5-sinf Darsning mavzusi: Mirzo Ulug‘bek va uning akademiyasi


Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)



Download 370,88 Kb.
bet3/3
Sana22.01.2022
Hajmi370,88 Kb.
#399566
1   2   3
Bog'liq
5 -Mirzo-Ulug‘bek-va-uning-akademiyasi

Kelgusi rejalar (tahlil, o‘zgarishlar)

O‘qituvchi:

Yangi pedagogik texnologiyalarni o‘zlashtirish va darsda tadbiq etish, takomillashtirish. O‘z ustida ishlash. Mavzuni hayotiy voqealar bilan bog‘lash. Pedagogik mahoratni oshirish.



O‘quvchi:

Matn bilan mustaqil ishlashni o‘rganish. O‘z fikrini ravon bayon qila olish. Shu mavzu asosida qo‘shimcha materiallar topish, ularni o‘rganish. O‘z fikri va guruh fikrini tahlil qilib bir yechimga kelish malakasini hosil qilish.




Darsning blok chizmasi:




Dars bosqichlari

Vaqti

1

Tashkiliy qism

3 daqiqa

2

Uy vazifasini takrorlash

8 daqiqa

3

Yangi dars mavzusi ustida ishlash

10 daqiqa

4

O‘qituvchining qisqacha ma’ruzasi

7 daqiqa

5

O‘quvchilar tushunchasini aniqlash

10 daqiqa

6

Dars yakunini chiqarish

5 daqiqa

7

Uyga topshiriqlar

2 daqiqa


Darsning borishi:

  1. Tashkiliy qism. 2 daqiqa.

1. O‘qituvchining salomlashishi, ichki muhitni vujudga keltirish hamda murakkab va ijodiy ishga hozirlanish, dunyoda va O‘zbekistonda yuz bergan muhim yangiliklardan qisqacha xabarlar berish.

2. O‘qituvchi navbatchining ma’lumotlarini tinglaydi va darsga kelmaganlarni jurnalga yozib qo‘yadi.

3. Yakka tartibdagi va nisbatlashtirilgan yozma topshiriqni bajaradigan o‘quvchilar belgilanadi.

4. O‘qituvchi o‘quvchilarni darsning mazmuni va dars davomida egallanishi lozim bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar bilan tanishtiradi.

5. Darsning borish qismida o‘quvchilarni guruhlarga bo‘lish.

Yangi mavzu mundarijasini oldindan doskaga yoki vatman qog‘oziga yozib qo‘yish zarur. O‘qituvchi guruhlarda ishlash qoidalarini ishlab chiqib o‘quvchilarga tushuncha berib o‘tadi. Har bir to‘g‘ri javob uchun rag‘batlantirish vositalari berib boriladi.



  1. Uyga berilgan topshiriqni tekshirish. 5 daqiqa.

O‘quvchilarni 4 guruhga bo‘ling.
1-guruhga topshiriq.

Algebra fanining asoschisi haqida ma'lumot bering?



2-guruhga topshiriq.

Yevropada «Alfraganus» nomi bilan mashhur bo‘lgan alloma haqida ma'lumot bering?



3-guruhga topshiriq.

Astronomiyaga oid «Mas’ud qonuni» asarining muallifi haqida ma'lumot bering?

4-guruhga topshiriq.

Yevropada Avitsenna nomi bilan mashhur bo‘lgan alloma haqida ma'lumot bering?

III. Yangi darsni tushuntirish. 13 daqiqa.

O‘qituvchi Mirzo Ulug‘bek rasmini proyektor orqali ekranga tushiradi va yangi darsni bayon qiladi. Yoki Mirzo Ulug‘bekning rasmi doskaga ilib qo‘yiladi. Mirzo Ulug‘bek tomonidan Samarqandda qurilgan madrasa va rasadxonani, Buxoroda qurilgan madrasaning rasmlarini dars jarayonida o‘quvchilarga ko‘rsatadi.



Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) - XV asrda ilm-fan, ayniqsa, astronomiya fani taraqqiyotiga katta hissa qo‘shgan olimlardan biri. Mirzo Ulug‘bek — Amir Temurning nabirasi. Temurning harbiy yurishlari paytida Sultoniya (Janubiy Ozarbayjon)da 1394-yilning 22- martida tug‘ilgan. Mirzo Ulug‘bekni Amir Temurning o‘zi tarbiyalab voyaga yetkazgan. Ulug‘bek 1409-yildan boshlab 40 yil mobaynida Movarounnahrni mustaqil idora qildi va uni iqtisodi, fani, madaniyati rivojlangan obod mamlakatga aylantirdi.

Mirzo Ulug‘bekning buyuk xizmatlaridan biri shu bo‘ldiki, u Samarqandda katta rasadxona qurdirdi va atrofiga yirik olimlarni to‘plab, sayyoralar va yulduzlarning holati hamda harakatini o‘rgandi. Ko‘p yillik kuzatishlardan so‘ng 1438-yili «Ziji jadidi Ko‘ragoniy» («Ko‘ragoniy yangi jadvali») nomli yirik asar yozdi. Mirzo Ulug‘bek tarix va adabiyotni ham yaxshi bilar edi. U Mo‘g‘uliston va Markaziy Osiyo mamlakatlari tarixini o‘z ichiga olgan «To‘rt ulus tarixi» degan yirik tarixiy asar yozib qoldirgan. Bu asarning inglizcha va o‘zbekcha nashrlari bor.









IV. O‘quvchilar tushunchasini aniqlash. 5 daqiqa.
Savol-javob.

  1. Mirzo Ulug‘bek qayerda va qachon tug‘ilgan?

  2. Mirzo Ulug‘bek necha yoshida taxtga o‘tirgan?

3. Osmon jismlarini kuzatish maqsadida qanday imorat qurdirgan?

  1. Rasadxonada olib borgan kuzatishlari natijasida qanday asar yozgan?

  2. Unda nechta yulduzning o‘rni va holati sharhlab berildi.


V. Kichik guruhlarda ishlash. 10 daqiqa.
O‘quvchilami 4-5 ta guruhga bo‘ling.
1-guruhga topshiriq.

Mirzo Ulug‘bekning yoshligi haqida ma'lumot bering.



2-guruhga topshiriq.

Mirzo Ulug‘bek buyuk astronom olim sifatida nima ishlar qilgan?

3-guruhga topshiriq.

«Akademiya» deganda nimani tushunasiz?

4-guruhga topshiriq.

Mirzo Ulug‘bek qanday imoratlar qurdirgan?

5-guruhga topshiriq.

Mirzo Ulug‘bek o‘zidan avval o‘tgan mashhur allomalardan qanday ishlari bilan farq qiladi.



VI. Guruhlar taqdimoti. 5 daqiqa.

VII. Darsni yakunlash, baholash, rag‘batlantirish. 3 daqiqa.

VIII. Uyga vazifa. 2 daqiqa.

Ota-bobolarimiz qurdirgan yoki faoliyat yuritgan qanday rasadxonalarni bilasiz? Daftaringizga yozib keling.



Iqtidorli o‘quvchilarga topshiriq

Mirzo Ulug‘bek o‘z vaqtida 1018 ta yulduzning vaziyatlari jadvalini asoslab bergan edi. 2010-yilda qilingan qanday kashfiyotni bilasiz?








Qo‘shimcha ma'lumot

Ulug‘bek Muhammad Tarag‘ay (1394-1449)

Buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning «Xamsa» asarida ushbu satrlar bor:

Temurxon naslidan Mirzo Ulug'bek, Ki olam ко'rmadi sulton aningdek, Ki davr ahli biridan aylamas yod. Aning obnoyi jinsi bo‘ldi barbod. Valek ul ilmi sari topdi chun dast. Ко 'zi oldinda

bo‘ldi osmon past.

Rasadkim bog 'lamish - zebijahondur.

Jahon ichrayana bir osmondur.

Bilib bu nav ilmi osmoniy,

Ki odilyozdi «Ziji Ко 'ragoniy».

Ana shu o‘n satrda buyuk o‘zbek astronomi va matematigi, davlat arbobi Ulug‘bekning saltanat egasi bo‘lish bilan birga ulug‘ olim ham ekanligi, osmon ilmi – astronomiyani mukammal egallab olganligi, rasadxona (observatoriya) qurdirganligi, shu rasadxonasida olib borgan kuzatishlari natijasida astronomik jadval – «Ziji Ko‘ragoniy»ni tuzganligi o‘z aksini topgan.
Download 370,88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish