55. Ҳалқаро савдода мамлакатларнинг рақобатбардошлик назариясининг моҳияти



Download 134,35 Kb.
bet1/3
Sana07.07.2022
Hajmi134,35 Kb.
#755854
  1   2   3
Bog'liq
Zehniddin


55. Ҳалқаро савдода мамлакатларнинг рақобатбардошлик назариясининг моҳияти.
56. Ташқи савдо сиёсатининг моҳияти, мақсадлари ва воситаларини изохланг. Biror mamlakatning tashqi iqtisodiy faoliyatga bevosita va bilvosita aralashuvi jarayoni eksport va import hajmi va tarkibiga ta’sir ko‘rsatish orqali ichki bandlilikni ta’minlash, iqtisodiy o‘sishga erishish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, to‘lov balansini yaxshilash hamda valuta kursini tartibga solish maqsadlarini ko‘zda tutadi. Davlat tomonidan amalga oshiriladigan bunday tadbirlar savdo siyosati deb yuritiladi. Savdo siyosati – budjet-soliq siyosatining tashqi savdo hajmlarini soliqlar, subsidiyalar, valuta nazorati va import yoki eksportni to‘g‘ridan-to‘g‘ri cheklashlar orqali tartibga solishni o‘z ichiga olgan nisbatan mustaqil yo‘nalishidir.Tashqi savdoni cheklash borasida olib borilayotgan har qanday chora-tadbirlar qisqa muddatli samara beradi. Uzoq davrda esa, faqat erkin savdogina iqtisodiy resurslarni samarali joylashtirish imkonini beradi. Shuning uchun ham ko‘pgina mutaxassis￾iqtisodchilar mamlakat iqtisodiyoti va aholisi turmush darajani yaxshilash uchun erkin tashqi savdo siyosati foydaliroq, chunki, tashqi savdoni cheklashga nisbatan uni erkinlashtirish iqtisodiy resurslardan samarali foydalanishga ko‘proq imkoniyat yaratadi, deb hisoblashadi.

57. Протекционизм ва ташқи савдо сиёсати. Milliy iqtisodiyotning tiklanishi sharoitida ko‘pgina davlatlar o‘z ishlab chiqaruvchilarini chet el raqobatidan himoya qilish maqsadida proteksionizm siyosatini qo‘llaydilar. Aks holda, mahalliy korxonalar «sinishi» jamiyatda ishsizlik xavfini tug‘diradi. Mamlakatlarda ta’rif mexanizmi orqali tashqi savdo siyosatini yuritish, birinchi navbatda ushbu mamlakatning asosiy tarmoqlari va yangi ishlab chiqarish sohalarining himoyalanganligiga ta’sir qiladi. O‘zbekistonda avtomobilsozlik yangi va istiqbolli soha (tarmoq) hisoblanadi va tabiiyki, tarifli himoyaga muhtoj. Eksport siyosatini bosqichma-bosqich xomashyo eksportidan yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar eksportiga yo‘naltirish sanoatning texnologik darajasi va uning tashqi bozorlarda raqobatbardoshligini oshirish asosida amalga oshirildi. Ichki sanoatning rivojlanishi bilan bir paytda ayniqsa, xomashyo bilan bog‘liq bo‘lmagan tarmoqlarda eksportchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar bilan uyg‘unlikda proteksionizmni asta￾sekinlik bilan qisqartirish o‘tkazildi. Savdo siyosati umuman iqtisodiyotning ko‘proq ochiqligiga yo‘naltirildi.


58. Экспорт божларини киритишнинг иқтисодий оқибатларини шарҳлаб беринг. Eksportga tariflar yoki eksport bojlari kiritilishining oqibati import bojlari kiritilishi oqibatining aynan aksidir. Eksport bojlari kiritishishi sharoitida mahsulotlar ichki bahosi ularning tashqi bahosidan pasayadi. Bunday vaziyatlarda ichki iste’mol o‘sadi, ishlab chiqarish va eksport kamayadi. Eksportga bojlarni joriy qilish natijasida milliy ishlab chiqa￾ruvchilarda yo‘qotishga duch bo‘ladilar. Tashqi bozordagi baholarga nisbatan ichki bahoning kamayishidan iste’molchilar yutuqqa erishsa, davlat esa daromadga ega bo‘ladi. Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash eksport kvotalarining bir turi bo‘lib, xorij mamlakatlarining ayrim mamlakatlarga “ixtiyoriy” eksport miqdorlarini cheklashdan iborat.Bu yerda «ixtiyoriy so‘zi» shartli xarakterga ega. Chunki, eksport qilayotgan mamlakat savdo siyosatida o‘z hamkorlari tomonidan birorta noxushlikka duch kelmasligi uchun eksport miqdorini cheklaydi.Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash ikki xil xususiyatga ega: 1.Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash milliy iste’molchilar uchun tarif va kvotalarni belgilashga nisbatan ancha sezilarsiz. Shuning uchun iste’molchilar ularni e’tiborsiz qabul qiladilar va hukumatga norozilik bildirmaydilar.2.Ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida xorij iste’molchilari ular sotib olayotgan eksport mahsulotiga yuqoriroq narx belgilashlari mumkin. Shunday qilib, xorijliklar ixtiyoriy ravishda eksportni cheklash sharoitida eksportyor ko‘rgan yo‘qotishlarni narxlarni oshirish hisobiga qoplashadi.Savdo siyosatini amalga oshirishning ko‘rib o‘tilgan usullarining har biri ijobiy jihatlari bilan birga salbiy oqibatlarga ham ega. Mamlakat iqtisodiyotining raqobatbardoshligi darajasi kuchayib borgani sari tashqi savdo liberallashtirib boriladi. Mamlakatning xalqaro savdo tashkilotlariga a’zo bo‘lishi bu jarayonining qonuniy natijalaridan biridir. Tashqi savdoni erkinlashtirilishi iqtisodiyotda bozor munosabatlarini yanada rivojlantirishga olib keladi


59. Ташқи савдо сиёсатининг тариф ва нотариф усулларига қиёсий баҳо беринг. Amaliyotda tashqi savdoni tartibga solishning ta’rif va nota’rif usullaridan foydalaniladi.Ta’rif usullariga import va eksport bojlarini joriy qilish kirsa, nota’rif usullariga eksporterlar va ishlab chiqaruvchilarga subsidiyalar berish, kvotalash, litsenziyalash kabilar kiradi.Bojxona bojlari avvalo import bojlari va eksport bojlariga ajraladi.Import bojlari davlat budjetini to‘ldirish maqsadida va ichki bozorlarga tushadigan chet el tovarlari oqimini tartibga solish uchun belgilanadi. Eksport bojlari mamlakat ichida talab ko‘p bo‘lgan mahsulotlar taqchilligining oldini olish maqsadida belgilanadi.Boj olinadigan mahsulotlar, boj olinmaydigan mahsulotlar, olib kelish va olib ketish taqiqlangan mahsulotlar, shuningdek, bojxona bojlari stavkasi, ya’ni, ularning tartibga solingan ro‘yxati bojxona tariflari deb ataladi.Bojxona tariflarini ishlab chiqarish, tabiiy farqlar (hayvonot va o‘simlik dunyosi), qayta ishlash darajasiga (xomashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor buyumlar) ko‘ra, taqsimlangan mahsulotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan mahsulot sarxillovchilar (klassifikatorlari) asosida qurilgan.


60. Ташқи иқтисодий стратегиялар ва уларнинг моҳияти.





Download 134,35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish