2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)
1.M.Shayxzoda qachon va qyerda tug’ilgan?
2.Yosh shoir adabiyotga mehr qo’yishiga nima sabab bo’lgan?
3.M.Shayxzoda qachon Toshkentga keladi?
4.Nima uchun shoirni qamoqqa olishadi?
5.Adib qanday tarixiy asarlar yozdi?
3. Yangi mavzu.(15 daqiqa)
Buyuk ingliz adibi Jonatan Svift 1667-yilda Irlandiyaning poytaxti Dublinda tug'ildi. Otasidan erta ajralgan yosh Jonatan uzoq yillar muh-tojlikda kun kechiradi. Badavlat qarindoshlarining ba'zan ko'rsatadigan yordamini hisobga olmaganda uning tirikchiligi nochor edi. Tabiatan tirishqoq, ilmga tashna Jonatan o'n to'rt yoshida maktabni bitirgach, Dublin universitetining diniy bilimlar fakultetiga o'qishga kiradi, uni bitirmay Angliyaga ketadi. U bir necha yil Qirollikning sobiq ministri Vilyam Templning saroyida kotib bo'lib ishlaydi. Templning boy kutubxonasidan foydalanish Svift dunyoqarashining kengayishida muhim omil bo'ladi. Keyinchalik Svift universitetni bitiradi, dissertatsiya yoqlab magistrlik unvonini qo'lga kiritadi.
Svift badiiy ijod bilan shug'ullana boshlaydi. Uning ilk asarlari tezda xalq o'rtasida shuhrat qozonadi. Adibning ketma-ket «Kitoblar jangi», «Bochka cho'pchagi», «Movutfurush xatlari» kabi hajviy kitoblari nashr etiladi. Biroq Sviftga haqiqiy shuhratni uning «Gulliverning sayohatlari» romani olib keldi. Asarning to'liq nomi «Lemyuel Gulliverning jahondagi bir necha olis mamlakatlarga avvalo jarroh, keyinchalik esa bir necha kemalar kapitani sifatida qilgan sayohatlari»deb atalib u 1726-yilda yaratilgan.
Asar bilan tanishadigan bo'lsangiz, romanda Svift tasvirlagan mamlakatlar dunyo xaritasida yo'q. Bu shaharlar badiiy uydirma mahsuli, ularni yozuvchining o'zi o'ylab topgan. Adib yashagan jamiyatda tanqidiy gap aytish, bir-bir amaldor kirdikorlarini ochiq aytish juda xavfli edi. Svift o'zi yashagan Angliya qirolligidagi barcha kamchiliklar ustidan xayoliy mamlakatlar odamlari xatti-harakatlarini fosh qilish orqali kuladi. Roman uslubi juda ravon, sarguzashtlar nihoyatda qiziqarli tarzda bayon qilinadi. Ushbu roman barcha xalqlar kabi o'zbek kitobxonlarining ham sevimli asariga aylangan. «Gulliverning sayohatlari»ning o'zbek tilida olti marta nashr etilganligi ham buni isbotlaydi.
Asarning birinchi qismida yozuvchi lilliputlarning o`zini hammadan yuqori qo`yishlari ustidan kuladi. Ikkinchi qismda, devqomat odamlar davlatida, nuqtai nazar o`zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |