b) Frontal (guruh bilan ishlash)
III. Yangi mavzu:
O'quvchilardagi diniy-islomiy tushunchalarni badiiy adabiyot, xususan, o'zbek mumtoz adabiyoti bilan bogiashda bu mavzuning alohida o'rni va qadri bor. Umuman olganda, diniy kitoblarimiz badiiyatdan uzoq emas. Aksincha. Masalan, Qur'oni karim she'r bilan bitilgan. Xuddi shuningdek, islomda ahamiyatiga ko'ra ikkinchi o'rinda turuvchi hadislar badiiy zavq va did bilan yaratilgan ixcham hikmatlar, hikoyatlardan tashkil topgan. Biz uchun masalaning har ikki jihati muhim. Ya'ni: hadislarning mazmuni qanchalar biz uchun ahamiyatli bo'lsa, ularning adabiy-estetik qimmati ham shunchalar keraklidir. Ularning birtomonini ajratib olib, ikkinchi tomoniga e'tibor qilmaslik xato bo'ladi.
Hadislarni yaxshi tushunish va tushuntirish uchun, awalo, ularning o'zi nima va qanday sharoitda maydonga keldi - shu masalalarni puxta bilib olish kerak bo'ladi. Buning uchun esa, hech bo'lmasa, ayrim ilmiy-ommaviy risolalardan xabardor bo'lmoq kerak. Jumladan, biz bugungi hadisshunos olimlardan Ubaydulla Uvatovning «Muhaddislar imomi»' risolasini tavsiya qilamiz.
Islom e'tiqodgina emas, yashash tarzi hamdir. Shunga ko'ra u faqat din emas, axloq, madaniyat hamdir. Bularning hammasi uchun asos Qur'oni karimdir. Biroq Qur'on juda qisqa vaqt ichida nozil bo'ldi. Va u umumiy bir dastur, yo'riqnoma edi. Uni hayotga, hayotning har bir kundalik hodisasiga moslash, tatbiq etish kerak edi. Bu ish payg'ambarimiz zimmasiga tushdi. Chunki Qur'oni karim u kishiga nozil qilingan edi. Olloh taoloning sirlari inson zoti orasidan u kishigagina ayon edi. Shuning uchun sharhlash sharafi ham u kishiga nasib etdi. Demak, hadislar Qur'oni karimning payg'ambarimiz tomonidan sharhlanishidir. Lekin gap shundaki, bular o'z davrida yozib olinmagan. Hatto payg'ambarimiz bunga o'zlari ruxsat bermaganlar. Avomning sharhlar bilan Qur'on oyatlarini aralashtirib yuborishidunxavotirlanganlar. Shu sababli, bu sharh va talqinlar, birinchi navbatda, ularning atroflaridagi sahobalar va undan so'ng esa, ular bilan muloqotda bo'lgan tobeinlarning xotiralaridan tiklangan. Lekin, vaqt o'tishi bilan tabiiyki, sahobalar u yoqda tursin, tobeinlar ham kamayib boiganlar. Xuddi shu paytlardan e'tiboran to'g'ri (sahih) hadislar bilan bir qatorda soxta (nosa- hih)lari ham paydo bo'la boshlagan. Va bu soxta hadislar ko'- pincha islomni obro'sizlantirishni maqsad qilib olgan uning dushmanlari tomonidan to'qib chiqarilgan.
Shuning uchun hadislarni to'plash va saralashga, minglab hadislarni tadqiq etib, ular orasidan payg'ambarimizga tegish- lilarini — «sahih»larini ajratib olishga katta ehtiyoj paydo bo'lgan. Bu hadisshunoslik edi va u VIII asrning boshlariga to'g'ri keladi.
Hadislar va ularning islom madaniyatidagi o'rni haqida o'quvchilarda ma'lum bir tasawur hosil qilgach, islom nima, islom madaniyati nima, degan savollarga javob berish kerak bo'ladi. Bu javoblar sodda, bolabop bo'lmog'i lozim. Unga uzun falsafalar, chuqur, har taraflama ilmiy asoslangan fikrlar emas, u tushunadigan «til»dagi so'zlar kerak. Fikr-mulohazalarni taxminan, quyidagi doirada ifodalansa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
Islom - siz bilan biz mansub bo'lgan din. Din — ishonch, e'tiqod. Uning asosida Ollohning birligi va borligi turadi. Bu din VII asrda arab dunyosida, hoziigi Saudiya Arabistoni sarhadlarida maydonga keldi. Uning din holiga kelishida hazrati payg'ambarimiz Rasulullohning xizmatlari katta bo'ldi. Islom tarixida 622-yil Rasu- lullohning Makkadan Madinaga ko'chishlari muhim voqealardan sanaladi. Islom dunyosidagi hijriy hisob yili shundan olingan. Hozirgi biz rioya qiladigan milodiy yil hazrati Isoning tug'ilgan kunidan boshlangan. Bu yil milodiy 2003-yil hijriy hisobning 1424-yiliga to'g'ri keldi. Bizning yurtimizga islom VIII—IX asrlardan kirib kela boshladi. Qisqa muddatda islom dini bilan ba- robar islom madaniyati ham shakllandi.
O'quvchiga islom madaniyati haqida ma'lumot beiganda o'sha - davrning tarixiy faktlari asosida fikr yuritish kerak bo'ladi. Jumladan, ilk islom jamoasining maydonga kelishi, hazrati Muhammadning payg'ambarlik rutbasiga noil bo'lishlari, u kishining vafotlaridan keyingi yillar, xulafoyi roshidin (choryor- lar) — Abubakr, Umar, Usmon, Ali davri, ummaviylar... nihoyat, 4 yilda Bag'dod shahrining qurilib, xalifot poytaxtigaaylantirilishi, ilmiy markazlarning tashkil topishi, madrasalar... Xullas, bulardan bir qadar xabardorlik kerak.
Masalan, IX asrda dunyoda Bag'dodga yetadigan ikkinchi bir ilmiy-madaniy markaz yo'q edi, desak mubolag'a qilmagan boiamiz. Shu davrda bu shaharda o'ziga xos Fanlar akademiyasi hisoblangan «Baytul hikma» (Donishmandlar uyi) va zamona- sining eng boy kutubxonasi mavjud edi. Osmon yoritqichlarini o'iganadigan rasadxona qurildi. Ispaniyaning Kordovasidan Xitoy devorigacha bo'lgan xalifalik doirasidagi barcha ilm-fan egalari poytaxtga jalb qilindi. Xalifalikdagi ikkinchi ilmiy-madaniy markaz Damashq (Shorn) edi. Maktab-madrasa ta'limi yo'lga qo'yildi. Nafis qog'oz ishlab chiqarish, xattotlik, hatto kitob savdosi oddiy holga aylanib qoldi. Bu o'zgarish birgina poytaxt emas, muazzam islom dunyosiga daxldor barcha mamlakatlarga xos edi. Masalan, Buxoroda Ibn Sino zamonida kitob bozori bo'lganini yuqorida aytib o'tgan edik. Ispaniyaning Andalu- ziyasidagi madrasalar esa, Ovrupo ilmini bashariyat bayrog'iga aylantirgan universitetlar uchun o'rnak va andoza vazifasini bajargan edi. Shu sababli, islom madaniyati deyilganida, birgina arab madaniyati ko'zda tutilmaydi. Uning maydonga kelishida islom olamiga kirgan barcha millatlar ishtirok etdilar. Lekin bu «bino»ning qurilishida turkiy xalqlarning hissasi va xizmatlari benihoya buyuk bo'ldi.
Shaharlarni bir-biriga karvonlar bog'lar edi. Karvonlar esa, yurtdan yurtga mol-matohgina emas, dunyo yangiliklarini ham olib borar edilar. Savdo yuklari, davlat — elchilik ashyolari orasida nodir kitoblar ham ko'p bo'lar edi. Sayyohlar, olimlar, shoirlarni esa, deyarli har bir karvonda uchratish mumkin edi.
Zamonning eng muhim xususiyatlaridan biri arab tilining Ispaniyadan Qashqarga qadar bo'lgan ulkan mintaqada yagona ilmiy tilga aylanishi bo'ldi. Bir vaqtlar qadim antik madaniyat taraqqiyoti uchun lotin tili qanday vazifani bajargan bo'lsa, arab tili ham bir dinga mansub xiima-xil el-elatlarni bir-bir- lariga yaqinlashtirish, markazlashgan davlat yaratish va bular orqali mushtarak bir madaniyatni maydonga keltirish yo'lida xizmat qildi. Turkistonda islomning yoyilishi o'lka ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'naviy hayotida muhim bosqich yasadi. Davlat va jamiyat islom qonunlari asosida yashashga o'tdi. Undagi tenglik, ozodlik, ilm va ma'rifat, xushaxloqlik g'oyalari Turkiston tur- mushiga juda katta ta'sir ko'rsatdi. Ayni paytda turkistonliklar ham islom ravnaqi yo'lida juda katta xizmat qildilar. Imom Buxoriydan
Mahmud Zamaxshariygacha bo'lgan allomalar islomning chinakam jahoniy dinga aylanishida buyuk xizmat ko'rsatdilar.
Mana, Imom Buxoriy dahosini maydonga chiqargan muhit.
Do'stlaringiz bilan baham: |