2.4. TRANSPORT OQIMINING ZICHLIGI, YO’LNING
O’TKAZISH QOBILIYaTI VA YuKLANGANLIK DARAJASI
KO’RSATKICHLARINI BAHOLASH
Tayanch so’zlar va iboralar: harakat zichligining o’zgarishi; to’xtab qolish; yo’lning o’tkazish qobiliyati; nazariy o’tkazish qobiliyati; amaliy o’tkazish qobiliyati; dinamik gabarit; keltirilgan harakat miqdori.
Transport oqimining zichligi oshgan sari transport vositalari oraliq masofasining kamayishi, tezlikning pasayishi, haydovchilarning psixologik ish rejimining qiyinlashishi umumiy yo’l harakatining noqulayligiga olib keladi. Eng katta transport oqimining zichligi transport vositalarining to’xtab qolish («zator») holatida kuzatiladi.
Transport oqimining zichligini quyidagicha baholash mumkin
Transport oqimining zichligini aerofotos’emka yoki yo’lning yon tarafidan baland joydan kinos’emka qilish orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |