Baholash mezonlari. “ Ofarin “, “ Barakallo “, “Harakat qil” so’zlari yozilgan shakllar.
Mavzu: Muzeylar tarixdan saboq beradi.
Muzeylar nima uchun kerak? Muzeylar tarixiy, moddiy va ma’naviy madaniyat yodgorliklarini asrovchi, saqlovchi, o'rganuvchi va xalqqa namoyish qiluvchi ilmiy-ma’rifiy muassasalardir. Muzeylar kishilaming o'zlari uchun qadrli va yodgorlik bo‘lib qoladigan buyumlami to'plab, ularni kelgusi avlodlarga qoldirish ehtiyoji natijasida paydo bo‘lgan.
Muzeylar xazinasida moddiy va tasviriy narsalar, shuningdek, san’at asarlari jamlanadi. Shu bilan birga yozma manbalar (qadimdan hozirgi davrgacha bo‘lgan tarixiy qimmatga ega qo‘lyozmalar, bosma hujjatlar, kitoblar) saqlanadi. Muzeylaming turlari juda ко'p. Ular xalqning tarixiga, adabiyoti va san’atiga, texnikaga, tibbiyotga, hayvonot olami, harbiy qurol-yarog'larga oid hamda tabiat va boshqa turdagi muzeylardir. Muzeylar dastlab ibodatxonalarda tashkil etilgan.
Yevropada ko'plab muzeylaming tashkil etilishi va muzeyshunoslik fanining vujudga kelishi XIV-XVII asrlarga to‘g‘ri keladi. Muzeylar tadqiqot va ta’lim-taibiyaviy vazifalami o‘tashi bilan ham ahamiyatlidir. Muzeylardan joy olgan eksponatlar katta tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Muzeyshunoslar ilmiy tekshirish ishlarini ham olib boradilar. Muzeyga kelgan to‘plamlarni butlaydilar va o'rganadilar. Muzey ashyolarini saqlash va ta’ mirlash ishlarini yolgaqo'yadilar. Tomoshabinlar uehun ekskursiyalar tashkil etadilar. Jahonning mashhur muzeylari.
AQSH, Italiya, Fransiya, BuyukBritaniya, Germaniya, Rossiya Federatsiyasi jahonning mashhur muzeylari joylashgan mamlakatlar hisoblanadi.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi Ermitaj, Parijdagi Luvr, Londondagi Britaniya, Italiyadagi Uffitsi kabi dunyoga dong‘i ketgan muzeylaming kolleksiyalari tarkibida tarixiy buyumlaming nodir nusxalari saqlanadi.
Masalan, 1546-yilda qurilgan va dastlab qirol saroyi vazifasini o‘tagan, hozirda esa dunyoning eng katta muzeyi hisoblanmish Parijdagi Luvr muzeyida qadimgi Misr, Gretsiya va Rimda yaratilgan noyob san’at durdonalarining asl nusxalari saqlanadi.
O’zbekiston Respublikasining muzeylari. O‘zbekiston Respublikasida ham juda ko‘p muzeylar mavjud. Bu muzeylardagi eksponatlar jahonning mashhur muzeylari eksponatlaridan qolishmaydi. O‘zbekistonda muzeylar dastlab XIX asrning ikkinchi yarmida tashkil etila boshlangan. Bular: 1876-yilda ochilgan Toshkent o‘lkashunoslik muzeyi, Samarqand xalq muzeyi va Farg‘ona xalq muzeylari edi. Hozirgi kunda respublikamizda O'zbekiston davlat tarixi muzeyi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, O'zbekiston san’at muzeyi, O'zbekiston xalqlari madaniyati va san’ati tarixi muzeyi, 0‘zbekiston tabiat muzeyi kabi muzeylar faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularxalqqa o‘zining o‘tmish tarixini ko‘z-ko‘z qilibturadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |