5-sinf adabiyot (0001)


- sinf adabiyoti (104-variant)



Download 0,57 Mb.
bet17/19
Sana02.03.2022
Hajmi0,57 Mb.
#479684
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
5,6,7,8 sinf adabiyot darsligi asosida

8- sinf adabiyoti (104-variant)
1.A.Navoiyning “g‘aroyib us- sig‘ar” devoni tarkibiga kirgan g‘azallari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Bo‘ldum sanga”, “Yo‘q”, “jong‘a chun derman ne erdi o‘lmakim kayfiyati?”
B) “Bo‘ldum sanga”, “Yo‘q”, “jong‘a chun derman ne erdi o‘lmakim kayfiyati?” “Kelmadi”
C) “Bo‘ldum sanga”, “Yo‘q”, “Qilg‘il”, “Bo‘l”
D) “Bo‘ldum sanga”, “Yo‘q”, “Qilg‘il”, “Bo‘l”, “Kelmadi”
2.Qaysi qatorda A.Navoiyning “Badoye’ul- vasat” devoniga kiruvchi g‘azali berilgan?
A) “Bo‘ldum sanga” B) “Kelmadi” C) “Yo‘q”
D) “jong‘a chun derman ne erdi o‘lmakim kayfiyati?”
3. Qaysi qatorda A.Navoiyning “Favoyid ul- kibar” devoniga kiruvchi g‘azali berilgan?
A) “Bo‘ldum sanga” B) “Kelmadi” C) “Yo‘q”
D) “jong‘a chun derman ne erdi o‘lmakim kayfiyati?”
4.G‘azal haqida berilgan ma’lumotlardan nechtasi to‘g‘ri?
1.g‘azal dastlab arab she’riyatida milodiy VI – VIII asrlarda paydo bo‘lgan; 2) XIII – XIV asrlarga kelib she’rning bu turi to‘la shakllangan va mukammal holga yetgan; 3) g‘azallar ko‘pincha ishqiy mavzuda bitiladi; 4) g‘azallar orifona, rindona va peyzajko‘rinishlarida ham yozilishi mumkin;5) g‘azallar hajmi 3 baytdan19 hatto 27 baytgacha bo‘lishi mumkin 6) bir g‘azal boshdan oyoq bir vaznda bitiladi; 7) o‘zbek shoirlarining g‘azallarining ko‘pchiligi ramal bir qismi esa mutoqorib bahrida bitilgan
A) 1,2,3,4,5,6 B) 2,3,4,5,6 C ) 2,3,4,5,6,7 D)2,4,5,6,7
5.A.Navoiy qanday turdagi g‘azallarni qattiq tanqid qiladi?
A.)yakpora g‘azallar
B) parokanda g‘azallar
C) voqeaband g‘azallar
D) musalsal g‘azallar
6) Alisher Navoiyning qaysi g‘azali musalsal g‘azalning yorqin namunasi hisoblanadi?
A) “Bo‘ldum sanga” B) “Kelmadi” C) “Yo‘q”
D) “jong‘a chun derman ne erdi o‘lmakim kayfiyati?”
7. G‘azal haqida berilgan ma’lumotlardan qaysi biri noto‘g‘ri?
A) G‘azalda, albatta, matla’ bo‘lishi shart
B) G‘azalda, albatta, maqta’ bo‘lishi shart
C) G‘azal taxallussiz ham yozilishi mumkin
D) G‘azal taxallussiz yozilishi mumkin emas
8.Begona baytni kim “lirik chekinish” deb ataydi?
A) A. Hayitmetov B) N. Komilov
C) Y.is’hoqov D) Haqqulob I
9. N. Komilov begona baytni qanday nomlaydi?
A) “lirik chekinish” B) “begona yoki qistirma baytlar”
C) “bazgasht” yoki “gardish”
D) “sintez”
10. Ruboiyshunoslikda ruboiyning dastlabki ikki misrasi qanday nomlanadi?
A) Lirik chekinish B) Sintez C) Antitezis D) Tezis
11. Ruboiyshunoslikda ruboiyning uchinchi misrasi qanday nomlanadi?
A) Lirik chekinish B) Sintez C) Antitezis D) Tezis
12.She’riy shakl sifatida qasida va g‘azaldan oldin paydo bo‘lgan lirik janrni ko‘rsating?
A) Tuyuq B) Ruboiy C) Qit’a D) Fard
13. Qit’a haqidagi ma’lumotlardan nechtasi to‘g‘ri?
1) Qit’ada matla’ bo‘lmaydi; 2) qit’a ab, db, eb, fb tarzida qofiyalanadi; 3) hajmi ham cheklangan bo‘ladi; 4) manbalarda qit’aning hajmi ikki baytdan to o‘n to‘qqiz qo‘shmisrali ko‘rinishlari ham uchraydi; 5) qit’ada taxallus qo‘llash eng muhim talab hisoblanadi ; 6) qit’a so‘zi farscha so‘zdan olingan bo‘lib bo‘lak, qism, parcha degan ma’nolarni bildiradi
A) 1,2,4,5 B) 2,4,6 C) 1,2,3,5 D) 1,2,4
14. O‘zbek adabiyotida qit’aning ilk namunalari kimning ijodida uchraydi?
A) Xorazmiyning “Muhabbatnomasi”da
B) M Qoshg‘ariyning “Devoni lug‘ati turk” asarida
C) Rabg‘uziyning “Qissasi Rabg‘uziy” asarida
D) Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida
15.A.Navoiyning “Xazoyin ul -maoniy” dagi to‘rt devonda jami nechta qit’a berilgan?
A) 200 ta B) 210 ta C) 554 ta D) 160 ta
16. .A.Navoiyning “Xazoyin ul -maoniy” dagi to‘rt devondan qit’alar miqdori bo‘yicha eng ko‘p qit’a qo‘llangan devoni berilgan qatorni toping?
A) “G‘aroyib us- sig‘or” B) “Faboyid uk- kibar”
C) “Badoe’ ul -vasat” D) “Navodir ush -shabab”
17. A. Navoiyningqaysi asarlarida qit’a namunalari uchraydi?
A) “Xamsat ul – mutahayyirin”, “Mahbub ul- qulub”, “Holati Pahlavon Muhammad”, “Xazoyin ul -maoniy”
B)“Xamsat ul – mutahayyirin”, “Mahbub ul- qulub”, “Holati Pahlavon Muhammad”, “Xazoyin ul –maoniy”, “Sabati abhur”
C) “Tuhfat ul- afkor”, “Mahbub ul- qulub”, “Holati Pahlavon Muhammad”, “Xazoyin ul –maoniy”
D)“Tuhfat ul- afkor”, “Mahbub ul- qulub”, “Holati Pahlavon Muhammad”, “Xazoyin ul –maoniy”, “Nasoyim ul -muhabbat”
18.XX asr qit’anavislari berilgan qatorni aniqlang?
A) Habibiy, Sobir Abdulla, Avaz O‘tar, Almaiy, M. Shayhzoda, Charxiy, E. Vohidov
B) Habibiy, Sobir Abdulla, Chustiy, Mirtemir, M. Shayhzoda, Charxiy, E. Vohidov
C) Habibiy, Sobir Abdulla, Chustiy, Mirtemir, M. Shayhzoda, Charxiy, E. Vohidov, Almaiy, Miriy
D) Habibiy, Sobir Abdulla, Chustiy, Mirtemir, M. Shayxzoda, Charxiy, Miriy, Shavqiy Kattaqo‘rg‘oniy
19.Nodira fors- tojik tilidagi she’rlariga qanday taxallus qo‘llagan?
A) Mohlaroyim B) Nodira C) Komila D) Maknuna
20.Nodira ijodi bilan bog‘liq ma’lumotlardan noto‘g‘risi berilmagan qatorni aniqlang?
A) Nodiradan xalqimizga uch devon yetib kelgan hamda turkiy devonida 189 ta g‘azal mavjud
B)Zokirjon Furqat va Muqumiyning ba’zi she’rlari Nodira g‘azallariga naziralar yozish natijasida vujudga kelgan
C) Nodiraning “Doda keldim…” deb boshlanuvchi g‘azali ramali musammani mahzuf vaznida bitilgan
D)Nodiraning “Kel dahr imtihon imtihon etib ket…” deb boshlanuvchi g‘azali aruzning ramali musammani mahzuf vaznida bitilgan
21.Nodiraning qaysi g‘azalida tarso (xristian) qiziga oshiq bo‘lgan Shayx San’on nomi keltirilib talmeh san’atining ajoyib ko‘rinishi hosil qilinadi?
A) “Doda keldim…”
B) “Vasl uyin obod qildim…”
C) Kel daxrni imtixon etib ket…”
D) Fig‘onokim garishi davron ayirdi shahsuvorimdin…”
22. Nodiraning qaysi g‘azali aruzning hazaji musaddasi axrab vaznida bitilgan?
A) “Doda keldim…”
B) “Vasl uyin obod qildim…”
C) Kel daxrni imtixon etib ket…”
D) Fig‘onokim garishi davron ayirdi shahsuvorimdin…”
23.Qaysi jovob variantida sarrof , ya’ni pul almashtiruvchi oilsida dunyoga kelgan ijodkor nomi keltirilgan?
A)Furqat B) Fitrat C) Muqumiy D) G‘.G‘ulom 24.Abdurau Fitratning otasining ismi keltirilgan qatorni ko‘rsating?
A) Abdurahmon B) Abdulloh C) Abdurahim D) Abdurauf
25. .Abdurau Fitratning onasining ismi keltirilgan qatorni ko‘rsating?
A) Mahbuba B) Bibioysha C) Xumorbibi D) Nastarbibi
26.Qaysi ijodkorning dastlabki yirik asri istanbulda chop etilgan?
A)Furqat B) Fitrat C) Muqumiy D) G‘.G‘ulom 27. Abdurauf Fitratning dastlabki yirik asrining nomi keltirilgan qatorni aniqlang?
A) “Munozara” B) “Na’ra “ C) “Hind sayyohi qissasi”
D) “Muxtasar islom tarixi”
28.Abdurauf Fitratning 1911 – 1912 –yillarda forsiy tilda yozilgan asarlari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Munozara”, “Muxtasar islom tarixi”
B) “Begijon”, “Rahbari najot”
C) “Sharq shaxmati”, “Fors shoiri Umar Xayyom”
D) “Sayha”, “Hind sayyohi qissasi”
29.Abdurauf Fitrat qayerlarda maktablar ochgan?
A) Marg‘ilon, Xiva B) Marg‘ilon Qo‘qon
C) Karki, Marg‘ilon D) Karki, Shahrisabz
30.Fitratning publitsistika va adabiyotning turli janrlarida yozgan asarlari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Rahbari najot”, “Begijon”, “Oila”, “Abo Muslim”, “Mavludi sharif”
B) “O‘qu”, “Yurt qayg‘usi”, “Muxtasar islom taruixi”
C) “Sharq Shaxmati”, “O‘zbek adabiyoti namunalari”, “O‘zbek kilassik musiqasi va uning tarixi”
D) “Rahbari najot”, “Begijon”, “Oila”, “Abo Muslim”, “O‘zbek adabiyoti namunalari”
31.Abdurauf Fitrat qalamiga mansub dramalar berilgan qatorni toping?
A) “Baxtsiz kiyov”, “Abulfayzixon”, “Chin Sevish”, “Shaytonning tangriga isyoni”
B) “Abulfayzixon”, “Chin Sevish”, “Shaytonning tangriga isyoni”, “Mavludi Sharif”
C) “Abulfayzixon”, “Chin Sevish”, “Shaytonning tangriga isyoni”, “Abo Muslim”, “O‘g‘izxon”
D) “Abulfayzixon”, “Chin Sevish”, “Shaytonning tangriga isyoni”, “O‘g‘izxon”, “Arslon”
32. “Sarf” , “Navh” “Abo Muslim”, “Eng eski turkiy adabiyot namunalari”, “Chin sevish”, “Sarfi zaboni tojik”, “Adabiyot qoidalari”, “O‘zbek adabiyoti namunalari”
Yuqoridagi asarlardan nechtasi Abdurauf Fitratning ilmiy asarlari hisoblanadi?
A) 6 tasi B) 8 tasi C) 4tasi D) 5 tasi
33. Fitrat qalamiga mansub ilmiy –ommabop ocherk berilgan qatorni toping?
A) “Fors shoiri Umar Xayyom” B) “Sharq shaxmati”
C) “Aruz haqida” D) “Bedil”
34.Fitratning 1936- yil chop etilgan asari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Fors shoiri Umar Xayyom” B) “Sharq shaxmati”
C) “Aruz haqida” D) “Bedil”
35.Qaysi o‘zbek ijodkori 1937- yili “millatchi”, “turkparast”, “g‘arb josusi”, “Islomparast” degan sohta ayblovlar bilan qamoqqa olingan?
A) Hamza Hakimzoda Niyoziy B) A. Avloniy
C) Abguhamid Cho‘lpon D) Abdurauf Fitrat
36.Fitratshunos olimlar berilgan qatorni aniqlang?
A) H. Boltaboyev, B.Qosimov, I. G‘aniyev , B. Ergashov
B) H. Yoqubov, B.Qosimov, I. G‘aniyev , B. Ergashov
C) H. Boltaboyev, B.Qosimov, I. G‘aniyev , B. Ergashov, S.Razzoqov
D) H. Boltaboyev, B.Qosimov, I. G‘ulomov , B. Ergashov
37 “.Ma’naviyat” nashriyoti tomonoidan Fitratning necha jildli tanlangan asarlar chop etilgan?
A) 4 jildli B) 5 jildli C) 2 lidli D) 6 jildlli
38.Fitratning “O‘gut” she’ri zamirida qanday ma’nalar yotadi?
A) “Pand”, “Nasihat” ma’lolari
B) “Uyg‘otish,”, “nasihat berish” ma’nolari
C) “Chaqiruv”, “Da’vat”, “Uyg‘otish” ma’nolari
D) “nasihat berish” ma’nolari”,“ Chaqiruv”, “Da’vat”, “Uyg‘otish” ma’nolari
39.Fitratning qaysi she’rining yozilishiga o‘z hayotida chuqur iz qoldirgan iztirobli sevgi tarixi turtki bo‘lgan?
A) “O‘gut” B) “Mirrix yulduziga”
C) “Erkinlik” D) “Go‘zalim, bevafo gulistonim”
40.G‘. G‘ulom faoliyat yuritgan gazeta va jurnallar berilgan qatorni aniqlang?
A) “Mushtim”, “Turkiston ovozi”, “Qizil O‘zbekiston”
B) “Mushtim”, “Kambag‘al dehqon”, “Sharq haqiqati” “Qizil O‘zbekiston”
C) “Mushtim”, “Turkiston ovozi”, “Qizil O‘zbekiston”
“Hurriyat”
D) “Mushtim”, “Hurriyat”, “Qizil O‘zbekiston”, “Kambag‘al dehqon”
41.G‘. G‘ulomning dastlabki she’riy to‘plami qanday nomlangan va qachon chop etilgan?
A) “Tirik qo‘shiqlar” 1932- yil
B) “Dinamo” 1932-yil
C) “Turksib yo‘llarida”1936- yil
D) “Dinamo” 1931- yil
42.G‘.G‘ulomning liro- epik janrda yaratilgan poemasi berilgan qatorni aniqlang?
A) “Ikki vasiqa” B) “Men- yahudiy”
C) “To‘y” D) “Ko‘kan”
43.G‘.G‘ulomning bir xil janrdagi asrlari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Netay”, “Yodgor”, “Tilla topar”, “Shum bola”
B) “Sharqdan kelyotirman”, “Ikki vasiqa”, “Tirilgan murda”
C) “Netay”, “Yodgor”, “Tirilgan murda”, “Shum bola”
D) “Turksib yo‘llarida”, “Yalovbardorlikka” “Ikki vasiqa”, “Ko‘kan”
44.G‘. G‘ulom qaysi she’rida shuhrat qozonish uchun Gerostratdek Diana haykalini yoqish shart emas degan fikrlarni keltirb o‘tadi?
A) “Sog‘inish” B) “Vaqt”
C) “Oltin medal” D)“Kuzatish”
45.G‘. G‘ulomning qaysi sherida anjir tugab qovun g‘arq pishgan mahali o‘g‘lini urushga yuborgan ota obrazi uchraydi?
A) “Sog‘inish” B) “Vaqt”
C) “Oltin medal” D)“Kuzatish”
46.”Farhod va Shirin” dostoni haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotni aniqlang?
A) doston jami 5min782 qo‘sh misradan iborat
B) dostonning 965 misrasi (17 foizi) radifli baytlarni tashkil qiladi
C) “Farhod va Shirin” dostoni radif qo‘llash xususiyatiga ko‘ra boshqa dostonlaridan rang- baranglikka ega
D) Navoiyning bu dostoni sharq adabiyotida yozilgan ilk ishqiy- sarguzasht doston hisoblanadi.
47.A.Navoiyning 1493-yil tuzilgan “Devoni Foniy” devoniga jami nechta g‘azal kiritilgan?
A) 650 ta B) 600 ta C) 554 ta D) 553 ta
48.A. Navoiyning ikki tilda yaratilgan va devonlariga kiritilgan g‘azallarining umumiy soni to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?
A) 3000 ta B) 3154 ta C) 3514 ta D) 4153 ta
49.A. Navoiyning qaysi g‘azalining radifi sof urkiycha so‘z bo‘lib qofiyaga olingan so‘zlardan bittasi o‘zbekcha so‘z hisoblanadi?
A) “Qilg‘il” B) “Jong‘a chun dermen: ne erdi o‘lmakim kayfiyati” C) “Deyin” D) “Bo‘ldim sanga” 50.Tasavvufiy adabiyotda nima komil inson ramzi hisoblanadi? A) Soch B) Ko‘z C) Yuz D) Qadah 51.A Navoiyning qaysi g‘azalini XX asar boshlarida mashhyr xonanda To‘ychi hofiz Toshmuhammedov “shoshmaqom” tarkibiga kiragigan ‘Oshiqlar” kuyi asosida qo‘shiq qilib aytadi?
A) “Qilg‘il” B) “Kelmadi” C) “Deyin” D) “Bo‘ldim sanga”52.A Navoiyning qaysi g‘azali matlasi nihayotda puxta- pishiq, ohoriy va ta’sirchan. Shu bois ham uning matla’sini “shohbayt” deyish mumkin? A) “Qilg‘il” B) “Jong‘a chun dermen: ne erdi o‘lmakim kayfiyati” C) “Deyin” D) “Bo‘ldim sanga” 53.Tasavvufiy adabiyotda nima dunyo ramzi hisoblanadi? A) Soch B) Ko‘z C) Yuz D) Qadah 54.A. Navoiyning “Deyin” g‘azali haqidagi ma’lumotlardan nechtasi to‘g‘ri? 1) g‘azal an’anaviy 7 baytdan tashkil topgan 2) g‘azalda “deyin” so‘zi radifda 12 bor qo‘llangan 3) bu g‘azalda “deyin” so‘zi jami 20 marta qo‘llangan 4)bu g‘azal “radd ul- matla ” san’ati asosida qurilgan5)g‘azalda talmeh san’atining ajotib namunalarini uchratish mumkin 6) g‘azal boshdan oyoq qiyos usulida bitilgan A) 3 tasi B) 5 tasi C) 4 tasi D) 2 tasi55. A. Navoiyning qaysi g‘azali “Badoye’ ul- vasat”, “Ilk devon” hamda “Navodir un-nihoya” ga ham kiriilgan? A) “Qilg‘il” B) “Kelmadi” C) “Deyin” D) “Bo‘ldim sanga”
56. Mumtoz adabiyotimizda may ta’rifi keltirilgan g‘zallar qanday nomlanadi? A) orifona g‘azallar B) rindona g‘azallar C) musalsal g‘azallar D) yakpora g‘azallar 57.A. Navoiyning mavzusiga ko‘ra orifona g‘azallar sirasiga kiruvchi g‘azali keltirilgan qatorni aniqlang? A) “Bo‘l” B) “Jong‘a chun dermen: ne erdi o‘lmakim kayfiyati” C) “Deyin” D) “Bo‘ldim sanga” 58.A Navoiy qaysi g‘azali maqta’sida lirik qahramonga murojat qilib “ Ey Navoiy, dunyo kishilariki bevafo bo‘lsa, kel,(yaxshisi),bundan buyon kishisizlikda yashashni o‘zingga odat qilib ol” degan fikrlarni aytadi? A) “Qilg‘il” B) “Jong‘a chun dermen: ne erdi o‘lmakim kayfiyati” C) “Bo‘l” D) “Bo‘ldim sanga” 59. Qaysi ijodkor ijodida Quyash oydek yuzli go‘zlning yuzini ko‘rib xijolat bo‘lganidan to‘rtinchi osmonga chiqib ketganligi haqidagi mubolag‘ali tasvir duch kelamiz ? A) A.Navoiy B) Lutfiy C) Nodira D) Fuzuliy
60.Qaysi asar qahramoni Bedil asarlarini o‘qib dalda topadi, loyqa xayolatlarini chashmaday tindiradi?
A) “Sog‘inish” B) “Vaqt”
C) “Oltin medal” D)“Kuzatish”



Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish