36-37-dars. XIX asrning oxiri va XX asr boshlarida Turkiya (2 soat).
XIX asrning oxirida Turkiyaning yarim mustamlakaga aylanishi. XIX asrning oxirlarida Usmoniylar imperiyasining inqirozi va milliy zulmning avj olishi. Bolqon xalqlarining turklarga qarshi kurashi. 1876 yilgi Konstitutsiya. Konsessiyalar. Bag‘dod temir yo‘li. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanishi va burjua milliy harakatining tug‘ilishi. «Birlik va taraqqiyot» partiyasining tuzilishi. 1908 yilgi «Yosh turklar» inqilobi. Inqilobiy vaziyatning vujudga kelishi, inqilobning boshlanishi va borishi. Konstitutsiyaning tiklanishi. 1909 yilgi aksil inqilobiy isyon. Buyuk davlatlarning Turkiya inqilobiga munosabati.
Do'stlaringiz bilan baham: |