5-sinf adabiyot (0002)
1. “Gulliverning sayohatlari’’ romanining uchunchi qismi qanday nomlanadi?
A) Liliputlar mamlakatiga sayohat
B) Laputaga sayohat
C)Brobdingnega sayohat
D)Guinginimlar mamlakatiga sayohat
2. “…Agar darkor bo‘lsa har choq chorlasa Vatan, qo‘lyozmalarimni tashlab shinel kiyaman” Ushbu fikrlar qaysi ijodkor ijod namunalaridan birida uchraydi?
A) M.Jalil B) E. Vohidov
C) Mirtemir D) U. Nosir
3. .“Gulliverning sayohatlari’’ romanidagi “Qaldirg‘och” kemasi kapitanikim edi?
A)Ebregem Pannel B)Jems Bets
C)Vilyam Prichard D)Edmon Berton
4. “Mening Yulduzim”, “Yurak va aql”, “O‘ch”, “Dostonlar”, “Izlaganim”, “Tog‘day tayanchim”, “Hozirgi yoshlar”, “Tirik sayyoralar”, “Bong”, “Poytaxt”, “Tingla hayot”, “Yodgorlik”, “Muhabbat”
Yuqoridagi asrlardan nechtasi E.Vohidov qalamiga mansub emas?
A) 6 tasi B) 5 tasi C) 7 tasi D) 8 tasi
5. Oybek asarlari jamlanmasi necha tomni tashkil etadi?
A) 3tom B) 4 tom C) 20 tomD) 6 tom
6.Qaysi ijodkor o‘z ijod namunalaridan birida o‘ziga va o‘z hamkasblariga qarata : “ Haqiqiy shoir o‘z xalqining ovozi bo‘lishi, uni ezgu ishlarga chorlashi, yorug‘ tuyg‘ularni kuylashi kerk”degan fikrlarni aytgan?
A) A.Oripov B) E. Vohidov
C) Mirtemir D) U. Nosir
7.Bir xil janrda yozilgan asarlar berilgan qatorni toping?
A) “Bolalik”(Oybek), “Qoraqalpoq qissasi” (A. Muxtor), “Qoraqalpoq daftari” (Mirtemir Tursunov)
B) “Mardlik cho‘qqisi”(A. Muxtor), “To‘ylar muborak”(O‘. Hoshimov), “ Istambul fojiasi” (E. Vohidov)
C) “Davr mening taqdirimda”, (A. Muxtor) “Yaxshilikka yaxshilik” (A. Muxtor)
D) “ Gulliverning sayohatlari’’ (Jonatan Svift), “Qishloq bolalari”(N.Dumbadze), “Obid ketmon” (A.Qodiriy)
8.Hans Kristian Andersenning birinchi yirik asarining nomi keltirilgan qatorni toping?
A) “ Jonub chopari” B) “Impravizator” C)“Erkaklar zamini” D) “Yangi ertaklar”
9. “Sahrodagi uy”, “Sehrli nog‘ara”, “Kumush tanga”, “Bolalarga aytilgan ertaklar”, “Oltin baliqcha”, “Tarixlar va yangi ertaklar”, “Yangi ertaklar”, “Ayyor Buratino”
Yuqoridagi ertaklardan nechtasi Hans Kristian Andersen qalamiga mansub?
A) 5 tasi B) 2 tasi C) 4 tasi D) 3 tasi
10. “Baxtsiz kuyov” pyessasining muallifi kim?
A) A.Qahhor B)O.Yoqubov
C)S. Ahmad D) A.Qodiriy
11.M. Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida bid’at va xurofatdan yiroq ,sog‘lom fikrli kishi deb kim ta’riflanadi?
A) Kichkina Bahodir B)Muhammad Ali
C) Mirsaid Kobuliy D)Husayn Bayqaro
12.Ellikboshi Rahmonxo‘ja obrazi qaysi asarda uchraydi?
A) “O‘g‘ri” B) “Mening o‘g‘rigina bolam”
C) “Bolalik” D) “Uloqda”
12.Antuan de Sent- Erzyuperining gran pri mukofotiga sazovor bo‘lgan asarini toping?
A) “Uchuvchi” C) “Tungi parvoz”
B) “Janub chopari” D) “Erkaklar zamini”
13. “Uloqda” hikoyasida otining chopmasligiga akasining issiq holda suv berganini sabab qilib ko‘rsatadigan qahramon kim edi?
A) Nurxon B) Haydar saqov
C) Shokir D) Sobir
14. Oralarida bir –birlariga shunday muhabbat paydo bo‘ldiki unga osmonning o‘zi ham hasad qilardi. Ushbu ta’rif qaysi asar qahramonlariga tegishli?
A)“ Hayrat ul-abror” da B) “Guliston”da
C) “ Mahbub ul qulub” da D) “Bo‘ston”da
15.O‘.Hoshimov qalamiga mansub bo‘lgan bir xil janrdagi asarlar berilgan qatorni toping?
A) “Ikki eshik orasi”, “Bahor qaytmaydi”,“Nur borki soya bor”, “Shamol esaveradi”
B) “Ikki eshik orasi”, “To‘ylar muborak”, “Tushda kechgan umrlar”
C) “Ikki karra ikki besh”, “Bahor qaytmaydi”,“Odamlar nima derkin”, “Shamol esaveradi”
D) “Qatog‘on”, “Zar qadri”, “Dunyoning ishlari”, “Insonga sadoqat”
16. Qaysi janrda voqealar bayoni xuddi ertak, latifalarga o‘xhshasa-da, asar yakunida ta’limiy xulosa chiqariladi?
A) Maqol B)Topishmoq C)Doston D)Masal
17. “Gulliverning sayohatlari” romanidagi bosh qahramon kichik odamlar bilan o‘zi bilgan qaysi tillarda so‘zlashishga harakat qiladi?
1.lotin, 2.golland, 3.inglis,.4.nemis, 5. Fransuz, 6.ispan, 7.italyan, 8.arab
A)1,2,4,6,7 B)1,2,4,5,6,7 C)1,2,3,4,5,6 D)1,2,3,4,5,6,7
18. M. Osimning “Zulmat ichra nur”qissasida xipcha bel, yag‘rini keng, qirg‘izqavoq deb ta’riflangan obraz ko‘rsatilgan qatorni aniqlang?
A) Kichkina Bahodir B)Muhammad Ali
C) Mirsaid Kobuliy D)Husayn Bayqaro
19.Muqumiy lirikaning qaysi janrlarida barakali ijod qilgan?
1.g‘azal, 2.tuyuq, 3.murabba, 4.masnaviy, 5.qit’a, 6.ruboiy, 7.muxammas, 8.musaddas, 9.fard
A)1,2,4,6,7,8,9 B)1,2,3,4,6,7,9 C)1,2,3,4,5,6,9 D)1,2,3,4,5,6,7,9
20.Muqumiy “Sayohatnomasi”da qaysi hududni”… bir ko‘cha ketgan do‘kon, sho‘x odami ichmay piyon” ekan deb ta’riflaydi?
A) “Qudash ” B) “Oq yer” C) “Zohidon” D) “Isfara”
21. .Muqumiy “Sayohatnomasi”da qaysi hududni “..dashti qaraqchizor ekan, ermaklari ko‘knor ekan” deb ta’riflaydi?
A)“Do‘rmancha” B) “Oq yer” C) “Nursuh” D)“O‘ltarma”
22. M. Osimning “Zulmat ichra nur”qissasida “Kambag‘alman desang ko‘chib boq” maqoli kimni ng tilidan aytilgan?
A) Kichkina Bahodir B)Muhammad Ali
C) Mirsaid Kobuliy D)Husayn Bayqaro
23. “Uloqda” va “Mening o‘g‘rigina bolam” asrlarini birlashtiruvchi xususiyat to‘g‘ri keltirilmagan qatorni toping?
A) Har ikkala asar bir hil janrda yozilgan
B)Har ikkala asarda bir xil obraz mavjud
C)har ikkala asr muallifi Toshkentda dunyoga kelgan
D)Har ikkala asarda Salim obrazi uchraydi
24. “Kichkina shahzoda” asarida qaysi kitobning nomi keltirilgan?
A) “Bo‘lgan voqealar” B) “Bo‘lmagan voqealar”
C) “Jug‘rafik olimlar” D) “Tungi parvoz”
25. “Kichkina shahzoda” asarida kichkin shahzodaning doimiy yo‘ldoshi kim yoki nima edi?
A) Jarangdor kulgusi B) Feruza guli
C) yulduzlar D) Tillarang shrfi
26.A. Navoiy “Hayrat ul- abror” dostonida qanday kishilarni tom ma’nodagi sog‘lom kishilar deb ta’riflaydi?
A) To‘g‘riso‘z kishilarni
B) Xatni to‘g‘ri yozadigan kishilarni
C)Andishali va ko‘ngli toza kishilarni
D) Nafsga ruju qo‘ymaydigan kishilarni
27.N.Dumbadzening insonlarning bir- biriga munosabatidagiodamiylik, oqibat singari fazilatlarniulug‘laydigan zamonaviy mavzudagi asarlari berilgan qatorni toping?
A) “Men, buvim, Iliko va Illarion”, “Quyosh kechasi”, “Qishloq bolalari” B) “Quyoshni ko‘ryapman”, “Qishloq bolalari” C) “Quyosh kechasi”, “Oq bayroqlar”
D) “Quyosh kechasi”, “Oq bayroqlar”, “Abadiyat qonuni”
28.N.Dumbadze asarlarini ona tilimizgatarjima qilgan tarjimon kim?
A) Nizom Komil B) Mamarasul Boboyev
C) Usmon Qo‘chqar D)T. Murod
29.Cho‘pday ozg‘in , yelkalari yurtib chiqqan, qirraburin, ko‘zlari charosdek qop-qora, qo‘llari uzunligidan tizzasiga tushib turadi.
Ushbu tavsif qaysi asar qahramoniga tegishli?
A)“Hellados” (N.Dumbadze)
B)“Guliston” (Sad’iy Sheroziy)
C)“Uloqda” (A.Qodiriy)
D)“Kichkina shahzoda”(Sent- Ekzyuperi)
30.Mirzo Umar, Xol sarkor,Burhon omon,Hoji Zuhur, Hofiz Umar nomlari qaysi asarda keltirilgan?
A) “Sayohatnoma” B) “Mening o‘g‘rigina bolam”
C) “Nido” dostonida D) “Uloqda”
31. “Hellados” hikoyasida Yanguli kimni Vatan va qabila xoini deb ataydi?
A) Kokani B) Jamolni
C)Petyani D) Kurlikni
32. Gar askar shohidan bo‘lmasa rizo,
Vatan chegarasi qolar havf aro.
Yiqilganga zo‘zlik muruvvat emas,
A’lo qush chumoli donnini yemas.
Yuqoridagi hikmatomuz fikrlar qaysi ijodkor qalamiga mansub? A) A.Navoiy B) Bobur C) Sa’diy Sheroziy D)Yusuf xos Hojib
33.S. Barodning “Yildrim Boyazid” asarining janri to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?
A) Roman B) Hikoya C) Qissa D) Doston
34. “Mahmud Tarobiy”, “O‘tror”, “Temur Malik”nomli asarlar yozgan ijodkor kim?
A) A. Muxtor B) Oybek C) M.Osim D) M. Tursunov
35. Qaysi ijodkor o‘z asarlaridan birida hunarni oqar chashmaga o‘xshatadi?
A) A.Navoiy B) Bobur C) Sa’diy Sheroziy D)Yusuf xos Hojib
36. Muqumiy “Sayohatnomasi”da qaysi hudud haqida choyxo‘ridan attori ko‘p dukchisidan ko‘knori ko‘p yana qiyg‘ir ko‘targan uch yigit bir minut ham uxlatmadi deb shikoyat qildi?
A)“Qudash” B)“Konibodom” C)“Yakkatut” D)“Rafqon”
Do'stlaringiz bilan baham: |