5-tajriba mashg’uloti Sinov laboratoriyalarini tashkilashtirish, sinovlarni o’tkazish, sinov laboratoriyalarini akkreditlashtirishga tayyorlash bosqichlari


-bob. Laboratoriyalarni ma’qullash tartibi



Download 181,09 Kb.
bet4/8
Sana27.05.2022
Hajmi181,09 Kb.
#611342
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
5 Tajriba Sinov laboratoriyalarini tashkilashtirish, sinovlarni

3-bob. Laboratoriyalarni ma’qullash tartibi
6. Laboratoriyalarning texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash ushbu Nizomga ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi.
Ariza beruvchi Markaz tomonidan belgilanadigan yozma yoki elektron shaklda ma’qullash uchun arizani (keyingi o‘rinlarda buyurtma deb ataladi) ushbu Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qilgan holda taqdim etadi.
7. Ariza beruvchi buyurtmaga quyidagi hujjatlar va ma’lumotlarni ilova qiladi:
ma’qullash so‘ralayotgan ma’qullash sohasini aniqlovchi sinov usullari (metodikalari) va/yoki o‘lchash turlarining ro‘yxati;
laboratoriyaning tartib-taomil hujjatlari;
laboratoriyaning texnik pasporti (laboratoriya, xodimlar, jihozlar, qo‘llaniladigan sinov va o‘lchash vositalari to‘g‘risidagi ma’lumot).
8. Ariza beruvchidan ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilmagan hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ariza beruvchi o‘z xohishiga ko‘ra laboratoriyaga tegishli qo‘shimcha hujjatlar va ma’lumotlarni taqdim etishi mumkin.
9. Markaz taqdim etilgan hujjatlar va ma’lumotlarning to‘liqligi yuzasidan buyurtmani o‘rganadi. Buyurtmani o‘rganish ijobiy natija bersa, u ro‘yxatdan o‘tkaziladi va bir ish kunidan kechikmay laboratoriyada baholashni o‘tkazish uchun shartnoma (keyingi o‘rinlarda shartnoma deb ataladi) tayyorlanadi va ariza beruvchiga yuboriladi.
Ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan barcha hujjatlar (ma’lumotlar) taqdim etilmagan taqdirda, Markaz bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga hujjatlarni puxta ishlab chiqish uchun qaytarish haqida xabar qiladi.
10. Ariza beruvchi tomonidan to‘lov amalga oshirilgach, Markaz besh ish kunidan kechikmay laboratoriyada baholashni o‘tkazish uchun Markaz xodimlaridan va/yoki texnik ekspertlardan iborat baholash komissiyasini (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) shakillantiradi.
Komissiyaga zimmasiga ma’qullash jarayoniga rahbarlik qilish uchun umumiy mas’uliyat yuklangan va Markaz tomonidan vakolat berilgan baholash komissiyasining raisi rahbarlik qiladi.
11. Komissiya tarkibi, laboratoriyada baholashni o‘tkazish sanasi va vaqti Markaz direktori yoki uning o‘rinbosari buyrug‘i bilan tasdiqlanadi. Bunda laboratoriyada baholashni o‘tkazish sanasi ariza beruvchi bilan uning asoslangan takliflarini inobatga olgan holda oldindan kelishib olinadi.
12. Laboratoriyada baholashni o‘tkazish muddatlari uning faoliyati xususiyatlarini hisobga olgan holda Markaz tomonidan aniqlanadi. Laboratoriyada baholashni o‘tkazish muddati o‘n ish kunidan oshmasligi kerak.
13. Laboratoriyada baholashni o‘tkazish Markaz tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlangan dasturga muvofiq amalga oshiriladi.
14. Komissiya taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi, ma’qullash talablariga va shartlariga, shuningdek, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablariga muvofiqligini va laboratoriya tomonidan so‘ralayotgan ma’qullash sohasidagi ishlarni bajarish imkoniyatini joyiga chiqqan holda baholaydi.
15. Komissiya laboratoriyaning ma’qullash sohasiga kiritilgan har bir so‘ralgan sinov usullari (metodikalari) va/yoki o‘lchash turlarini bajara olish imkoniyatini baholaydi.
16. Ariza beruvchi laboratoriyada baholash o‘tkazish, shu jumladan, komissiyaning zarur ma’lumotlarga, yozuvlarga va hujjatlarga, binolarga kirishini, shuningdek, laboratoriya xodimlarining malakasini baholash uchun shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi.
Xodimlar malakasini baholash ularning shaxsiy kartalarini o‘rgangan holda so‘ralgan sohadagi malakasi, tayyorgarligi, ma’lumotini, muvofiqlikni baholash bo‘yicha ko‘nikmalarini namoyish qilishini kuzatish orqali amalga oshiriladi.
Komissiya so‘ralgan ma’qullash sohasida nazorat sinovlari, o‘lchovlar o‘tkazilishini talab qilishga haqlidir.
17. Agar laboratoriyada baholash uchun shart-sharoitlar ta’minlanmasa, komissiya raisi Markazga tegishli hisobotni taqdim qilishi kerak, uning asosida Markaz ma’qullash jarayoni ishlari ikki oydan oshmagan muddatga to‘xtatilganligi to‘g‘risida ariza beruvchiga yozma ravishda xabar beradi.
Agar ariza beruvchi belgilangan muddatda laboratoriyada baholash o‘tkazish uchun shart-sharoitlarni yaratib bermasa, ma’qullash uchun berilgan arizani ko‘rib chiqish tugatiladi.
18. Laboratoriyada baholash natijalari bo‘yicha baholash davomida aniqlangan nomuvofiqliklarni (agar mavjud bo‘lsa) o‘z ichiga qamrab oluvchi komissiyaning dalolatnomasi (keyingi o‘rinlarda dalolatnoma deb ataladi) tuziladi.
Dalolatnoma barcha komissiya a’zolari, shuningdek, o‘zining alohida fikrini (zarurat bo‘lganda) ifodalashga haqli bo‘lgan ariza beruvchining vakolatli vakili tomonidan imzolanadi.
Dalolatnoma ikki nusxada tuziladi, uning bir nusxasi ariza beruvchining vakolatli vakiliga beriladi.
19. Komissiya ijobiy dalolatnoma rasmiylashtirgan taqdirda, bir ish kunidan kechikmay dalolatnomani Markazga taqdim etadi.
20. Baholash jarayonida nomuvofiqliklar bartaraf etilmagan taqdirda, ariza beruvchi Markazga tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda nomuvofiqliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risida hisobot (keyingi o‘rinlarda hisobot deb ataladi) taqdim etadi. Hisobotni taqdim etish muddati dalolatnoma rasmiylashtirilgan sanadan boshlab uch oydan oshmasligi kerak.
21. Ariza beruvchi belgilangan muddatda hisobot taqdim etmasa, ma’qullash jarayoni tugatiladi.
22. Markaz hisobot olingan kundan e’tiboran o‘n ish kunida hisobot baholashni o‘tkazgan komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.
Komissiya ariza beruvchi tomonidan nomuvofiqliklar bartaraf etilganligini zarur hollarda joyiga chiqqan holda o‘rganadi. Agar hisobotda keltirilgan ma’lumotlar nomuvofiqliklarni bartaraf etish uchun yetarli bo‘lmasa, komissiya qo‘shimcha ma’lumotlarni so‘rashga haqlidir.
23. Nomuvofiqliklarni bartaraf etish holatini o‘rganish natijalari bo‘yicha komissiya yakuniy dalolatnomani rasmiylashtiradi va uni bir ish kunidan kechikmay Markazga taqdim etadi.
24. Markaz uch ish kuni mobaynida dalolatnomani ko‘rib chiqishni ta’minlaydi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
laboratoriya texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash;
ma’qullash sohasini qisqartirgan holda laboratoriya texnik jihatdan malakaliligini ma’qullash;
laboratoriya texnik jihatdan malakaliligini ma’qullashni rad etish;
dalolatnoma xulosalariga qo‘shilmagan taqdirda ― laboratoriya ma’qullash talablari va shartlariga muvofiqligini xaq olmasdan qo‘shimcha baholashni o‘tkazish.
25. Laboratoriyani ma’qullashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
baholash vaqtida zarur ma’lumotlarni taqdim etishdan bosh tortish;
ariza beruvchi tomonidan ko‘rsatilgan ma’lumotlarda noaniq yoki buzib ko‘rsatilgan ma’lumotlar mavjudligi;
laboratoriyaning ma’qullash talablari va shartlariga nomuvofiqligi.
Ma’qullashni rad etish to‘g‘risida boshqa asoslar, shu jumladan, maqsadga muvofiqsizlik sabablari bo‘yicha qaror qabul qilinishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
26. Laboratoriyani ma’qullash to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, laboratoriya Markaz tomonidan bir ish kunidan kechikmay ma’qullangan laboratoriyalar reyestriga kiritiladi va guvohnoma rasmiylashtiriladi.
Agar laboratoriyani ma’qullashni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinsa, Markaz bir ish kunidan kechikmay ariza beruvchiga bu to‘g‘risida yozma xabarnoma yuboradi.
27. Markaz tomonidan o‘zining rasmiy veb-saytida ma’qullangan laboratoriyalar reyestri yuritiladi (keyingi o‘rinlarda reyestr deb ataladi). Reyestr tanishish uchun ochiq hisoblanadi.
28. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnoma reyestrda ro‘yxatdan o‘tkaziladi va ikki yil muddatga beriladi.
29. Agar laboratoriya ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilish muddati tugashidan bir oy oldin takroriy ma’qullash uchun ariza taqdim etsa, Markaz ilgari berilgan ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tegishli qaror qabul qilingan kungacha uzaytirish huquqiga ega, bunda uzaytirish muddati uch oydan oshmasligi kerak.
30. Takroriy ma’qullash tartibi ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
31. Ma’qullangan laboratoriya ushbu Nizomning 4-bandida belgilangan talablar va shartlarga, ma’qullash sohasiga rioya qilishga hamda o‘tkazilgan sinovlar yoki o‘lchovlarning ishonchliligiga javobgardir. Bunda Markaz ma’qullangan laboratoriyadan har yarim yilda bir marotaba uning ma’qullash sohasi faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni so‘rashga haqlidir.
32. Agar Markazga ma’qullash talablari va shartlari buzilganligi to‘g‘risida hujjatlar bilan tasdiqlangan yozma murojaat tushsa, Markaz murojaatda keltirilgan vajlarning xaqqoniyligini o‘rganish uchun aynan ushbu vajlar bo‘yicha laboratoriyani qayta baholashga (keyingi o‘rinlarda qayta baholash deb ataladi) haqlidir.
33. Laboratoriya faoliyatini qayta baholash ushbu Nizomning 11 ― 16, 18 ― 23-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
34. Markaz uch ish kunidan kechikmay laboratoriya faoliyatini qayta baholash dalolatnomasi ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi va quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash;
ma’qullash sohasini qisqartirgan holda ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tasdiqlash;
ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatish;
ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini tugatish.
Markazning qarori to‘g‘risidagi ma’lumot laboratoriyaga qaror qabul qilinganidan keyin ikki ish kunidan kechiktirmay yetkaziladi.
35. Ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish (tiklash) yoki tugatish ushbu Nizomning 4-5-boblarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
36. Markazning ma’qullash to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi qarori ustidan laboratoriya Markaz huzuridagi apellatsiya komissiyasiga yoki sud tartibida shikoyat qilishi mumkin.

Download 181,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish