5-sinf adabiyot (0001)



Download 0,57 Mb.
bet3/19
Sana02.03.2022
Hajmi0,57 Mb.
#479684
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
5,6,7,8 sinf adabiyot darsligi asosida

5-sinf adabiyot (0004)
1. Ikki aka –uka: Ilhaq va Is’hoq haqidagi afsona O‘. Hoshimovning “Dunyoning ishlari” qissasidagi qaysi hikoyadan olingan?
A) “Iltijo “ B) “Haqqush” C) “Qarz” D) “Alla”
2.Jonatan Sviftning “Gulliverning sayohatlari” asarida Gulliverning liliput tilida o‘rgangan dastlabki jumlasi qanday ma’noni bildiradi?
A) Odamlar hur yashasin!
B) Liliputlarga dushman emasligi
C) Ovqat so‘rash istagi
D) Ozod etishlarini so‘rash istagi
3. “Oqshomlari buvim boshliq hammamiz oldi ochiq ayvonda uvunto‘da ko‘rpa – yostiqlarga o‘ralib, bittagina O‘ratepaning kir ip sholchasi ustida uxlaymiz”
Yuqorida keltirilgan parcha qaysi asardan olingan?
A) “Dunyoning ishlari” (O‘. Hoshimov)
B) “Mening o‘g‘rigina bolam”(G‘.G‘ulom)
C) “Bolalik” (Oybek) D) “Uloqda”(A. Qodiriy)
4.E. Vohidov qalamiga mansub dostonlar berilgan qatorni toping?
A) “Ruhlar isyoni” “Istambul fojiasi”
B) “Orzu chashmasi”, “ Quyosh maskani”
C) “Orzu chashmasi”, “ Quyosh kechasii”
D) “Palatkada yozilgan doston “ Nido” “Orzu chashmasi”, “ Quyoshni ko‘ryapman”
5.Yurtimizdagi qaysi hududda ertak “Varsaki” deb nomlanadi?
A) Buxoro B)Xorazm C)Jizzax D)Samarqand
6. “Uch og ‘ayni botirlar” ertagida o‘z o‘g‘illarini o‘zidan keyin baxtsiz bo‘lmasligi uchun otalari nima ish qilganini aytadi?
A) Yarog‘ bilan oshno qilganligini
B) O‘qitganini
C) Sog‘lom vujudli qilib o‘stiganini
D) Mehnarsevar va rostgo‘y qilib o‘stiganini
7. “Uch og ‘ayni botirlar” ertagida “- To‘g‘ri, podsholik - qonxo‘rlik demakdir” degan fikr qaysi qahramon tilidan aytiladi?
A) To‘ng‘ich botir tilidan B) Kenja botir tilidan
C) O‘rtancha botir tilidan D) Ona to‘ti tilidan
8.Podshoh bilan sherga yaqin yurmoq hikmatdan emas, podshoh deganlarining marhamatidan qahri ortiq .degan fikrlar qaysi asardan olingan?
A) “Me’mor” romanidan B) Susambildan
C) “Uch og‘ayni botirlar” D) “Iskandar Zulqarnayn ”
9. “Uloqda” hikoyasidagi Sobir tegirmonchining o‘g‘li kim?
A) Nurxon B) Turg‘un C) To‘g‘on D) Shokir
10.Qaysi asar qahramonining qaynotasining kasbi paypoqfurush bo‘lgan?
A) “Hellados” B) “Gulliverning sayohatlari”
C) “Uloqda” D) “Bochka cho‘pchagi”
11. “Uloqda” hikoyasida agar ular kelsa uloq qizimay qolmas deb qaysi chavondozlarning uloq chopishda ishtirok etishi nazarda tutilmoqda ?
A) Murod va Turg‘un chavandozlar
B) Salim va Murod chavandozlar
C) Sobir va Murod chavandozlar
D) Turg‘un va Eson chavandozlar
12. . “Uloqda” hikoyasida Turg‘unga; “Saning otingga hech ot bolasi yetolmaydi”- deb kim havaslanadi?
A) Nurxon B) Haydar C) To‘g‘on D) Shokir
13. “Dastlab eski maktabda, 1917- 1920- yillar oralig‘ida “shams ul-irfon” nomli boshlang‘ich maktabdao‘qigan” ushbu ma’lumotlar qaysi ijodkor tarjimayi holida keltirilgan?
A) H.Olimjon B) M. Shayxzoda C) Mirtemir D) Mirkarim Osim 14.M. Shayxzodaning ikkinchi johon urishi yillarda yozgan asarlari berilgan qatorni toping?
A) “ kurash nechun”, “kapitan Gastello”, “ko‘ngil deydiki”, “Jang va qo‘shiq”
B) “zamon torlari”, “chorak asr devoni”, “o‘n she’r”
C) “undoshlarim”, “kapitan Gastello”, “ko‘ngil deydiki”
D) “Jang va qo‘shiq” “zamon torlari”, “chorak asr devoni”, “o‘n besh yilning daftari”
15. Susambil, Jurjon, Jambil kabi joy nomlari uchragan asar berilgan qatorni toping ?
A) “Oygul bilan Baxtiyor” (H Olimjon)
B) “Uloqda” (A.Qodiriy)
C) “Shum bola” (G‘ G‘ulom)
D) “Iskandar Zulqarnayn” (M Shayxzoda)
16.Hadislar ikki qismdan tashkil topib, payg‘ambarimizning so‘zlarining qachon, qanday sharoitda, kimlar huzuzida aytilganligi hujjati qanday nomlanadi ?
A) Musnad B) Sanad
C) Mazlum D) Matn
17.Ezop masallarini she’riy yo‘l bilan lotin tilga tarjima qilib masalchilik rivojiga kata xissa qo‘shgan masalchi kim?
A) Lessing B) Lafonten C) Fedr D) Geller
18. “Gulliverning sayohatlari’’ romani bosh qahramoni qayerda tanti, oliyjanob, ma’rifatparvar odamlarga duch keladi?
A)Liliputiyada B)Brobdingnegda
C)Laputa D)Guigngnmda
19.Hans Kristian Andersen ertaklarini ona tilimizga tarjima qilgan tarjimon kim?
A) Nizom Komil B) Mamarasul Boboyev
C) Usmon Qo‘chqar D)T. Murod
20. “Movutfurush xatlari” hajviy asarini yozgan ijarkorga haqiqiy shuhrat olib kelgan asarining nomi berilgan qatorni toping?
A) “ Jonub chopari” B) .“Gulliverning sayohatlari’’ C)“Erkaklar zamini” D) “ Kichkin shahzoda”
21.Jonatan Sviftning qaysi asarida Angliya davlatining tartib- qoidalari, urf- odatlari ustidan kulinadi?
A) “ Bochka cho‘pchagi” B) “KItoblar jangi”
C).“Movutfurush xatlari” D).“Gulliverning sayohatlari’’
22.“Gulliverning sayohatlari’’ romanidagi yexular kimlar?
A) Inson qiyofasidagi maxluqlar
B) Maxluq qiyofasidagi insonlar
C) Aqilli otlar
D)Ulkan odamlar
23. .“Gulliverning sayohatlari’’ romanida amaldorlar qanday nomlanadi?
A) Gurgo B) Kuinbus flestrin C) Roldmayster D) Guishteyn
24.Voqralarni ma’lum bir sujet asosida bayon qilib boruvchi yirik she’riy asarlar … deb ataladi?
A) Hikoya B) Doston C) Qissa D) roman
25.Qaysi asarda yetti futdan oshmaydigan daraxtlar, teatr dekaratsiyasini eslatuvchi shahar hamda besh futli minora haqidagi ma’lumotlarni uchratishimiz mumkin?
A) .“Gulliverning sayohatlari’’ romanida
B) “Kichkin Shahzoda” falsafiy ertagida
C) “Hellados” hikoyasida
D) “Movutfurush xatlari”
26. “Mustaqillik “ ordeni bilan birinchi bo`lib taqdirlangan yozuvchi kim?
A) Cho`lpon B) Qodiriy C) Shayxzoda D) Avloniy
27.Hans Kristian Andersenning birinchi yirik asarining nomi keltirilgan qatorni toping?
A) “ Jonub chopari” B) “Impravizator” C)“Erkaklar zamini” D) “Yangi ertaklar”
28. “Sahrodagi uy”, “Sehrli nog‘ara”, “Kumush tanga”, “Bolalarga aytilgan ertaklar”, “Oltin baliqcha”, “Tarixlar va yangi ertaklar”, “Yangi ertaklar”, “Ayyor Buratino”
Yuqoridagi ertaklardan nechtasi Hans Kristian Andersen qalamiga mansub?
A) 5 tasi B) 2 tasi C) 4 tasi D) 3 tasi
29. “Baxtsiz kuyov” pyessasining muallifi kim?
A) A.Qahhor B)O.Yoqubov
C)S. Ahmad D) A.Qodiriy
30.M. Osimning “Zulmat ichra nur” qissasida bid’at va xurofatdan yiroq ,sog‘lom fikrli kishi deb kim ta’riflanadi?
A) Kichkina Bahodir B)Muhammad Ali
C) Mirsaid Kobuliy D)Husayn Bayqaro
31.Ellikboshi Rahmonxo‘ja obrazi qaysi asarda uchraydi?
A) “O‘g‘ri” B) “Mening o‘g‘rigina bolam”
C) “Bolalik” D) “Uloqda”
32.Qaysi ijodkor yoshligida aktyor bo‘lishga qaror qiladi, ammo oilaviy qiyinchiliklar va boshqa sabablarga ko‘ra bu rejasi ro‘yobga chiqmaydi?
A) Antuan de Sent Ekzyuperi B) A. Qodiriy
C) Hans Kristian Andersen D)Jonatan Svift
33.Qamchi ko‘tarmaydigan qazoqi ot minadigan chavandoz obrazi qaysi asarda uchraydi?
A) “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasida
B) “Zulmat ichra nur” qissasida
C) “uloqda” hikoyasida
D) “Uch og‘ayni botirlar” ertagida
34. “Zulmat ichra nur” qissasida tor va tanburni yaxshi chalar va majlislarga jon kirgizib yuborar edi deb ta’riflangan qahramon kim edi?
A) Mirsayid Kobuliy B) Boynisqur mirzo
C) Muhammadali G‘aribiy D) Mirzo Mansur
35. M. Osimning “Zulmat ichra nur”qissasida “Kambag‘alman desang ko‘chib boq” maqoli kimni ng tilidan aytilgan?
A) Kichkina Bahodir B)Muhammad Ali
C) Mirsaid Kobuliy D)Husayn Bayqaro
36.Qaysi javobda Nodar Dumbadzening qissalari ko‘rsatilgan?
4 “Men, buvim, Iliko va Illarion” 3 “Quyosh kechasi” 1 “Qishloq bolalari” 5 “Quyoshni ko‘ryapman”, 2 “Oq bayroqlar”6“Abadiyat qonuni”,7 “kukaracha”
A)4,7 B) 2,4,7 C) 2,4,7,5 D)1,3,4,7
37. “Mening o‘g‘rigina bolam” hikoyasida qora buvi kimni “bola –chaqasining egiligini ko‘rsin” deya alqaydi?
A) O‘g‘ri bolani B) etikdo‘z Buvamat otani
C)nevaralarini D) ellikboshi Rahmonxo‘jani
38.Qaysi asarda hamma kasblarning ham bozori kasod bo‘lgani haqida gap boradi?
A) “Shum bola” B) “Mening o‘g‘rigina bolam”
C) “Bolaning ko‘ngli podsho” D) “Bemor”
39.Qaysi asarda juda jo‘n bo‘zdan to‘n kiyadigan adolatli podsho haqida hikoya bor?
A) “Hayrat ul- abror” B) “Sadi Iskandariy”
C) “Qutadg‘u bilig” D) “Bo‘ston”
40. “Zulmat ichra nur” asarida Alisher Shahruh mirzoning o‘limini kimdan eshtadi?
A) Mirsayid Kobuliydan
B) Muhammad Ali G‘aribiydan
C)Husayn Boyqarodan D) Otasidan
41.N. Dumbadzening dastlabki yirik asrlari berilgan qatorni aniqlang?
A) “Men, buvim, Iliko va Illarion”, “Quyosh kechasi”, “Qishloq bolalari” B) “Quyoshni ko‘ryapman”, “Men, buvim, Iliko va Illarion”, C) “Quyosh kechasi”, “Oq bayroqlar”
D) “Quyosh kechasi”, “Oq bayroqlar”, “Abadiyat qonuni”
42. “Yangi ariq” qissasining muallifi berilgan qatorni aniqlang?
A) M. Shayxzoda B) Oybek C)M.Osim D)Mirmuhsin
43.1) voqealar 1917-yilning sentabrida yuz beradi; 2) “ona chumchuqday” Yoshi 80 dan oshgan, noskash kampir Roqiyabibi yetimlar g‘amida 6 oydan beri biror soat mijja qoqib uxlamagan : 3) hikoyachi bolaning amakivachchalari yozda bog‘ga ko‘chib ketardilar;4) yetimlarning tog‘sining kasbi aravakashlik edi; 5) yetimlarning biri o‘g‘il, uchtasi qiz; 6)o‘g‘rining 2 bolasi bor ota kasbi - kovushdo‘zlik; 7)devkor etikdo‘z Buvamat otaning etigini kiyadigan o‘zbek, qozoq, qirg‘iz dehqonlarining urug‘i qurigan ; 8) pichoqchi, bo‘zchi domla-yu mullavachchalarning rangi o‘chgan; 9) mahalla boylari: Karim qori –chitfurush, Odilxo‘ja pudratchi, Matyoqub –ko‘nchi ;10) o‘g‘ri “yaxshi tuzuk odam” ellikboshi Rahmonxo‘jaga rabochiylikka ketmaslik uchun 83 so‘m bergan; 11) o‘g‘ri Orifning tovuqxonasidan 4 ta tovuq, 1 ta xo‘roz o‘margan; Odilxo‘janing beshikdagi bolasi chetiga bayt yozilgan kosada osh ichadi.
G‘. G‘ulomning “Mening o‘g‘rigina bolam” voqeiy hikoyasiga hos tasvirlarni aniqlang.
A) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11 C) 1,2,3,4,5,6,8,9,10,11
B) 1,2,3,4,5,6,7,9,10,11 D) 1,2,3,4,5,6,7,8,9,10
44.Qaysi asarda Paganini, Stradivari singari mashhur san’atkorlarning nomlari yonma- yon keltiriladi?
A) E.Tomson “Yovoyi yo‘rg‘a”
B) U.Nosir “Monolog”
C) N.Dumbadze “Hellados”
D) M.Osim “Zulmat ichra nur”
45 “…Ikki yil deganda otalarining oldiga olti kishi bo‘lib kelibdilar” jumlasi qaysi asar qahramonlari haqida?
A) “Oygul bilan Baxtiyor” C) “Uch og‘ayni botirlar” B) “Kuntug‘mish” D) “Susambil”
46.Ota merosini gar istasang, o‘rgan ota ilmin,
Ki qolgan mol otadin sahl muddatda tamom o‘lgay.
Ota merosini gar istasang, o‘rgan ota ilmin,
Ki qolgan mol otadin sahl muddatda tamom o‘lgay.
A) Navoiy B) Sa’diy Sheroziy
C) Avaz O‘tar D) Abay
47. Ota merosini gar istasang, o‘rgan ota ilmin,
Ki qolgan mol otadin sahl muddatda tamom o‘lgay.
Yuqoridagi nasihat nima haqida?
A) Otaning ilmini o‘rganish haqida
B) hunar o‘rganish haqida
C) Ota molini keraksiz narsalarga sarlamaslik haqida
D) Otadan qolgan merosga ega bo‘lish uchun otasi kabi mehnatsevarlikni shior qilishi haqida
48. “Nido “dostonidagi Surayyo va Zuhro nomlari –
A) lirik qahramonning maktabdoshlari
B)urushda otasidan ayrilgan hamqishloqlari
C) yulduz nomlari
D) Dostonda bunday nomlar uchramaydi
49.Qaysi asarda qahramonlar “sharpar to‘qmoq” ni tilga oladilar?
A) “Uch og‘a –ini botirlar”, “Bolaning ko‘ngli poshsho”
B) “Mening o‘g‘rigina bolam”, “Oygul bilan baxtiyor”
C) “Uch og‘a –ini botirlar”, “Susambil”
D) faqat “Uch og‘a –ini botirlar” ertagida uchraydi
50.Jonatan Sviftning “Gulliverning sarguzashtlari” asari haqidagi noto‘g‘ri fikrni belgilang?
A) Liliputlarlar bizdan ko‘ra ancha ravshan va yaxshi ko‘rishadi
B) Gulliver taftish qilishga kelgan amaldorlarga hamma cho‘ntaklarini ko‘rsatadi
C) Gulliverning dasturxoniga har kun ertalab oltita navvos, qirqta qo‘y va tegishli non va vino bilan boshqa yeguliklar keltirilar edi.
D) Gulliver uch haftadan keyin liliputlar tilini o‘rganishda katta yutuqlarni qo‘lga kiritdi
51.Sa’diy Sheroziyning “Bo‘ston” asaridagi “Hayit kuni adashib qolganim va otamning sabog‘i” hikoyatining asosiy g‘oyasi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping?
A) barchaga yaxshilik qilish
B) dunyo kezib ma’rifat yig‘ish
C) dehqonchilikning foydasi
D) kamtar bo‘lish
52._________ tuygan g‘ururni
Qilmoq mumkin dunyoga doston.
“O‘zbekiston” qasidasidan olingan yuqoridagi parchada tushirib qoldirilgan ismni toping?
A) ustoz olimjon B) Ko‘rogoniy
C) Habib Abdulla D) G‘.G‘ulom
53.Falsafiy ertak muallifining ilk asari qaysi?
A) “Janub chopari” B) “Improvizator”
C) “Rim ertaklari” D) “Uchuvchi”
54.Ertaklarning boshlanmasida qaysi jonivor “azonchi” deb ta’riflangan?
A) Qorq qarg‘a B) Ola qarg‘a C) Qirg‘ovul D) Chumchuq
55.Qaysi asarni xalqimiz sha’ni va shavkatiga badiiy so‘zdan tiklangan muhtasham obida deb baholasak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi?
A) “O‘zbekiston” B) “O‘zbegim”
C) “Nido” D)“Toshkentnoma”
56. “Tong”, “Tong qo‘shig‘i”, “Tong sirlari”, “Tong nafasi” she’riy to‘plamlarining mualliflari qaysi bandda to‘g‘ri tartibda keltirilgan?
A) M.Yusuf, H.Olimjon, oybek, Zulfiya
B) E.Vohidov, Mirtemir, Cho‘lpon, Zulfiya
C) Mirtemir, Zulfiya, Cho‘lpon, E.Vohidov
57.M.Shayxzodaning Iskandar Zulqarnayn asarida uchramaydigan obrazni belgilang?
A) sartarosh B) Iskandar Zulqarnayn
C) jallod D) oshiq cho‘pon
58.Bir kishi qo‘yni bo‘ri qutqusidan qutqarib oladi. Uyiga kelib u kishi qo‘yni so‘ymoqqa chog‘lanadi. Shunda qo‘y kishiga qarab: “Men bo‘rini dushman bilar edim, aslida, bo‘ri sen ekansan”, -deydi.
Ushbu voqea qaysi asarda keltirilgan?
A) “Nasihatlar” (Abay) B) “Mahbub ul- qulub”(Navoiy) C) “Guliston” (Sa’diy) D) “Zarbulmasal” (Gulxaniy)
59.Qaysi she’riy asarda voqealar qish faslda bo‘lib o‘tadi?
A) “Baliq ovi” (Mirtemir)
B) “Kenja nabiram Shahrizodaga” ( Rasul Hamzatov)
C) “Po‘latjon yuz tup ko‘chat ekmoqchi” (A.Muxtor)
D) “Yur, tog‘larga chiqaylik…” (U. Nosir)
60. “Bulbul” ertagida amaldorlar nimani “qushning sarasi” deb hisoblaydilar?
A) sigirni B) qurbaqni
C) tabiiy bulbulni D) haqiqiy bulbulni
61.H.Kiristian Andersen nomini dunyoga mashhur qilib yuborgan to‘plamlari berilgan qatorni aniqlang?
1) “Tarixlar”; 2) “Bronza to‘ng‘iz”; 3) “Dyumchaxon”; 4) “Yangi ertaklar”; 5) “Bolalarga aytilgan erytaklar”; 6) “Suv parisi”; 7) “Yangi ertaklar”; 8) “Kumush tangacha”.
A) 1,2,3,4,5,6,7,8 B) 1,3,4,7,8 C) 1,4,5,7 D) 2,3,4,5,7
62. “Hayrat ul- abrordagi” 10- maqolatning nasriy bayoni muallifi kim?
A) B.To‘xliyev B) Aziz Qayum
C) Abduqodir Hayitmetov D) P. Shamsiyev
63.Mirtemirning qaysi she’rida she’r sarlovhasidagi so‘z faqat she’r sarlovhasida uchrab, she’r matnida biror marta ham uchramaydi.
A) “Baliq ovi” B) “Qishlog‘im”
C) “To‘rg‘ay” D) “Shudring”
64. Qaysi asarda hayot bo‘ronlariga ko‘ksini tuta oladigan, maqsadlariga erishish yo‘lida kerak bo‘lsa, mashaqqatli bo‘ronlarga ham qast qilishga tayyor turgan qahramon uchraydi?
A)Janni Rodari “Hurishni eplolmaydigan kuchukcha”
B) U.Nosir “Yo‘lchi”
C) O‘.Hoshimov “Urushning so‘nggi qurboni”
D) X.To‘xtaboyev “Sariq devni minib”
118. “Sayohatnoma” asarida qaysi joy echkilarining birmuncha oriqligi, kishi kelsa yeydigan yemishining tariq bo‘lishi haqida gapirib o‘tiladi.
A) “Oq yer” B)“Nursux”C)“Roshidon”D)“Bo‘rbaliq”
65. Qaysi asarda Xo‘ja Iso obrazi uchraydi.
A) “Sariq devni minib” B) “Sayohatnoma”
B) “Tanobchilar” D) “urushning so‘ngi qurboni”
66. Muqumiy o‘zining “Sayohatnoma” asarida qaysi qishloqda bir va’zxonning gapini tinglayotgan xotinlarni ko‘rganligini aytgan?
A) “Oq yer B)“Nursux” C)“Do‘rmoncha”D)“O‘ltarma”
67. Muqumiy “sayohatnoma”sida oliy imoratli joylari bo‘lishiga qaramay, mehmon kelsa nochor ahvolga tushib qoladigan boylar yashaydigan qishloq nomi berilgan qatorni aniqlang?
A) “Oq yer B)“Nursux” C)“Do‘rmoncha” D)“O‘ltarma”
68. Muqumiy “sayohatnoma”sida Jannat bog‘iga o‘xshatilgan joy nomi berilgan qatorni aniqlang?
A) “Oq yer” B)“Nursux”C)“Roshidon”D)“Bo‘rbaliq”
69. Muqumiy o‘zining “sayohatnoma” asarida qayerga ma’yus borganligini va borgan qishlog‘idagi bir ko‘cha ketguncha do‘kon ekanligini, shuningdek sho‘x odami ichmay piyon (sharobxo‘r) ekanligi haqida hikoya qiladi.
A) zohidon”B)“Nursux”C)“Roshidon”D)“Bo‘rbaliq”
70. Muqumiy “Sayohatnoma”sida qaysi qishloqda damlangan choylar choy emas, balki ishqor ekanligi aytiladi?
A)“zohidon”B)“Nursux”C)“Roshidon”D)“Bo‘rbaliq”
71. Muqumiy “sayohatnoma”sida yer ostida zindon deb ta’riflangan qishloq nomi berilgan qatorni aniqlang?
A) “Chimyon”B)“Vodil”C)“Roshidon”D)“Bo‘rbaliq”
72.Muqumiy “Sayohatnoma”sida ko‘ngil oluvchi ko‘chalarga ega qishloq nomi berilgan qatorni aniqlang?
A) “Chimyon”B)“Vodil”C)“Roshidon”D)“Bo‘rbaliq”
73. Muqmiy o‘zining “sayohatnoma” asarida eslashicha, qaysi qishloqda sellarda qolib ketgan edi?
A) “Chimyon”B)“Vodil”C)“Oltiariq”D)“Bo‘rbaliq”
74Muqumiy “Sayohatnoma”sida serchashma-yu kam chang deb e’tirof etilgan joy nomi berilgan qatorni aniqlang?
A) “Chimyon”B)“Vodil”C)“Oltiariq”D)“Qudash”
75. Muqumiy “Sayohatnoma”sida qaysi qishloq odamlar yengilnamo deb ta’riflanadi?
A) “Chimyon”B)“Yayfan”C)“Oltiariq”D)“Qudash”
76. Muqumiy “Sayohatnoma”sida qaysi qishloq odamining ko‘pligidan bog‘lariga tariq ekishi haqida hikoya qilinadi?
A) “Nursux”B)“Vodil”C)“Beshariq”D)“Qudash”
77. Muqumiy “Sayohatnoma”sida qaysi qishloqqa tushmay o‘tib alamda qolganligini aytadi?
A)“zohidon”B)“Nursux”C)“Roshidon”D)“Bo‘rbaliq”
78. Muqumiy “Sayohatnoma”sida qaysi qishloqda yashovchi odamlarning bog‘ida olma, anor o‘rnida ham bog‘ida tok-u zang o‘sishi haqida aytilgan.
A) “Nursux”B)“Yayfan”C)“Rafqon”D)“Qudash”
79. Muqumiyning “Sayohatnoma” asarida qaysi qishloq ayvonchalarining misli katak ekanligi, yo‘llari ham tor bo‘lib bir odam siqqudek ekanligi, shuningdek bozorlarining ham juda tor va tangligi aytilib tanqid ostiga olinadi?
A) “Nursux”B)“Yayfan”C)“Rafqon”D)“Qudash”
80.Muqumiy “Sayohatnoma” asarida qaysi qishloqda ko‘rganlariga asoslanib shunday deb yozadi:
“Xuftonda kirdim bir do‘kon, qildi ashula bir juvon, Eshak demang, undin yamon, Hangrarda yaxshi hang ekan”
A) “Nursux”B)“Yayfan”C)“Rafqon”D)“Qudash”
81. Muqumiy “Sayohatnoma”sida qayerda Muqumiyni qiyg‘ir ko‘targan uch yigit bir minut ham uxlatmaganligini aytadi?
A) “Nursux”B)“Yayfan”C)“Rafqon”D)“Qudash”
82. Muqumiy “Sayohatnoma”sida qayerda Muqumiyni tong otguncha itlar g‘ingshib chiqib uxlatmaganligini aytadi?
A) “Nursux”B)“Yayfan”C)“Rafqon”D)“Qudash”
83.Aylay sayohat endi bas,
….. . . . . qilmay havas,
Har yerda yotgan xor-u xas,
Ko‘zga tikan yakrang ekan.
Muqumiy “Sayohatnoma”sidan olingan yuqoridagi misralarda nuqtalar o‘rniga tushirilgan joy nomi to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni aniqlang?
A) “Nursux”B)“Yayfan”C)“Rafqon”D)“Konibodom”
84.Muqumiy “Sayohatnoma” asarida qayerga borganida u yerning baqqolini duzdi badburut, insofsiz tarror deb ta’riflaydi?
A) “Yakkatut”B)“Yayfan”C)“Rafqon”D)“Qudash”
85.Muqumiy “Sayohatnoma”sida aytilishicha, qaysi hududda seshanba kuni bozor bo‘lar edi?
A) “Yakkatut”B)“Yayfan”C)“Rafqon”D)“Qudash”
86.Qaysi asarda agar bir dirham harajat qilsa, keyin uxlay olmaydigan amaldor obrazi uchraydi?
A) “Tanobchilar” B) “Bemor”
C) “Sayohatnoma” D) “Shum bola”
87.Muqumiy “Sayohatnoma”sida keltirilgan qaysi qishloq “ajoyib tolzor, zebo sanamlari bisyor”-, deb ta’riflangan?
A) “Yakkatut”B)“Yayfan”C)“Rafqon”D)“Qudash”
88. Muqumiy “Sayohatnoma”sidagi qaysi qishloqlarda “bir pulni yuz joyidan tugadigan” odamlar yashashi haqida aytilgan?
A) Konibodom, Qudash B) Oltiariq, Beshariq
C)Oltiariq, Rafqon D) Rafqon, Nursux
89.Muqumiy “Sayohatnoma”sida Muqumiy qayerda bir poda sigur-u eshaklarni ko‘radi?
A) “Yakkatut” B)“Raboti”
C)“Tikka Rabot” D)“Qudash”
90. Qaysi asarda duradgorlik kasbi bilan shug‘illanadigan Burhon obrazi uchraydi?
A) “Tanobchilar” B) “Guliston”
C) “Sayohatnoma” D) “Hayrat ul-abror”
91. Muqumiy o‘z “Sayahatnoma”sida qaysi hududni ko‘rmaganligini va bu unga armon ekanligini aytib o‘tadi?
A) “Yakkatut” B)“Raboti”
C)“Tikka Rabot” D)“Isfara”
92. Muqumiyning “Sayohatnoma”sida aytilishicha qand-u asaldan-da shirin zardolular o‘sadigan joy qayer edi?
A) “Yakkatut” B)“Raboti”
C)“Tikka Rabot” D)“Isfara”
93.Qaysi ijodkor o‘z asarlaridan birida dunyoni qurilgan dorga o‘xshatgan?
A) H.Olimjon B) Muqumiy
C) E.Vohidov D) O‘.Hoshimov
94. Muqumiy “Sayohatnoma”sidagi qaysi qishloqning mingboshisi Xo‘ja Iso edi?
A) “Oq yer B)“Nursux” C)“Do‘rmoncha” D)“O‘ltarma”
95. Muqumiy “Sayohatnoma”sidagi qaysi qishloqning mingboshisi so‘finamo, bir dog‘uli ayyor deb ta’riflangan?
A) “Oq yer B)“Oltiariq C)“Do‘rmoncha” D)“O‘ltarma”
96. Muqumiy “Sayohatnoma”sida keltirilishicha, Muqumiy Qudashga kelishidan oldin qaysi hududda mehmon bo‘lgan edi?
A) Konibodomda B) Chun shahrida
C) Isfara shahrida D) Tikka Rabotda
97. Muqumiy “Sayohatnoma”sidagi qaysi qishloqning mingboshisi Eshdavlat aka edi?
A) “Yakkatut” B)“Raboti”
C)“Tikka Rabot” D)“Qudash”
98. Muqumiy “Sayohatnoma”sidagi qaysi qishloq Muqumiy tomonidan kulgi qilinib olimlarining mullalarga o‘xshab ko‘ylak kiyib boshlariga salla o‘rab yurishlari tanqid qilinadi?
A) “Nursux”B)“Yayfan”C)“Rafqon”D)“Roboti”
99. Muqumiy o‘zining “Sayohatnoma” asarida qaysi qishloq bodomning koni ekanligini aytadi?
A) “Nursux”B)“Yayfan”C)“Rafqon”D)“Roboti”
100. . Muqumiy “Sayohatnoma”sidagi qaysi qishloqning mingboshisi Xol sarkor edi?
A) “Nursux”B)“Yayfan”C)“Rafqon”D)“Roboti”
101.MirzoUmar, HojiZuhur, HofizUmarobrazlariqaysiasardauchraydi?
A) “Tanobchilar” B) “Guliston”
C) “Sayohatnoma” D) “Hajv ahli rasta”
102. Muqumiy “Sayohatnoma”sidagi Qo‘qondan Farg‘onaga hamda Qo‘qondan Isfaraga yo‘nalishlarining har ikkalasida uchraydigan joy nomlari berilgan qatorni aniqlang?
A) Konibodom, Isfara, Nursux, Qudash
B) Nursux, Yayfan, Rafqon
C) Nursux, Yayfan, Rafqon, Beshariq
D) Yayfan, Rafqon, Beshariq, Roshidon
103.Adabiyotimiz tarixida yaratilganqaysi asar Vatanimiz haqidagi madhiya deb ta’riflangan?
A) “O‘zbekiston” B) “O‘zbegim”
C) “Vatan” D)“Toshkentnoma”
104. Qaysi ijodkor tomonidan yaratilgan asarlardan birida ma’rifatga ega bo‘lish dunyo kezib moshoq terishga o‘xshatiladi?
A) Navoiy B) Sa’diy Sheroziy C) Oybek C) T.To‘la
105.Qaysi she’rdagi lirik qahramon, ya’ni shoir uning talpingan manzili “murodga qasd qilib yugurish”ni talab qilishi,“beg'am, bemehnat tiriklik ne kerak” ligi haqida isyonkor misralar yaratadi?
A)Musa Jalil, “Kechir, yurtim”
B)Usmon Nosir, “Yo'lchi”
C)Cho‘lpon, “Buzilgan o'lkaga”
D)Usmon Nosir, “Yurganmisiz birga oy bilan”
106. "Yevgeniy Onegin" asarini kimlar o'zbek tiliga tarjima qilgan?
A)Mirza Kenjabek va Xayriddin Sultonov
B)Mirkarim Osim va Mirza Kenjabek
C) Oybek va Mirza Kenjabek
D)Oybek va G'.G'ulom
107.N. Dumbadzening ikkinchi jahon urishi yillaridagi gruzin qishloqlaridagi og‘ir va mashaqqatli hayot manzaralari , bir- biriga o‘xshamaydigan taqdir egalari obrazi yorqin aks ettirilgan asarlari berilgan qatoni toping?
A) “Quyosh kechasi”, “Men, buvim, Iliko va Illarion”
B) “Men, buvim, Iliko va Illarion”, “Qishloq bolalari”
C) “Quyosh kechasi”, “Oq bayroqlar”
D) “Men, buvim, Iliko va Illarion”, “Quyoshni ko‘ryapman”
108.Qaysi asar qahramonlari urushning tirik murdalari deb ta’riflanaadfi?
A) “Urushning so‘ngi qurboni” B) “Mening o‘g‘rigina bolam” C) “Oltin zanglamas” D) “Quyosh qoraymas”
109. “...da o‘sha xalqning tarixi, urf-udumi, turmush tarzi, fe’l-atvori, ruhiyati, qo‘yingki, butun borlig‘i aks etadi. Shunga ko‘ra, ...lar xilma-xil mavzularda bo‘lishi mumkin”.
Nuqtalar o‘rniga qo‘yilishi kerak bo‘lgan javobni belgilang.
A) maqol B) ertak
C) topishmoq D) xalq qo‘shiqlari
110…Oy nurini
Deraza
Taqib suv oqar
Jimirlab
Oy aksi yotar.
Oy nurini
Ko‘zga solib
Ko‘rdim yalangdan-
Bodom gullab qolibdi
Och pushti rangda…
Ushbu misralar qaysi ijodkor ijodida uchraydi?
A) Mirtemir B) Usmon Nosir
C) M.Yusuf D) A.Muxtor

Download 0,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish