58 – SMM guruh talabasi Karimov Rovshanbekning
“MOLIYA” FANIDAN YAKUNIY NAZORAT SAVOLI
2 – VARIANT
Moliyaviy bozorlar, ularning tarkibi.
Qanday bank xizmatlarini bilasiz?
Aksiyadorning investitsiya qilgan kapitalidan olinadigan daromad.
Moliya bozori – oldi – sotdi obyekti pul bo`lgan bozor. Bu bozorda moliya mablag`larini vaqtincha haq to`lab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan bo`lgan munosabatlar; pul mablag`larining uni jamg`argalaridan qarzga oluvchilarga o`tishini ta`minlaydigan bozor instotutlari. Ortiqcha mablag`larga ega bo`lgan xo`jalik subyektlarga taklif qiladi. Moliya bozori banklarda, fond birjasida va auksionlarda o`tkaziladi.
Moliyaviy bitimlarning harakteriga qarab, moliya bozorini turkumlashning bir necha usullari mavjud. Qaytarishlik tamoyili bo`yicha moliya bozori 2 ga ajraladi : qarz majburiyalari (iste`molni qondiradigan pul) va kapital (mulk) bozori. Qarz majburiyalari bozorida pul vaqtincha qarz sifatida bozorga chiqadi va olingan pul shaxsiy iste`mol uchun ishlatiladi. Mulk bozorida qo`yilgan puldan daromad olish huquqi sotiladi va sotib olinadi. Bu bozorda mablag`lar kapital sifatida ishga solinib, foyda keltiradi. Shuni hisobga olib kapital bozrini 2 bo`g`inga ajratish mumkin : ssuda kapitali bozori va qimmatli qog`ozlar bozori. Ssuda kapitali bozori – pul shaklidagi kapitalning foizi t`olash sharti bilan qarzga berilishidir. Bu bozorda qisqa muddatli majburiyatlar muomalada bo`ladi. Bular , asosan, davlat va banklaring majburiyati hisoblanadi. qimmatli qog`ozlaring birlamchi va ikkilamchi bozorlarida aksiya, obligatsiya, veksel va boshqa oldi – sotdi qilinadi. Xo`jalik hayotining baynalmillashuvi natijasida jahon moliya bozori paydo bo`ldi.
Moliya bozorining tarkibi quyidagi komponentlar bilan belgilanadi. Bu pul, kapital, qimmatli qog`ozlar(aksiya), naqd pul. Bundan tashqari , tijorat baklaridagi oltin va omonatlar uchun bozor mavjud.
Bank xizmati – bular mijozlarga taqdim etiladigan, bank operatsiyalarini amalga osiradigan va optiallashtiradigan texnik, texnolgik, moliaviy, intellectual va kasbiy faoliyat.
Taqdim etilayotgan bank izmatlarining kombinatsiyasi portfelga birlashtiligan va mijozlarning bir yoki bir nechta ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan.
Bank xizmatlarining tasnifi ularning mijozlarga ko`rsatadigan xususiyatlarini tavsiflovchi bir qator mezonlarga asoslanadi.
Mijozlar ehtiyojini qondirishga qaratgan holda quyidagilar mavjud:
Mijozlarning bevosita istaklarini qodiradigan to`g`ridan to`g`ri xizmatlar;
Mijoz tomonidan qo`shimcha foyda olmasdan tog`ridan to`g`ri xizmatlarni taqdim etishni osonlashtiradigan yoki yanada qulay qiladigan yoki to`g`ridan to`g`ri xizmatlardan foydalanganda qo`shimcha daromad keltiradigan yoki xarajatlarni kamaytiradigan bilvosita yoki tegishli xizmatlar.
Bank xizmatlari bozorining tarkibiy elementlari quyidagilar:
Bank mahsulotlari va xizmatlarining bepul narxlari;
Bank xizmatlari bozorining nisbiy barqarorligini ta`minlash uchun bozor va davlat tomonidan tartibga solish usullarining uyg`unligi;
Bank xizmatlari bozori, uning ishtirokchilari holati va rivojlanish tendensiyalari to`g`risidagi ma`lumotlarning ravshanligi;
Ishtirokchilarnig cheksiz soni.
Bank qomumchiligiga ko`ra, bank jismoniy va yuridik shaxslardan pul mablag`larini jalb qilish, ularni o`z nomidan va o`z mablag`lari evaziga to`lah, muddatlilik shartlari asosida joylashtirish va mijozlar nomidan hisob kitob operatsiyalarini amalga oshirish hu quqiga ega bo`lgan kredit tashkilotidir.
Bank quyidagi fuksiyalari bajaradi:
Omonatlarga mablag` to`plash(jalb qilish);
Mablag`larni taqsimlash(investitsiya funksiyasi)
Hisob – kitob kassalariga xizmat ko`rsatish.
Aksiyadorlar - daromad topish maqsadida hissadorlik tamolyiliga binoan uyushgan sherikchilik jamiyati. Aksiyadorlar jamiyati boshqa sherikchilik korxonasidan farqliroq, muomalaga nominal qiymati ko`rsatilgan aksiyalar chiqarish va uni sotish yo`li bilan tarqatish bunday jamiyatning moliyaviy negizini tashkil etadi. Aksiya egalari dividend shaklida daromad oladilar.
Aksiyadorlar jamiyati pulni bir yerga to`plab biznesga qo`yish uchun tuziladi. Uning tashkilotchilari ta`sischilar deb yuritiladi. Ta`sischi firmalar, banklar, davlat va ayrim fuqarolar bo`lishi mumkin. Aksiyadorlar jamiyatining afzalligi shundaki, u mayda pulni to`plab yirik pulga aylantirish, ya`ni kapital bo`la oladigan pulga aylantirishdan, mayda puldorlarning pulini ham biznesga qo`yishdan iborat. Aksiyadorlar jamiyatini bosqarishning oliy organi – aksiyadorlar majlisi, so`ngra – direktorlar kengashi va quyi bo`g`ini bo`linmalar boshqarmasidan iborat.
Aksiyadorlik kapitali – aksiyadorlar jamiyatining kapitali, sherikchilik asosida tashkil topgan korporativ mulk hisoblanadi. Aksiyadorlik kapitali tarkibi Nizom (Ustav) kapitali, qo`shimcha kapital, rezrev fondidan va taqsimlangan foydadan iborat. Aksiyadorlik kapitali asosini Nizom kapitali tashkil etadi. Nizom kapitali jamiyat tashkil etilgan chog`da uning ol – mulkiga aksiyadorlar qo`shgan ulush bo`lib, pulga chaqib hisoblanadi. Bu kapital ma`lum midordagi aksiyalardan iborat bo`lib, uning ta`sischilari orasida taqsimlanadi. Aksiyadorlik kapitali Nizom kapitalidan tashqari qo`shimcha aksiya chiqarib, jalb etilgan kapitaldan va kapitallashgan daromad hisobiga o`sib boradi. Aksiyadorlik jamiyat beradigan dividend kapitallashganda aksiyadorlik kapitaliga kelib qo`shiladi. Aksiyadorlik kapitali pul shaklida chiqarilgan aksiyalar summasidan, moddiy shaklda jamiyat faoliyatini ta`minlovchi mol – mulkdan iborat bo`ladi.
Kapitaldan daromad bu iqtisodiy tushincha aktivni sotishdan olingan foyda sifatida saqlanib qolinadigan davra qiymati oshgan foyda sifatida tavsiflanadi. Aktiv tarkibga quyidagilar kirishi mumkin : moddiy mulk, mashina, biznes yoki nomoddiy mulk ulushlar.