O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
NAMANGAN VILOYATI XALQ
TA’LIMI BOSHQARMASI
TO’RAQO’RG’ON TUMAN
XALQ TA’LIMI BO’LIMIGA QARASHLI
54-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabi
Boshlang`ich sinf o’qituvchisi
Mullaboyeva Mo`tabarning
Matematika fanidan 3-siniflar uchun
1 soatlik
Ushbu dars ishlanmasi umumiy o’rta ta’lim maktablarining boshlang`ich sinfo`qituvchilari qo’llash mumkun.
Tuzuvchi:
M .Mullaboyeva To’raqo’rg’on tuman XTBga qarashli 54-umumiy o’rta ta’lim maktab boshlang`ich sinf o`qituvchisi
Taqrizchi:
R. Olimov. To’raqo’rg’on tuman xalq ta’limi bo’limi. 8-umumiy o’rta ta’lim maktabi o`quv ishlar bo`yicha drektor o`rinbosari
M.Akbarova To`raqorg`on tumani XTB boshlang`ich ta’lim uslubchisi
Darsning texnologik xaritasi
T|r
|
Dars bosqichlari
|
Bajariladigan ish mazmuni
|
Bajariladigan ish shakli
|
Ajratilgan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
O’quvchilarni darsga tayyorlash. Navbatchi axboroti.
|
Suhbat.
|
3 daqiqa
|
2
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
O’tilgan mavzuni takrorlash. Savol va topshiriqlar berib, xulosalash.
|
Savol- javob.
|
10 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
Matematik usullarni bajarish
|
Ko’rgazmalilik.
|
20 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
Misol va masala ustida ishlash
|
Daftar bilan ishlash
|
10 daqiqa
|
5
|
Darsni yakunlash va o’quvchilarni rag’batlantirish
|
Uyga vazifani tushuntirish
|
Rag’batlantirish.
|
2 daqiqa
|
Mavzu: Uch va undan ortiq ko‘paytuvchilarni ko‘paytirish
1 - 7 – misol va masala
Maqsad: Ta’limiy: O’quvchilarga Yig‘indini songa, sonni yig‘indiga bo`lish ifodalarni bajarilishini, uch va undn ortiq ko`pytuvchilarni o’rgatish.
Tarbiyaviy: O’quvchilarni bilim olish bilan birga yuksak insoniy komillik mohiyatini tushunib amal qilishga o’rgatish. ekologik nochorlikka olib keladigan sabablarni anglash va baholash bo’yicha bilimlarni berish.
Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni og’zaki va yozma hisoblash malakalarini o’stirish.
O`quv jarayoniga oid kompetensiya: TK-1: o‘rganilgan atamalarning ma’nosini tushunib, to‘g‘ri o‘qiy olish; so‘z va gaplarni bog‘lagan holda o‘z fikrini aniq va ravshan ifodalay olish; Tk-3. o‘rganilgan mavzu doirasida o‘qituvchi bilan birgalikda o‘quv masalasini (maqsadini) topa olish va ifodalay olish; o‘qishga va yangi bilimlarni egallashga qiziqa olish Fk-1. 2-3 arifmetik amalli (qavsli, qavssiz) sonli ifodaning qiymatini hisoblay oladi; Fk -2. yo‘l qo‘yilgan xato va noaniqliklarni topa oladi, ularni tuzata oladi; matematik mulohazalarni og‘zaki va yozma tarzda ifodalay oladi;
Dars turi: Yangi tushuncha berish.
Metodi: aqliy hujum , mustaqil ish, zakovat, o`ylab top didaktik o`yinlari.
Jihozi: Mavzuga oid ko’rgazma, tarqatmalar, test savollari, slaydlar
Darsning borishi.
I Tashkiliy qism.
Tashkiliy qismni o’tkazish
O’quvchilar davomatini aniqlash.
O’quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasini o’tkazish.
O`quvchilarni kasb tanlashga yo`naltiriladi.
II. O’tgan mavzuni so’rash va mustahkamlash.
Nazorat:Uy vazifasini tekshirish, og’zaki so’rov, misol va masalalar yechish, tarqatmali savollar ustida ishlash.
Matematik diktant o`tkazish.
22 bilan11 ning bo`linmasini aniqlang
60 bilan 12 ning bo`linmasini aniqlang
63 bilan 21 ning bo`linmasini aniqlang
24 bilan 2 ning ko`paytmasini aniqlang
75 bilan15 ning bo`linmasini aniqlang
O`quvchilar yozuv taxtasidan foydalanib o`z ishlarini tekshiradilar.
III Yangi mavzu bayoni; 1. Yechilishini tushuntiring:
a) 8 · 3 · 5 = 24 · 5 = 120
b) 8 · 3 · 5 = 8 · 15 = 120
d) 8 · 3 · 5 = 8 · 5 · 3 = 40 · 3 = 120
12∙ 8 ∙ 5 = 8 ∙ (12 ∙ 5) = 8 ∙ 60 = 480
2. Ko‘paytirishning guruhlash qonunidan foydalanib amallarni bajaring:
13 ∙ 4 ∙ 15 = 780 9 ∙ 4 · 10 = 360 25 · 4 ∙ 7 = 700
2 ∙ 8 ∙ 35 = 560 10 ∙ 5 ∙ 6 = 300 55 ∙ 3 ∙ 2 = 330
O`quvchilar misollarni guruhlarga ajratib bajaradilar. Misollarni javobini o`quvchilar doskada bajaradilar. O`quvchilar o`z ishlarini tekshiradilar.
3. Iroda yanvar oyida 217 betli kitobni o‘qidi. U har kuni kitobning necha betini o‘qigan?
Yechish; 217 : 31 = 7 Javob; 7 betini o`qigan.
4. Tenglmalarni yeching;
y : 5 = 25 a ∙ 4 = 640 x – 376 = 604
y = 25 ∙ 5 a = 640 : 4 x = 604 + 376
y = 125 a = 160 x= 980
Misollarni doskada bajarish orqali o`quvchilar ishlari nazorat qilinadi.
IV Yangi mavzuni mustahkamlash 5 – masala.
Uchburchakning perimetri 26 cm ga teng. Uning tomonlaridan birining uzunligi 10 cm. Qolgan ikki tomonining uzunligi o‘zaro teng bo‘lsa, ushbu tomonlarining har birining uzunligini toping.
Yechish: 26 – 10 = 16 16 : 2 = 8 Javob: Tomonlarining uzunligi 8 sm.
Misollarni o`quvchilar mustaqil bajaradilar. Misollarni doskada bajarish orqali o`quvchilar ishlari nazorat qilinadi.
V Baholash. Dars yakunida umumiy baholar e’lon qilinadi va faol, bilimdon o’quvchilar rag’batlantiriladi.
VI Uyga vazifa. 6 - 7 – misol va masala.
7*40*3=840 52*3*5=780 40*3*7=840
3*2*13=78 4*8*25=800 5*37*4=740
7-masala.
Mehmonxonaga birinchi haftada 82 nafar, ikkinchisida undan 2 marta ko`p, uchinchisida esa birinchi va ikkinchi haftada qancha bo`lsa shuncha mehmon kelgan. Mehmonxonaga uch haftada necha nafar mehmon kelganini toping?
Yechish: 82*2=164
164+164=328 Javob 328 nafar
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. 3-sinf Matematika kitobi 2019-yil
2. 3- sinf matematika fanini o`qitish bo`yicha uslubiy qo`llanma.
3. Boshlang`ich ta`lim oynomasi.
Taqriz: Ushbu dars ishlanmasi 2019-yil nashir etilgan S.Burxonov, O`.Xudoyorov, Q.Norqulova N.Ruzikulova va L.Goibova muallifliklari ostida chiqqan matematika darsligi asosida yaratilgan. Dars ishlanma "Dars muqaddas", "O`rgat-o`rgan" tavsiyalari asosida keng yangi pedagogik texnalogiyalardan ana’naviy dars metodidan o`rinli foydalanilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |