IV. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob.
V. Uyga vazifa.
VI. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish.
O’quv-tarbiya bo’yicha direktor o’rinbosari:
5-sinf Adabiyot Sana______________
Mavzu: MAQOLLAR
Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarni milliy qadriyatlarimiz asosida bag'rikenglik, bir-birini tushunishlik, insonparvarlik ruhida tarbiyalash.
Ta'limiy maqsad: O'quvchilarda maqollarni o'qish, uqish hamda tahlillash malakasini shakllantirish.
Rivojlantirish maqsadi: O'smirlarda pokiza iymon, sobit e'tiqodni mustahkamlash
Darsning jihozi: darslik, tarqatma materiallar, testlar, ko’rgazmali qurollar.
Dars turi: aralash.
Darsning bosqichlari:
1.Tashkiliy qism: 2 daqiqa
2.Takroriy qism : 5 daqiqa
3.Yangi mavzu bayoni: 20 daqiqa
4.Yangi mavzuni mustahkamlash: 10 daqiqa
5.Baholash: 5 daqiqa
6.Uyga vazifa: 3 daqiqa
Darslikdagi adabiy materiallar «Hikmat durdonalari» rukni ostida berilgan maqollar bilan boshlanadi. Maqollar xalq og'zaki ijodining muhim qismini tashkil qiladi. Ikkinchidan, ular o'quvchi fikr-qarashining shakllanishida, nutq madaniyatining o'sishida juda katta ahamiyatga ega.
“To`g`ri top” mashg`uloti uchun ikkita plakat kerak bo`ladi. O`qituvchi birinchi navbatda biror makolning boshlanishini yozib ko`yadi, ikkinchisi esa tartabni o`zgartirgan holda makolning davomini yozib ko`yadi. O`yinni 5 sinflarda “Makollar” mavzusini o`rganishda qo`llash mumkin.
1. Qari bilganini...
2. Avval o`yla...
3. Otdan tushsa ham...
4. Yaxshi topib gapirar...
5. O`z uying...
1. egardan tushmaydi
2. yomon kopib
3. pari bilmas
4. o`lan to`shaging
5. keyin so`yla
Faol o`quvchilar rag`batlantiriladi.
5-sinf o'quvchisiga maqolning ilmiy ta'rifi-yu tasniflarining zarurati yo'q. Birinchidan, u buni tushunishga tayyor emas. Ikkinchidan, unga keragi yo'q. Chunki u adabiyotshunoslikka o'qiyotgani yo'q. Unga umumiy bir ma'lumot kerak, xolos. Shuning uchun maqol nima, u qanday xususiyatlarga ega, uning boshqa folklor janrlaridan farqi haqida fikr yuritganda, bu jihatlarni hisobga olish lozim bo'ladi. Shunga qaramasdan, har bir tushunchani o'quvchiga yetkazishning ma'lum tartib-qoidasi borki, bunga rioya qilish kerak. Masalan, maqolni tushuntirganda to'g'ridan to'g'ri uning xillaridan boshlamaysiz-ku. Boshqa adabiy janrlar bilan imkon doirasida qiyoslab, farqlarini ko'rsatamiz. Poetikasi haqida fikrlar bildiramiz. Mavzu doirasi haqida fikr yuritamiz. Nihoyat, o'zaro suhbat doirasidan badiiy ijodgacha tutadigan o'rni haqida ma'lumot beramiz.
Yuqorida bildirilgan mulohazalardan kelib chiqib, darsning asosiy qismida xalq hayoti, qadriyatlari, hozir urfga kirgan ibora bilan aytadigan bo'lsak, xalqimiz mentalitetini o'zida mujassam etgan ibratli maqollar ustida sinf bilan birgalikda munozara o'tkazishingiz mumkin. Masalan, «Do'st yig'latib aytur, dushman kuldirib» maqolida qanchalar achchiq tajriba va saboq yotibdi. Yo bo'lmasa, «Qayg'uni bo'lishsang, ozayadi, quvonchni bo'lishsang, ko'payadi» degan maqolni oling. Boshingga biror g'am-tashvish tushsa, qarindosh-urug', yor- do'stlaring yoningga kelib ko'ngil so'raydilar, hamdard bo'ladilar. Sening g'am-tashvishing ularga ham o'tadi. G'am bo'linadi. U ozayadi. Masalaning psixologik tomoni ham bor. Shuncha odamning sen tufayli ma'yuslanishi o'zingga ham ta'sir qiladi. Musibat bag'ridan tezroq chiqishga urinasan. Ularni bu ahvolda uzoq qoldiiging kelmaydi.
Quvonch-chi?! Unda ham yor-do'st, birodarlaring atrofingda bo'ladilar. Endi ular quvonchingga sherik bo'ladilar. Sen tufayli ular ham quvonadilar. Quvonch ko'payadi. Shuncha odamni quvontiiganingni ko'rganingdan keyin, ular sening quvonchingdan quvonayotganliklarini bilganingdan keyin sendagi bu quvonch yana oshadi. Quvonch kuchayadi. Ko'ryapsizmi, naqadar bag'rikenglik va xayrixohlik millatiiniz ko'ksiga jo bo'lgan.
Xuddi shunday tahlilni «Duo bilan el ko'karar, yomg'ir bilan yer ko'karar», «Kishi yurtida shoh bo'lguncha, o'z yurtingda gado bo'l», «Yurgan — daryo, o'tirgan - bo'yra», «Arg'amchiga qil quvvat», «Bir kun urush bo'lgan uydan, qirq kun baraka ketar» singari o'nlab maqollar ustida ham olib bo- rish mumkin.
Bular hammasi maqollarning umumiy jihatlariga tegishli bo'lgan gaplar. Maqollarni tushunish va tushuntirishda, tahlil qilishda bular ko'zda tutilsa, zarar qilmaydi. Lekin o'qituvchi ushbu mavzuni o'tar ekan, u haqdagi ilmiy fikrlardan, nashr- lardan qisman bo'lsa-da, xabardor bo'lishi kerak.
Masalan, 1988—1989-yillarda maqollarimiz «0'zbek xalq maqollari» nomi bilan ikki jildda nashr etilgan. U haqda tad- qiqotlar yaratilgan1. Oliy maktab darsliklariga kiritilgan2.
Masalan, mutaxassislar «maqol» so'zining kelib chiqishini arabcha «qavlun» so'zi bilan bogiaydilar. Bu so'z «aytmoq», «gapirmoq» ma'nolarini anglatadi. «Oola», «maqol» shu so'z- ning muayyan ichki ma'no anglatuvchi shakllari. Ehtiyoj tug'ilsa, bolalarga saviya va qiziqishlariga qarab, bu haqda ham ma'lumot berilsa, foydadan xoli bo'lmaydi. Yo bo'lmasa, maqol janrining boshqa masal, matal, topishmoq, hikmatli so'z kabilar bilan munosabatlarini olib ko'raylik. Bu yerdagi masal va hikmatli so'z adabiyotimiz tarixida juda ko'p o'rinlarda maqol bilan bir ma'noda ishlatiladi. Maqol ham, masalan, aslida hikmatli so'zdir. Buning ajablanadigan joyi yo'q. Masalga keladigan bolsak, darslikda biz tilga olganimiz Gulxaniy uni xuddi shu maqol o'rnida ishlatadi. Masalan, kitobning nomi «Zarbulmasal» ham aslida maqolni maqolga urishtirish, bir-birlariga maqol bilan javob berish ma'nolarida keladi. Arabcha so'z bo'lgan «masal»ning lug'aviy ma'nosi ham «o'rnak», «maqol», «hikoyat»ga to'g'ri kelar ckan. Lekin «matal» boshqacharoq. Uni ko'pjoylarda hikoya ma'nosida qo'llaydilar. «Topishmoq» o'z oti bilan topishmoq. Uning belgilari va maqoldan farqlari darslikda aytildi.
Darsda e'tibor berilishi lozim bo'lgan masalalardan yana biri maqollarning mavzu ko'lamiga oid bo'lgan gapdir. Maqollarning mavzu ko'lami bizda g'oyat keng. Iloji boricha, shu kenglikni misollar bilan ko'rsatishga harakat qilinadi. Uni mustahkamlash maqsadida darslikda keltirilgan maqollarni mavzusiga ko'ra, o'quvchilarga tasniflatish yaxshi natija beradi. Bundan tashqari, mavzularni oldindan belgilab, ularga tegishli maqollar topib kelishni o'quvchiga vazifa qilib topshirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |