53.O’zbekistonda Oliy ta`lim sohasida qabul qilingan Nizomlar va ularda
belgilangan vazifalar
1997-yil 29-avgust kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sesiyasida O’zbekiston Respublikasining «Ta`lim tug`risidagi» yangi nizomi va «Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi»ni qabul etdi.
O’zbekiston Respublikasida ta`lim pastda kursatilganday formada amalga oshirishi belgilandi.
*maktabgacha ta`lim;
*umumiy urta ta`lim;
*urta maxsus kasb-hunar ta`lim;
*oliy ta`lim;
*oliy ta`limdan keyingi ta`lim;
*kadrlar bilimini jetistiriu va ularni qayta tayorlash;
*maktabdan tashqari ta`lim.
Milliy dasturda hayotimizning barcha sohalarida bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan reformalarni uch bosqichta amalga oshirish nazarda tutilgan.
Birinchi bosqich(1997-2001-yillar)
Ikkinchi bosqich(2001-2005)
Uchinchi bosqich (2005-va undan keyingi yillar)
Davlatimizda qobiliyatli yoshlarni izlap topish,ularga yordam berish, qullab-quvvatlash buyicha davlat siyosati olib borilmoqta.1997-yili tashkillashtirilgan «Umid» fondi yullamasi bilan 1997-2001 yillarda 785 yigit qizlarimiz rivojlangan davlatlarning oliy uqish joylarida uqish uchun yuborildi.Ulardan 519 uquvchilar tamomlab keldi.Tashkentte 2002-yil iyul`da Xalqaro Vestminster universiteti, 2006-yili Moskva davlat universiteti filiali, 2008-yili Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, 2009-yili Turin politexnika universiteti tashkillashtirildi
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 1992-yil 8-iyul`dagi «Ilm-fan va innovatsiya ishlarini rivojlantirishni davlat tomonidan qullab-quvvatlash haqida» gi farmoni Vazirlar Kabinetining shu farmon bajarilishini taminlashga qaratilgan qarori ilm-fan rivojlanishida muhim ahamiyatga ega buldi. 1997-yilda Birinchi Prezident farmoni bilan Xorazm Fanlar Akademiyasi qayta tiklandi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning 2006 yil 7 avgustda qabul qilingan «Fan va texnologiyalar rivojlanishini muvofiqlashtirish va boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi, 2008 yil 15 iyulda imzolangan «Innovatsion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tatbiq etishni rag`batlantirish borasidagi qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida»gi va 2010 yil 15 dekabrdagi «2011-2015 yillarda O`zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo`nalishlari to`g`risida»gi qarorlarida belgilangan O`zbekistonni iqtisodiy rivojlantirish yo`nalishi innovatsion iqtisodiyotga o`tishni nazarda tutadi. Innovatsion g`oyalar, texnologiyalar va loyihalar respublika yarmarkasi g`oyat muhimligini ta`kidladi. Negaki, u muhim vazifani hal etish – innovatsion taraqqiyot jarayonlarini kuchaytirish uchun sanoatchilar, olimlar va tadbirkorlar sa`y-harakatlarini integratsiyalashtirishga xizmat qilmoqda. «O`zekspormarkaz»da bu yil oltinchi marta o`tkazilayotgan yarmarka O`zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qo`mitasi tomonidan tashkil etildi. Unda vazirliklar, idoralar, banklar, iqtisodiyotimizning barcha tarmoqlari korxonalari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari, fermer xo`jaliklari, O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi institutlari, oliy o`quv yurtlari, ilmiy markazlar hamda tajriba-konstruktorlik tashkilotlari keng ishtirok etmoqda. Mamlakatimiz vazirliklari, idoralari va yirik kompaniyalarining etakchi mutaxassislaridan tarkib topgan ishchi guruhi shunga rioya etgan holda, ilmiy, ta`lim, konstruktorlik tashkilotlari va ixtirochilarning 607 arizasini ko`rib chiqdi.
Ular orasidan sanoat, qishloq xo`jaligi, tibbiyot, farmakologiya, axborot, ilm-fan va ta`lim sohasini rivojlantirishga doir eng istiqbolli 550 texnologiya, innovatsion g`oya hamda loyiha tanlab olindi. Muqobil energiya manbalari, chunonchi, quyosh energiyasida ishlaydigan texnologiyalar yarmarka qatnashchilarida katta qiziqish uyg`otdi. Bu mamlakatimiz ushbu sohada ulkan salohiyatga ega ekanligi va mazkur ishlar davlatimiz tomonidan qo`llab-quvvatlanayotgani bilan bog`liqdir. Bu borada Prezidentimiz Islom Karimovning 2013 yil 1 mart kuni qabul qilingan «Muqobil energiya manbalarini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`rsida»gi farmoni va Xalqaro quyosh energiyasi institutini tashkil etishga oid qarori qabul qilindi.
Mustakillikka erishgach xalkimizning o`z yurti, tili, madaniyati va kadriyatlarini o`rganilishi Yurtboshimiz o`z asarlarida yoritib o`tdilar.1992 - yilda " O`zbekistonning o`z istiklol va tarakkiyot yo`li ", 1998 - yilda " Tarixiy xotirasiz kelajak yo`k ", 2008 - yilda esa " Yuksak manaviya - engilmas kuch " 2011 - yilda " O`zbekiston mustakillikka erishish ostonasida " va bir kator asarlarida O`zbekiston tarixi masalalarini atroflicha bayon etib o`tganlar.
1997 yil fevralda I.Karimov Vazirlar Mahkamasining yig`ilishda ta`lim tizimini tubdan isloh qilish masalasini ko`tardi. U shunday dedi: «Ta`lim tizimini tubdan qayta ko`rib chiqish vaqti etdi, professional bilimlarni egallash imkoniyatlarini kengaytirish, ma`mur-menejerlarni tayyorlashni yo`lga quyish, yangi sharoitlarda, yangi zamonaviy texnologiyalarda ishlashga qobil ishchi va mutaxassislarni tayyorlashni yo`lga qo`yish lozim». Yangi «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun bo`yicha ta`lim turlari maktabgacha ta`lim (6-7 yoshgacha), umumiy o`rta ta`lim (9 yillik), o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi (3 yillik), oliy ta`lim, oliy o`quv yurtidan keyingi ta`lim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta`limdan iborat qilib belgilandi. «Ta`lim to`g`risida»gi Qonun hamda «Kadrlar tayyorlash millliy dasturi» maktabgacha ta`limdan to fanlar akademiyasigacha bo`lgan zamonaviy, yangi uzluksiz ta`lim tizimini vujudga keltirishga, O`zbekiston ta`lim tizimini tubdan isloh qilishga asos bo`ldi.
1997 yil 27 avgustini Oliy Majlisni IX sessiyasida O’zbekiston Respublikasining "Ta`lim tugrisida"gi Konuni va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi" kabul kilindi.
Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturida mamlakatimizda ta`lim isloxati utkazilishidan kuzda tutilgan maksad, ta`limni vazifalari dasturini ro`yobga chikarish boskichlari, kadrlar tayyorlashning milliy modeli asoslab berildi. Mazkur dasturning asosiy mksadi ta`lim soxasini tubdan islox kilish, uni utmishdan kolgan mafkuraviy koralashlardan va sarkitlardan tula xolos etish, rivojlangan demokratik davlatlar darajasida yuksak ma`naviy va axlokiy talablarga javob beruvchi yukori malakali kadrlar tayyorlash milliy tizimini yaratishdir.
Ta`lim va kadrlar tayyorlash tizimini jamiyatda amalga oshirilayotgan yangilanishi rivojlangan demokratik xukukiy davlat qurilishi jarayonlariga moslash.
Milliy Dasturda ta`lim isloxatlari uch boskichda utkazilishi kuzda tutiladi:
1-boskich 1997-2001 yillar.
2-boskich 2001-2005 yillar.
3-boskich 2005 yildan keyingi yillar.
Milliy Dasturlar tamonlama kamol topgan turmushga moslashgan, ta`lim turlari va kasb-hunarni ongli ravishda tanlay oladigan, jamiyat, davlat va oila oldida o`z javobgarligini xis etadigan fuqarolarni voyaga etkazishni nazarda tutadi, Dasturni xayotga tadbiq etish jarayonida O`zbekistonda kadrlar tayyorlash milliy modeli shakllanadi.
Oliy Majlisining 1996 yil dekabrdagi Qarori bilan 1 oktyabr` - «O`qituvchilar va murabbiylar kuni» deb belgilandi.
Birinchi navbatda biz joylarga chiqib, oddiy odamlar bilan muloqotda bo`lib, Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar qanday samara berayapti, ular buni qanday tushunayapti, degan savollar asosida ularning fikrlarini o`rganamiz va tahlil qilamiz. Mahalliy va xorijiy ekspertlarning yurtimizda olib borilayotgan islohotlar natijalari bo`yicha mulohazalarini bilish uchun uchrashuv-muloqotlar tashkillashtiramiz. Bu choralar bizning hozirgacha bajargan ishimizdagi umumiy holat va ma`lumotlarni shakllantirish, undan xulosa chiqarish, agar kamchiliklar bo`lsa, ularni barataf etgan holda yangi rejalarni, loyihalarni ishlab chiqish, yangi yo`nalishlarni aniqlab olish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, so`rovnomalar ham o`tkaziladi. Bugungi kunda 100 dan ortiq savollarni o`z ichiga olgan so`rovnomalar tayyor, ularni aholiga tarqatmoqchimiz. Eng muhimi, farmoyishda alohida belgilab qo`yilganidek, Harakatlar strategiyasini 2018 yilda amalga oshirish bo`yicha ishlab chiqiladigan Davlat dasturi loyihasiga kiritiladigan takliflar faqat keng jamoatchilik bilan dastlabki muhokama qilinganidan keyin ko`rib chiqilishi, davlat dasturining loyihasi jamoatchilik fikrlari olingandan so`ng ishlab chiqilishi ko`zda tutilyapti. Bu o`z navbatida bo`lajak hujjatning xalqchilligini, uni amalga oshirishning hayotiyligini ta`minlashga xizmat qilishi, shubhasiz. Shu bois barcha sa`y-harakatlar hozirdanoq ayni shu masalaga qaratilmoqda.
54.Qoraqalpog`iston Respublikasida ekologik vaziyat. Orol muammosi
55. Ekologik vaziyatni yumshartish bo’yicha davlat siyosat
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimovning tashabbusi bilan 1992 yilda Nukusda Orol muammosiga bag`ishlangan xalqaro ilmiy konferentsiya bo`ldi. Bu konferentsiya qarorlaridan kelib chiqib, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1992 yil 2 sentyabrda «Qoraqalpog`iston Respublikasi hududidagi tabiiy ofatlar oqibatlarini bartaraf etish, ijtimoiy va ekologik muammolarni echishni jadallashtirish chora-tadbirlari to`g`risida» 405-sonli qaror qabul qildi. Bu qarorning bajarilishini ta`minlash maqsadida O`zbekiston Respublikasi hukumati katta kuch sarfladi. Qoraqalpog`iston Respublikasi aholi punktlarini elektrlashtirish to`la hal qilindi. Tuyamo`yin suv omboridan respublika aholi punktlariga vodoprovod tarmog`i olib kelindi, aholini toza ichimlik suvi bilan ta`minlanish darajasi oshdi. Shu yillarda kanalizatsiya va gaz tarmokdari yotqizildi. Respublika aholisining tabiiy gaz bilan ta`minlanishi foizi oshdi.
Qoraqalpog`istonda ko`plab sog`liqni saqlash ob`ektlari, kasalxonalar, poliklinikalar, tug`ruqxona va turar-joylar binolari qurildi. Orolbo`yi aholisiga insonparvarlik yordami berildi, kasalxona va poliklinikalar shunday ta`minotdan foydalandilar.
Qoraqalpog`iston xalqi I. A. Karimovning BMT minbaridan turib dunyo mamlakatlarini Orol dengizini sakdab qolishga qarata chaqirig`ini katta qoniqish bilan kutib oldi. Uning tashabbusi bilan 1994 yil (14 yanvar) Nukusda Markaziy Osiyoning beshta davlat Prezidentlari hamda Rossiya Federatsiyasi-ning vakillari ishtirokida o`tkazilgan uchrashuvda Orolga va Orolbo`yi aholisiga amaliy yordam berish masalasi muhokama etildi. 1995 yil sentyabrda I. A. Karimov tashabbusi bilan Nukusda o`tkazilgan xalqaro konferentsiya esa tarixiy voqea bo`ddi. Bu anjumanning asosiy hujjatlaridan biri – Nukus Deklaratsiyasi bo`lib, unda butun dunyo jamoatchiligi e`tibori Orol muammosiga qaratildi.
1997 yil mart oyida Almatida Markaziy Osiyo respublikalari Kengashi yig`ilishi bo`ldi. Bu yig`ilishda ham I. A. Karimov tashabbusi bilan Orolbo`yi xalqlariga ijtimoiy mu-ammolarini echishda amaliy yordam berish to`g`risida qaror qabul qilindi.
O`zbekiston hukumatining Orolbo`yi muammolari to`g`risidagi tashabbuslari erlik xalqlar tomonidan ham qo`llab-quvvatlanmoqda. Amudaryo bo`yidagi mehnatkashlar ekologik vaziyatning yaxshilanishiga, xalqaro forumlarda Orol dengizi muammolarini hal qilishga doir qabul qilingan qarorlar o`z samarasini berishiga qat`iy ishonch bildirmoqdalar. Belgilangan chora-tadbirlarni tezda amalga oshirish natijasida qishloq joylarida, sanoatda mehnat unumdorligi o`sayapti, ishlab chiqarish rivojlanyapti, aholining ish bilan bandligi oshmoqda.
56.O’zbekistonda millatlar aro va dinlar aro munasobatlarda olib borilgan davlat
siyosati.
O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyaning 31-moddasida "Hamma uchun vijdon erkinligi kafolatlanadi. Har bir inson xohlagan diniga e’tiqod qilishi yoki hyech qaysi dinga e’tiqod qilmaslik huquqiga ega. Diniy qarashlarni majburan singdirishga yo’l qo’yilmaydi", deb yozib qo’yilgan. Demak, dinga e’tiqod qilish yoki qilmaslik har kimning shaxsiy ishidir.
O’zbekiston hududi qadimdan turli dinlarga e’tiqod qiluvchi ko’p millatli mamlakat sifatida ajralib turgan. Yurtimizda zardushtiylik, yahudiylik, xrisitianlik va islom diniga e’tiqod qiluvchi aholi emin erkin yashab kelgan. Tarixiy manbalarda ta’kidlanishicha, yurtimiz hududida diniy sabab bois birorta nizolar bo’lmaganligi xalqimizning diniy bag`rikenglik borasida katta tajriba to’plaganidan dalolat beradi. Tarixiy sharoit, jarayonlar bu zaminda tom ma’nodagi bag`rikenglik tamoyillarining barqaror shakllanganligi, uning natijasida tinch, osuda hayot, ilmiy ma’rifiy yuksalish, taraqqiyot ta’minlanganligini ko’rsatadi.
Diyorimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarida ham diniy bag`rikenglik targ`ib qilingan g`oyalarni uchratamiz. Jumladan, alloma Abu Mansur al-Moturudiyning “Tilovat ahli sunna” asarida Qur’oni karim oyatlaridan birini tafsir etib, “Cherkov va sinogoglarni vayron etish man etiladi. Shuning uchun ham musulmon o’lkalarda shu davrgacha ular saqlanib qolgan. Bu masalada ilm ahli orasida ixtilof yo’qdir”, degan fikrni bildirgan.
Mustaqillik sharofati bilan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan O’zbekistonda turli din, millat va elat vakillari farovon yashashi uchun qulay sharoitlar yaratilgan bo’lib, islom, xristianlik, yahudiylik, bahoi jamoalari va krishnani anglash jamiyati, bular bilan birgalikda ularning turli oqimlari va yo’nalishlari vakillari tinch, osoyishta va farovon hayot kechirib kelmoqda.
Mustaqillik sharoitida etnik munosobatlar va din sohasida olib borilayotgan izchil va qat’iy siyosat tufayli mamlakatimizda millatlararo totuvlik va konfessiyalararo hamkorlik qaror topdi. Konstitustiyamizda «O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar», degan tamoyilning mustahkamlab qo’yilishi esa, bu boradagi ishlarning qonuniy asosi bo’lib xizmat qilmoqda. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 8-moddasida "O’zbekiston xalqini millatidan qat’iy nazar O’zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi", deb aniq belgilab qo’yilgan. Konstitusiyasining 4-moddasida esa "O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va an’analari hurmat qilinishini taminlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharoit yaratadi", deyilgan. O’zbekistonda yashab faoliyat ko’rsatayotgan turli din vakillarining ma’naviy dunyosi, e’tiqod erkinligi uchun istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab keng yo’l ochildi. Yosh davlatimiz din ma’naviy-madaniy hayotning uzviy qismi ekanidan kelib chiqib, unga bo’lgan munosabatni tubdan o’zgartirdi. Mamlakatimiz rahbari dinga bo’lgan yangicha munosabatni "dunyoviylik –dahriylik emas" degan tamoyil asosida aniq va ravon belgilab berdi. 1998 yilda "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar" to’g’risidagi qonun yangi tahrirda qabul qilinib, davlat va din munosabatlari qonuniy tartibga solindi. Mazkur qonunning maqsadi har bir shaxsning erkinligi va diniy e’tiqod huquqini, dinga munosabatidan qat’iy nazar, fuqarolarning tengligini ta’minlash, shuningdek, diniy tashkilotlarning faoliyati bilan bog’liq munosabatlarni tartibga solib turishdan iborat5.
Bugungi kunda mamlakatimizda turli e’tiqodga mansub tashkilotlar o’rtasida o’zaro hurmat va bag’rikenglik muhiti o’rnatilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. O’tgan 20 yil mobaynida bu yo’nalishda muayyan natijalarga erishildi. Eng asosiysi - bag’rikenglikning muhim omillaridan biri bo’lgan millatlararo va dinlararo totuvlik to’la ta’minlandi. Bugun mamlakatimizda 16 diniy konfessiyaga mansub 2000 dan ortiq diniy tashkilot faoliyat ko’rsatmoqda, Toshkent islom universitet, 9 ta o’rta maxsus islom bilim yurti ishlab turibdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |