5-sinf Diktant
Bizning odatlardan biri
Hayit kunlari, ulug’ ayyomlarda biz nega ko’chalarga suv sepib, supirib qo’yamiz?Chunki undan odamlar bahra olib ko’ngillarni yashnab, hayit namozlariga boradilar. Nazarimda xuddi shu odat Navro’z bayramidagi suv ila poklanishga o’xshamaydimi?
Bizda mehmonga avval suv, ba’zi yerlarda esa qatiq beriladi. Shu bilan poklaniladi, keyin esa non-tuz ichib do’stlashiladi. “Biz kun ichgan joyiga qirq kun salom ber” naqli, anashunday qolgan. Ana sizga qonun – qoidalar, odatlarning yuzaga kelishi.
Eh-he, qanchadan-qancha kashfiyotlar o’z vaqtida tan olinmadi! Hatsiz-hisobsiz! Xulosa shuki, har bir odat, har bir so’y-harakat orasida tariximizdagi bir qonun turibdi. Ular bizning merosimiz, xazinamizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |