O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
5-topshiriq
Bajardi:Abdumannobov Jasur
Guruh:650-20
Tekshirdi:Yusupova Zamira
Savollarga javoblar:
№1
Savol: Normativ me’yoriy –xuquqiy xujjatga qanday asosiy talablar qoʻyiladi?
Javob: Normativ-huquqiy hujjatlar - vakolatli davlat organining belgilangan tartibda qabul qilgan, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan, umummajburiy tusdagi qoidalarni o‘rnatuvchi, o‘zgartiruvchi yoki bekor qiluvchi yuridik hujjati hisoblanadi. Normativ-huquqiy hujjat umummajburiy xulq-atvor qoidalarini o‘z ichiga oladi hamda o‘zining quyidagi uch xususiyati bilan ijtimoiy normalarning boshqa turlaridan ajralib turadi:
a) ular vakolatli davlat organlari tomonidan yaratilib, barcha uchun umummajburiy qoidalarni o‘rnatadi, o‘zgartiradi (takomillashtiradi) yoki bekor qiladi; b) ularda huquqiy qoidaning mazmuni, ya’ni huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va burchlari bayon etiladi;
v) normativ-huquqiy hujjatlarda mustahkamlangan qoidalar bajarilmagan yoki buzilgan taqdirda muayyan huquqiy oqibatlar kelib chiqadi, qoida bo‘yicha, davlatning majburlov kuchi ishga solinadi. Normativ-huquqiy hujjatlar, ularni chiqaradigan davlat organlari va mansabdor shaxslarning mavqeyiga, aktlarning yuridik kuchiga ko‘ra, quyidagi turkumlarga bo‘linadi:
qonunlar (Konstitutsiya, konstitutsiyaviy qonunlar va joriy qonunlar);
Prezident farmonlari, qaror va farmoyishlari;
hukumat qarori va farmoyishlari;
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va boshqaruv organlarining normativ hujjatlari;
mahalliy vakillik va ijroiya organlarining qarorlari va farmoyishlari.
№2
Savol: Ta’lim jarayonida oʻquv rejani joriy etishdan maqsad nima?
Javob: O‘quv jarayonlarini tashktl qilishda o‘quv rejasiga muvofiq dekanat tomonidan har bir o‘quv semestrida bakalavriat va magistratura uchun dars jadvallari tuziladi. Shu jadvallarga asosan auditoriya darslari o‘tiladi, joriya, oraliq, yakuniy nazoratlari o‘tkazilazi. O‘quv jarayonlari “Talim to‘g‘risidgi qonun va kadrlar tayyorlash milliy dasturi hayotga tadbiq etila boshlaganidan buyun o‘tgan davr ichida talim tizimi tubdan islox qilindi. Talim va tarbiyaning mazmuni o‘zgarib, uning sifati va samaradorligi yuqori darajaga ko‘tarildi. Bugungi kunda respublikamiz oliy talim muassasalarida o‘qitishning modul tizimiga o‘tilmoqda, yangi pedagogik texnologiyalar usullari qo‘llanilmoqda. Bugungi kunda respublikamiz oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishning modul tizimiga o‘tilmoqda O‘qitishning modul tizimi haqida rasmiy ravishda birinchi marta, 1972 yil, YUNESKOning Tokiodagi butun jaxon konsepsiyasida so‘z yuritilgan edi. Modulli o‘qitishning mohiyati – talaba modullar bilan ishlash jarayoni orqali o‘quv maqsadiga mustaqil holda (yoki ma’lum darajadagi yordam orqali) erishadi. Modulli o‘qitish texnologiyasi majmuali yondoshuvni ifodalaydi. Modul – bu o‘kuv materialining mantiqan tugallangan birligi bo‘lib, o‘kuv fanining bir yoki bir necha fundamental tushunchalarini o‘rganishga qaratilgandir. Fanning dolzarbligi – modulli o‘kitishda o‘kuv dasturlarini to‘la, kiskartirilgan va chukurlashtirilgan tabakalash orkali, o‘kitishni tabakalash imkoniyati yaratiladi, ya’ni o‘qitishni individualashtirish, yangi yondashuvlar va o‘qitish usullarini namoyish etish, talabalarning fikrlashlarini kuchaytirish, talabalarni muloqotda faol va o‘z fikrlarini ifoda qilishga o‘rgatish mumkin bo‘ladi. O‘kitishning modul tizimiga o‘tish samaradorligi kuyidagi omillarga bog‘lik bo‘ladi: - o‘kuv muassasasining moddiy-texnikaviy bazsi darajasi; - professor-o‘kituvchilar tarkibining malakaviy darajasi; - ko‘zlangan natijalarni baxolash; - didaktik materiallar ishlab chikish; - natijalarning taxlili va modullarni optimallashtirish. SHunday kilib, modulli o‘kitishdan foydalanib oliy malakali mutaxassisni tayyorlash kuyidagilar asosida ta’minlanadi: - o‘kitishning o‘zluksizligi (bunda fanlarni o‘zlashtirish samaradorligi oshadi); - o‘kitishni jadallashtirish (buning natijasida informatsiyaning ko‘p kismi, individual va mustakil ishlash paytida, kompyuter tarmoklari orkali o‘zlashtiriladi); - o‘kishni individuallashtirish (talaba o‘z kobiliyatiga ko‘ra bilim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |