5.2. Fizik satx. Uzatish muxiti.
Axborotni uzatish muxiti sifatida mis kabellar, tolali optik kabellar va atrof fazo (simsiz aloqa) bo‘lishi mumkin. Magistral aloqa uchastkalarida asosan optik kabellar keng qo‘llaniladi. Keng polosali ulanishda asosan mis kabellar qo‘llaniladi. SHuning uchun asosan ulanish tarmoqlarida qo‘llaniladigan misli kabellar turini ko‘rib chiqamiz.
Misli kabellar
Ulanish tarmoqlarida qo‘llaniladigan misli kabellarning turlarini klassifikatsiyasi 2.1-rasmda keltirilgan.
Bu kabellarni tok o‘tkazuvchi simlari 0.32; 0.4; 0.5 va 0.7 mm diametrli misli simdan tayyorlangan va polietilen bilan izolyasiyalangan. Izolyasiyalangan simlar juft yoki to‘rtta ko‘rinishda o‘ralgan. Kabellarni ishonchliligini oshirish uchun va qobiqqa namlikni kirmasligi uchun gidrofrob to‘ldirgich bilan germetiklangan kabellar ishlab chiqilgan.
TPEPZ – telefon, polietilen izolyasiyali, alyumin folgali ekranli, gidrofrob to‘ldirgichli, polietilen qobiqli;
TPPZPB - TPEPZ ga aynan o‘xshash, lekin bronlashgan lenta qatlamli va polietilen shlangali.
5.4-rasm. Misli kabellarning turlari
Ko‘rsatilgan past chastotali kabellar ko‘pgina tarmoqlarda qo‘llaniladi. Tarmoq rivoji uchun bu kabellarni imkoniyatlarini bilish zarur. Avvalo chastotalardagi uzatish xarakteristikalarini 2 dan yoki 10 MGs gacha. Ko‘rsatilgan diapazonlarda, terminallardan abonentgacha yuqori tezlikli trafikni uzatish imkoni baxolanadi.
Bunda aniqlanadigan xarakteristikalar quyidagilar xisoblanadi:
turli temperaturada misli juftlikni so‘nishi kilometrda (α[dB/km]);
yaqin va uzoq oxirlardagi misli juftliklar orasidagi o‘tuvchi so‘nish (A) [dB]; A1[dB];
o‘tuvchi va tashqi xalaqitlar kattaligi;
to‘lqinli qarshilik (IZbIOm);
shleyf qarshiligi R0 [Om/km].
5.1-jadval
TPVAD turidagi kabel
Kabel markasi
|
Qo‘llanilish muxiti
|
TPVAD 1x2x0.5
2x2x0.5
3x2x0.5
4x2x0.5
|
Bino ichida 200 kGs chastotagacha signallarni uzatish uchun silindr o‘zakli kabellar
|
TPVAD 2(1x2x0.5)
2(2x2x0.5)
2(4x2x0.5)
|
Bino ichida 2048 kGs chastotagacha signallarni uzatish uchun ikkita parallel ekranlashtirilgan guruxli kabellar
|
Past chastotali kabellarni qo‘llash muxiti – abonent ulanuvchi tarmoqdir:
200 kGs gacha ekranlashtirilgan va ekranlashtirilmagan;
2048 kGs gacha faqat ekranlashtirilgan.
Bu kabellarni konstruksiyasi 0.1, 100, 200 kGs chastotalarda, qurilish uzunligida yaqin oxirda zanjirlar orasidagi o‘tuvchi so‘nishni ta’minlaydi, mos xolda 90, 80, 70 dB.
Strukturalashgan kabelli tizimlar (SKT) (Structured Cabling System, SCS) – lokal tarmoqlar uchun universal kabel yotkazishni tashkil etadi.
SKT markaziy elementi misli va bimetal juftlikli kabeldir. Kabelni shakllantirishda misli juftliklar o‘zaro qo‘shimcha tarzda o‘raladi va xosil bo‘lgan o‘ram ekranlashgan yoki ekranlashmagan izolyasiyali qobiqqa joylashtiriladi.
Quyida SKT kabelni xarakteristika va tuzilishi keltirilgan:
UTP(Unshielded Twisted Pair) – ekranlashtirilmagan juftlik;
STP(Shielded Twisted Pair) – ekranlashgan juftik.
5.5-rasm. EN50173 standarti bo‘yicha kabelli tarmoqni umumiy tuzilishi
5.6-rasm. Ekranlashtirilgan kabelning tuzilishi S-STP 600/900/1000/1200
5.7- rasm. UTP 300 ekranlashtirilmagan kabelning tuzilishi
Do'stlaringiz bilan baham: |