5-sinf BIOLOGIYA 1-Bob(1-2) dan
Mavzulashtirilgan test
1. Abu Rayhon Beruniy(a) va Abu Ali Ibn Sinoga(b) tegishli bo'lgan asarlarni toping?
A) a-"Tib qonunlari" b-"Saydana"
B) a-"Saydana" b-"Tib qonunlari"
C) a-"Boburnoma" b-"Saydana"
D) a-"Tib qonunlari" b-"Boburnoma"
2. Qaysi asarda ichki kasalliklar, jarrohlik, dorishunoslik va yuqumli kasalliklarga taalluqli bilimlar bayon etilgan?
A) "Tib qonunlari"
B) "Saydana"
C) "Boburnoma"
D) T.J.Y
3. Metabolizm ya'ni moddalar almashinuvi necha xil jarayondan iborat bòladi?
A) 1
B) 3
C) 4
D) 2
4. O'simliklar(a) va hayvonlar(a) haqidagi fan bu...?
A) a-botanika b- zoologiya
B) a-botanika b-botanika
C) a-zoologiya b-botanika
D) a-zoologiya b- zoologiya
5. Zamburug'larni o'rganadigan fan qaysi?
A) Mikrobiologiya
B) Sitologiya
C) Mikologiya
D) Zoologiya
6. Qaysi asarda o'simlik va hayvonot olamidan hamda turli xil moddalardan tayyorlanadigan dorivor vositalar haqida ma'lumot berilgan?
A) "Tib qonunlari"
B) "Saydana"
C) "Boburnoma"
D) T.J.Y
7. Kichik jonzotlarni o'rganuvchi fan qaysi?
A) Mikrobiologiya
B) Sitologiya
C) Mikologiya
D) Zoologiya
8. "Turli kasalliklar ovqatlanish tartibining buzulishidan kelib chiqadi" degan fikrni bildirgan olim kim?
A) Abu Ali Ibn Sino
B) Abu Nasr Farobiy
C) Abu Rayhon Beruniy
D) Hammasi to'g'ri
9. Hozirgi kunda qaysi kasalliklarni davolashda hayvonlar zaharidan foydalaniladi?
A) Nerv sistemasi va yurak qon tomir
B) Nafas olish sistemasi va ichburuģ
C) Asab tizimi sistemasi va shamollash
D) Hazm qilish sistemasi va shamollash
10. Tirik organizmlarni o'xshash belgilariga ko'ra guruhlarga bo'lib o'rganuvchi fan?
A) Sitologiya
B) Ekologiya
C) Fiziologiya
D) Sistematika
11. Assimilyatsiyaga tegishli bo'lgan javoblarni toping?
a) parchalanish reaksiyalari b) sintez reaksiyalari c) energiya sarflanishi d) energiya hosil bo'lishi e) fotosintez
A) a,c,e
B) b,d
C) a,d
D) b,c,e
12. Hujayrani o'rganuvchi fanni toping?
A) Sitologiya
B) Ekologiya
C) Fiziologiya
D) Sistematika
13. Qalqonsimon bez faoliyatini òrgangan va buqoq kasalligini oldini olish usulini ishlab chiqqan olim kim?
A) J.H. Hamidov
B) M.N. Valixonov
C) M.E. Mavloniy
D) Y.X. To'raqulov
14. Sitologiya sohasining rivojlanishiga hissa qo'shgan olimni toping?
A) J.H. Hamidov
B) M.N. Valixonov
C) M.E. Mavloniy
D) Y.X. To'raqulov
15. Tirik organizmlar ichki tuzulishini o'rganadigan fan qaysi?
A) Sitologiya
B) Ekologiya
C) Fiziologiya
D) Anatomiya
16. Dissimilyatsiyaga tegishli bo'lgan javoblarni toping?
a) parchalanish reaksiyalari b) sintez reaksiyalari c) energiya sarflanishi d) energiya hosil bo'lishi e) fotosintez
A) a,c,e
B) b,d
C) a,d
D) b,c,e
17. Dunyoda birinchi bo'lib g'o'za kolleksiyasini yaratgan olim qaysi?
A) M.E. Mavloniy
B) J.A. Musayev
C) Y.X. To'raqulov
D) M.N. Valixonov
18. Tirik organizmlar oziqlanishiga ko'ra nechta guruhga bo'linadi?
A) 2
B) 3
C) 4
D) 1
19. G'o'za fiziologiyasini o'rgangan olimni toping?
A) M.N. Valixonov
B) Y.X. To'raqulov
C) J.A. Azimov
D) T.U. Rahimova
20. O'z oziqasini o'zi sintezlaydigan organizmlar nima deb ataladi?
A) Geterotroflar
B) Tirik organizmlar
C) Avtotroflar
D) T.J.Y
21. Mikrobiologiya sohasini rivojlantirishga munosib hissa qo'shgan va O'rta Osiyoda ilk bor sanoat mikroorganizmlari kolleksiyasini yaratgan olim qaysi?
A) J.A. Azimov
B) T.U. Rahimova
C) J.A. Musayev
D) M.E. Mavloniy
22. Jinsiy ko'payishda ishtirok etuvchi hujayralar nima deyiladi?
A) jinssiz hujayralar
B) jinsiy va jinssiz hujayralar
C) gametalar
D) Hamma javob to'g'ri
23. Tirik organizmlarning o'zaro va tashqi muhit bilan munosabatlarini o'rganadigan fan qaysi?
A) Botanika
B) Zoologiya
C) Fiziologiya
D) Ekologiya
24. Tayyor ozuqa bilan oziqlanadigan organizmlar nima deb ataladi?
A) Geterotroflar
B) Tirik organizmlar
C) Avtotroflar
D) T.J.Y
25. Zoologiya sohasida hayvon parazitlarini o'rgangan olimni toping?
A) J.A. Azimov
B) M.N. Valixonov
C) T.U. Rahimova
D) O'.P. Pratov
26. Irsiyat va O'zgaruvchanlik haqidagi fan bu?
A) Genetika
B) Ekologiya
C) Mikologiya
D) Sitologiya
27. Avtotrof(a) va geterotrof(b) organizmlarni toping?
A) a-bakteriyalar b-o'simliklar
B) a-o'simliklar b-zamburug'lar
C) a-bakteriyalar b-hayvonlar
D) B va C javoblar to'g'ri
28. O'zbekistondagi cho'l va adir o'simliklarining ekologiyasini aniqlagan olim qaysi?
A) M.N. Valixonov
B) T.U. Rahimova
C) O'.P. Pratov
D) J.A. Musayev
29. Tirik organizmlarda boradigan jarayonlarni o'rganadigan fan qaysi?
A) Anatomiya
B) Sitologiya
C) Fiziologiya
D) Ekologiya
30. Botanika fanining rivojlanishiga ulkan hissa qo'shgan olimni toping?
A) M.E. Mavloniy
B) Y.X. To'raqulov
C) T.U. Rahimova
D) O'.P. Pratov
Tuzuvchi:
Zarnigor Farhod qizi