504-Guruh Talabasi Maxamadaliyev Nuriddin



Download 117,03 Kb.
bet3/4
Sana28.02.2022
Hajmi117,03 Kb.
#473928
1   2   3   4
Bog'liq
14- mavzu

shikastlanish kuzatilmasa, eroziya tezda epitelizatsiyalanadi. Tashxislash qiyinchilik tug‘dirmay di: bemor anamnezidayoq sababchi omil to‘g‘risida xulosa oydinlashadi. Davo- lash uchun eroziya va kichkina yaralarda shikast lov chi omilni bartaraf qilishga qaratiladi va 0,25–0,5 % vodorod perikisi, 2 % bor kislota bilan chayqab, «A» vitaminli malhamlar surtiladi.


Kimyoviy shikastlanish. Kimyoviy shikastlanish ham o‘tkir va
surunkali bo‘lishi mumkin. O‘tkir kimyoviy jarohatlanish og‘iz bo‘sh-
lig‘i shilliq pardasiga yuqori konsentratsiyali moddalarni tegishi oqiba-
tida kelib chiqadi (formalin, kumush nitrat, polimeri zatsiya bo‘lmagan
plastmassaning monomer va boshqalar).
Klinik ko‘rinishi. Klinik ko‘rinish shikastlantiruvchi moddaning
tarkibi, miqdori va ta’sirning davomiyligiga bog‘liq. Kimyoviy mod-
da tushgan zahoti bemor keskin og‘riqni sezadi. Kislotalar ta’sirida
kuyish sodir bo‘ladi va parodontda kogulyatsiyalangan nekrozga uch-
ragan po‘st paydo bo‘ladi. Bu po‘st atrofidagi to‘qimalar qizarib shi-
shadi. Ishqorlar ta’sirida kuyganda kogulyatsiyalangan nekrozga uch-
ragan po‘st paydo bo‘lmaydi. Shikastlanish chuqur bo‘lib, yum shoq
to‘qi malarning barcha qatlamlarini shikastlashi mumkin. Bemor juda
kuchli, azobli og‘riqdan shikoyat qiladi.
Davolash. Kimyoviy modda shilliq pardaga tushgan zahoti shu
mod da ta’sirini neytrallaydigan modda bilan tezda yuvish kerak. Kis-
93
lotalar ta’sirini neytrallash uchun sovunli suv, 1% ishqoriy suv, nov-
shadil spirtining 0,1 % eritmasidan foydalaniladi. Ishqorlar ta’si rini
neytrallash uchun 0,5 % sirka kislotasi, 0,5% limon kislota lari dan foy-
dalaniladi. Neytrallaydigan moddalar yordamida kimyoviy mod da larni
to‘qimalar ichiga yanada kirib borib salbiy ta’sir qilishini to‘xtatish
mumkin. So‘ng og‘riq qoldirish uchun 1% trimikain va 1–2% lidokain
eritmalarini aplikatsiya qilinadi. To‘qimalar tiklanishini tezlashtirish
uchun vitamin «A» malhami, shaftoli moyi va shipovnik moylaridan
foydalaniladi.
Fizik shikastlanish. O‘tkir shikastlanish issiq ta’sir etuvchi omil
(qaynoq suv, qaynoq ovqat), elektr toki, ionlovchi nurlar ta’si rida hosil
bo‘ladi. Qaynoq suv yoki qaynoq ovqatdan kuyish sodir bo‘l ganida
kes kin og‘riq paydo bo‘lib, shilliq parda g‘adir-budur bo‘lib qoladi,
qizaradi, pufaklar hosil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan pufaklar tezda yorilib
ularning tagida eroziya va yazvalar hosil bo‘ladi.
Og‘iz bo‘shlig‘ida bir necha xil metall qotishmalardan tashkil top-
gan tish protezining bo‘lishi og‘izda mikrotok – galvanik tok hosil
bo‘li shiga olib keladi. Og‘iz bo‘shlig‘ida galvanik tokni quyi dagi metall
qotishmalar hosil qiladi; oltin qotishmasi + amalgama, zanglamaydigan
po‘lat + kavshar, amalgama + kavshar va amalga ma + zanglamaydigan
po‘lat. Hosil bo‘lgan galvanik tok og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasiga
ta’sir ko‘rsatadi. Bemor og‘zida noxush hidlar paydo bo‘lganligidan,
til chetlari achishishidan shikoyat qiladi. Agar og‘iz bo‘shlig‘idagi
mikrotok 10 mkA dan ortsa og‘iz bo‘shlig‘idagi metall qotishmalarni
boshqa homashyoga (plastmas sa) almashtirish kerak bo‘ladi.
Nurlanish kasalligi. Rentgen nurlari, gamma-nurlari butun orga-
nizmga yoki katta bir qismiga ta’siri nurlanish kasalligini keltirib chi-
qaradi. Nurlangan to‘qimalardagi qon tomirlar devorlari ning morfo-
logik strukturasi o‘zgarib ketadi, himoya funksiyasi pasayadi, rege-
ne ratsiya to‘xtaydi. Nurlanish kasalligining o‘tkir va surunkali shakl-
lari farqlanadi. O‘tkir nurlanishda stomatit kuzatiladi va bu stoma-
titni nur stomatiti deb ataladi. O‘tkir nur stomatitining birin chi bel-
gisi og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasida nuqta hajmidagi qontalashlar
paydo bo‘ladi. Ovqatlanganda og‘riydi, og‘zi quriydi, ta’m sezishi
o‘zgaradi, til g‘adir-budur bo‘lib qoladi. Shilliq parda ko‘kimtir tus
94
oladi.
Davolash. Kasallikni davolashda umumiy va mahalliy tera pevtik
davo amalga oshiriladi. Umumiy davo terapiyasida organizm dagi ra-
dio kimyoviy reaksiyani susaytiruvchi, organizmning radiosezgirligi ni
susaytiradigan, qon tarkibini tiklovchi, antigistomin dori modda lar va
antibiotiklar qo‘llaniladi.
YUQUMLI KASALLIKLARDA SHILLIQ
PARDA JAROHATI
Deyarli hamma yuqumli kasalliklarda og‘iz bo‘shlig‘i shilliq par
-
dasida patologik jarayon kechadi. Ushbu patologik hususiyatlarni bilish
yuqumli kasalliklarni erta aniqlashda muhim o‘rin tutadi. Yuqumli ka-
sal liklarning kelib chiqish sabablari, klinik ko‘rinishi har xil. Lekin bu
kasalliklarning barchasini mikroorganizmlar (viruslar, bakteriyalar,
spiro xetalar va zambrug‘lar) qo‘zg‘atadi. Har bir kasal likni aniq tegish-
li mikroorganizmlar keltirib chiqaradi

Download 117,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish