ulardan tarixiy voqealarni, sotsial-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarni tavsiflashda foydalana olish;

  • manbalarni har tomonlama o‘rganish va tarixga oid bilimlarni tadbiq etib, tarixiy dalillarni muayyan tartibda tahlil qilish va adabiyotlarni mustaqil tanlagan holda konspekt va tezislar tuza olish, referatlar va ma’ruzalar tayyorlay olish;

  • tarix fanidan olgan bilimlarni boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog‘lay olish;

  • umumlashtirish, qiyoslash, baho berish, tushuntira olish;

  • xarita, ko‘rgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish, tarixiy voqealar, tarixiy manbalarni mustaqil o‘rganish asosida xulosalar chiqara olish;

  • tarixiy voqealarning o‘zaro sabab-natijali bog‘lanishlarini tahlil qilish va xulosalar chiqara olish;

  • munozara va bahslarda faol ishtirok eta olish;

  • jahon tarixi va O‘zbekiston tarixi voqealari asosida solishtirma jadvallar tuza olish.



Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish