5.Baholash.(2 daqiqa)
6. Uyga vazifa.(3 daqiqa) Shoir she’rlaridan yod olish.
O’TIBDO’ M.MURODOVA
5 “V”-SINF ADABIYOT SANA: 23.01.2018
Mavzu: “Yo’lchi”, “Yur tog’larga chiqaylik”, “Yoshlik”, “Culzor-chaman” she’rlarini o’qish va tahlil qilish.
Darsning maqsadi:
- Usmon Nosir she’rlari o’qish va tahlil qilish orqali o’rganish;
- o`quvchilarni milliy qadriyatlar ruhida tarbiyalash;
- o`quvchilar dunyoqarashini shakllantirish, mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirish.
Dars turi: yangi bilim beruvchi
Darsning jihozi: darslik,Usmon Nosir suratlari
Darsning metodi: Aqliy hujum, interfaol, suhbat
Darsning borishi:
1.Tashkiliy qism.(5 daqiqa)
a) salomlashish
b) navbatchilik hisoboti, sinf tozaligi va davomatni nazorat qilish
2. O’tgan mavzuni so’rash.(10 daqiqa)
a)yod olingan she’rlar so’raladi.
b)savol-javob o’tkaziladi:
1.Usmon Nosir she’rlarida tabiat manzaralari haqida gapiring.
2. “Bolaligimga”she’rida bolalik nimalarga o’xshatiladi?
3. Shoir o’zini nimaga qiyoslaydi?
4. “Yurganmisiz birga oy bilan”she’ri qachon yozilgan?
5. Bu she’rda oy shoirga nima hadya etadi?
6. She’rda shoir nima sababdan “sil o’pkamni rosa yayratdim”deb yozadi?
7. Shoir nimadan ozor chekkan edi?
3. Yangi mavzu: (15 daqiqa)
Usmon Nosirning “Yur,tog’larga chiqaylik…” she’rida aks etgan tog’larning ulug’vorligi,ular bag’rini qoplagan olmos kabi oppoq qorlar nuri o’quvchi diliga yorug’lik olib kiradi. Oppoq nur yoshlikning ko’zini qamashtiradi, hayotning jozibador, faqat go’zlalliklardan iboratdek qilib ko’rsatadi.
O’tgan asrning 30-yillarida sho’rolar davrida avj olgan qatog’on yosh Uamon Nosir ko’nglini ham chuqur dardlarga to’ldiradi.Mana shu darddoshlik tuyg’ulari shoirning ko’plab she’rlarida o’z izini qoldirgan. Jumladan, yuzaki qaraganda, yosh yigitning hayot bo’ronlariga ko’ksini ochib yashash ishtiyoqi tasvirlangandek tuyuladigan “Yo’lchi”she’ri ham bu fikrni tasdiqlaydi. Ushbu she’rni o’qigan chinakam muxlis ko’ngli bir narsani aniq ilg’aydi. U ham bo’lsa, lirik qahramon –shoir ko’pchilik oddiy odamlar singari yetishish mumkin bo’lgan orzular ko’yida yurgan odam emas. Uning talpingan manzili “murodaga qasd qilib yugurish”ni talab qiladi.Bu manzillarga yetmoq hali ne-ne mashaqqat va g’amni, ko’plab shiddatli bo’ronlarnib uning boshiga solishi mumkin.
Bu qahramonning bizga ibratli jihati shuki, u o’zi tanlagan taqdir yo’llarida duch kelishi muqarrar bo’lgan qiyinchiliklarga tik boqa oladi.Nafaqat tik boqadi, balki qora yo’rg’asini mashaqqatlar sari yanada tezlaydi.
Afsuski, fidoyi shoir Usmon Nosirga o’zi ko’zlagan nurli manzillarga yetib boorish nasib etmadi.1937-yilda shoir “xalq dushmani”degan tuhmat bilan qamalib,sovuq Sibirga surgun qilinadi. Yurt sog’inchi,cheksiz azob va uqubatlar shoirning jism-u jonini yemiradi.1944-yilning mart oyida Rossiyaning Kemerovo viloyatidagi mahbuslar lagerida vafot etadi. Ammo uning chaqmoqdek yorqin umri va ijodi hali ko’p asrlar xalqimiz qalbini yoritib turajak.
4.Mustahkamlash. (10 daqiqa)
1. “Yur tog’larga chiqaylik”she’rida nimalar tasvirlangan?
2. Qatag’on yosh shoir hayotiga qanday ta’sir qildi?
3. “Yo’lchi”she’rida shoir nimalarni yozadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |