5-Tajriba ishi: Nochiziqli boshqarish sistemalarini modellashtirish.
Ishning maqsadi: Parallel bog’lanish qurilmasiga mos parametrlarni qanday tanlashni o’rganish.
Ish dasturi
1. Tajriba qurilmasi va tajriba ishlarining tavsiflari bilan tanishish.
2. Stendning boshqaruv elementlarini funksiyasini va mnemosxemasini o'rganish.
3. Ishga tayyorgarlik jarayonida taxminiy va aniq LACHX, FCHX, shuningdek, zvenolarning bog'lanishlar variantlari uchun o’tkinchi va statik xarakteristikalarini hisoblang.
4. Bog’lanishning eksperimental xarakteristikalarini 3-chi shart bo'yicha oling. Natijalarni hisoblashlar bilan solishtiring.
5. Tajribaviy bog'liqliklarini qurish, tajriba ishi bo'yicha hisobotni rasmiylashtirish.
Ishning tavsifi
Ishga tayyorgarlik ko'rish jarayonida, taxminiy chastotali xarakteristikali qurilmani ishlatish va tebranuvchi zvenoning parametrlarini bilgan holda (1-jadval), ushbu zveno tizimning uzgarmas qismi hisoblanadi, parallel tuzatuvchi qurilmaning parametrlarini tanlash. Bunday qurilma sifatida real differensiallovchi zvenoni tanlash kerak (D1 = 0).
1-jadval
Variant №
|
К2
|
Т3
|
ξ
|
1
|
0,5
|
1
|
1
|
2
|
1
|
2
|
1
|
3
|
2
|
5
|
1
|
4
|
4
|
10
|
1
|
5
|
8
|
20
|
1
|
Tuzatuvchi qurilmaning parametrlarini tanlashda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak:
- tizimning turg’unlik zaxirasii faza bo’yicha 40-60 gradusda ta'minlash;
- pog’onali ta’sir asosida kichik rostlash vaqtini ta'minlash.
Tajriba ishlarida quyidagi modullar qo'llaniladi:
- stendning ta’minot moduli;
- “Tipik dinamik zveno” moduli;
- “Funksional generator” moduli.
Tajriba ishini boshlashdan oldin avtomatik o’chirgich QF1ni o’chirilgan holatida stendning boshqaruv elementlarini boshlang’ich holatga o’rnatish kerak:
-“Funktsional generator” modulining “Amplituda” potensiometrini soat strelkasiga teskari yo’nalishda oxrigacha aylantiring;
- “Tipik dinamik zveno” modulining RP1potensiometrini soat strelkasiga teskari yo’nalishda oxrigacha aylantiring, SA1-o’chirib-yoqgichni - o'rta holatiga o'tkazing.
1 rasm. Zvenolarni parallel bog’lanishli sxemasi
O’chirib-yoqgichlarning boshlang’ich holatini o'rnatgandan so'ng, “jamlagich” elementi yordamida “Tipik dinamik zveno” modulida zvenolarning parallel ulanishi bo'yicha sxemasini yig'ish kerak. Zveno ulanishining parametrlari o’zining variantiga mos ravishda va dastlabki hisob-kitob natijalariga muvofiq belgilanadi.
Tizimning statik xarakteristikasini olish uchun uning kirishiga o’zgarmas boshqaruv signali beriladi, bunda signalning qiymati tizimning chiqishidan qayd etiladi. Tajriba ishi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriladi:
- topshiriq beruvchi signalni berish uchun “Tipik dinamik zveno” modulidagi X1 qisqichini yig’ilgan yopiq tizimning kirishi ikkinchi tartibli zvenoning kirishiga X8 qisqichga ulanadi;
- X1, X8, X7, X5 qisqichlar AI1-AI8 analog kirishlarning hohlagan bittasi bilan ulanadi. “Tipik dinamik zveno” modulining umumiy nuqtasi va analog signallar kiritishining umumiy nuqtasi bilan birlashtiriladi.
- Tizimga signal SA1 tumbler yordamida beriladi, uning amplitudasi RP1 potentsiometer orqali oldindan beriladi. Tizimning o’tkinchi xarakteristikasi yoki DT DeltaProfi yordamida yoki ostsillograf yordamida qayd qilib boriladi. Topshiriq signali sifatida “Funktsional generator” modulining chiqishi bilan birga bir va ikkiqutbli meandradan foydalanish mumkin.
RP1 potentsiometer orqali ushbu signalning turli xil qiymatlarini berib o’tkinchi jarayonni grafigini qayd qilib, o’tkinchi jarayonning grafigining sifatli ko’rinishi pog’onali signal kattaligiga bog’liq emasligiga ishonch hosil qiling.
Tizimning statik xarakteristikasini qurish uchun kirish signalining turli qiymatlarida o’tkinchi jarayon tugaganidan so’ng chiqish signalini qayd qilib boring. Natijalarni 2-jadvalga kiriting.
Do'stlaringiz bilan baham: |