53-dars. Qavslarni ochish qoidalari



Download 94,34 Kb.
Sana30.12.2021
Hajmi94,34 Kb.
#94078
Bog'liq
1- dars

53-DARS. QAVSLARNI OCHISH QOIDALARI  


Manfiy sonlarning kiritilishi ⎼8⎼3; 18⎼5; ⎼3+8⎼9 kabi ifodalarni yig‘indi ko‘rinishida yozish imkoniyatini beradi. Haqiqatan ham:

⎼8 ⎼ 3 = (⎼8) + (⎼3); 18⎼5=18 + (⎼5); ⎼3 + 8 ⎼ 9 = (⎼3) + 8 + (⎼9).

Har qanday n sonni 1 ga ko‘paytirsak, yana n sonning o‘zi chiqadi:

n∙1=1∙n = n.

+1 = 1 bo‘lgani uchun ⎼3 + 8⎼9 ifodani quyidagicha yozish mumkin:

⎼3 + 8 ⎼ 9 = (+1)∙(⎼3) + (+1) ∙8 + (+1) ∙(⎼9) = (+1) ∙(⎼3 + 8 ⎼ 9) =

= +1⎼(⎼3+ 8⎼9) = +(⎼3+ 8⎼9).

Shunday qilib, +(⎼3 + 8⎼9) = ⎼3+ 8⎼9.

Oxirgi tenglikning chap qismidagi qo‘shiluvchilar qavslarga olingan. Tenglikning o‘ng qismida esa qavslar va qavs oldidagi « + » ishorasi yo‘q, ular tushirib qoldirilgan. Bunday almashtirishni qavslarni ochish deymiz. Qo‘shiluvchilarning ishoralari o‘zgarmay qolganiga e'tibor bering.



Agar yig‘indi qavslarga olingan bo‘lib, qavs oldida « + » ishorasi turgan bo‘lsa, u holda qavslarni ochishda qo‘shiluvchilarning ishoralari o‘zgarmaydi. Qavslar ichidagi 1⎼ qo‘shiluvchining ishorasi yozilmagan bo‘lsa, bu qo‘shiluvchini « + » ishora bilan yozish kerak.

Masalan: 1) +(⎼10 + 8 ⎼ 12) = ⎼10 + 8 ⎼ 12 = ⎼14;

2) ⎼ 2,8 + (2,8 ⎼ 7,63) = ⎼ 2,8 + 2,8 ⎼ 7,63 = ⎼ 7,63;

3) +(⎼5 + 7) + (3,2 ⎼ 0,8) = ⎼ 5 + 7 + 3,2 ⎼ 0,8 = 4,4.

Agar yig‘indini qavslarga olib, qavs oldiga « + » ishorasi qo‘yilsa, u holda qavsga olingan qo‘shiluvchilarning ishoralari o‘zgarishsiz qoldiriladi.

Masalan, ⎼13 + 8⎼2 = +(⎼13 + 8⎼2).

Taqsimot qonuni va ⎼ n = (⎼1) ∙n tenglikdan foydalanib, oldida «⎼» ishorasi turgan qavslarni ham ochish mumkin.



Misollar: 1) ⎼(3 ⎼ 9) = (⎼1) ∙(3 ⎼ 9) = (⎼1) ∙ 3 + (⎼1) ∙ (⎼9) = ⎼3 + 9;

2) ⎼(18 ⎼ 5) = (⎼1) ∙(18 ⎼ 5) = (⎼1) ∙18 + (⎼1) ∙(⎼5) = ⎼18 + 5.

Bu misollardan shunday xulosaga kelamiz:

Agar yig‘indi qavslarga olingan bo‘lib, qavs oldida « ⎼ » ishorasi turgan bo‘lsa, u holda qavslami ochishda qo‘shiluvchilar ishorasi qarama⎼qarshisiga almashtiriladi.

Masalan, ⎼(⎼7 + 8 ⎼ 14) = 7 ⎼ 8 + 14.

Masalan, 11 ⎼ 18 + 16 ⎼ 23 = ⎼(⎼11 + 18 ⎼ 16 + 23).


Agar yig‘indini qavslarga olib, qavs oldiga « ⎼ » ishorasi qo‘yilsa, u holda qavsga olingan qo‘shiluvchilarning ishoralari qarama⎼qarshisiga o‘zgartiriladi.
Download 94,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish