5-sinf 1-dars. Kirish. Takrorlash. Sintaksis va punktuatsiya. Morfologiya. (3-117-betlar) Reja: L. Kirish. Takrorlash. Sintaksis va punktuatsiya. Morfologiya. Kirish



Download 71,5 Kb.
bet2/6
Sana01.01.2022
Hajmi71,5 Kb.
#295764
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
5-sinf-ona-tili-fanidan-mavzulashtirilgan-testlar-javobi-bilanbaxtiyor.uz

Sintaksis va punktuatsiya

1. So’zlarning bir-biriga bog’lanishi, gap va uning turlarini o’rgatadigan tilshunoslik bo’limi...

A) sintaksis B) morfologiya C) grammatika D) sintaksis, uslubiyat (stilistika)

2. Qaysi qatorda tinish belgisi bilan ma’nosi farqlanmaydigan gap berilgan?

A) Bu gaping yomon bo’lmaydi. B) Siz yangi ertakni eshitdingiz. C) Ona aziz farzandiga yelni ham ravo ko’rmaydi. D) Gullar chiroyli stolni bezab turibdi.

3. Ohang va fikr tugalligiga ega bo’lib, kesimlik shakllari orqali ifodalanuvchi so’z va so’zlar qo’shilmasi…

A) so’z birikmasi B) qo’shma so’z C) bog’lama D) gap

4. Gapning so’z va so’z birikmasidan farq qiladigan jihati qaysi qatorda keltirilgan?

A) kesimning mavjudligi B) tugallangan ohang bilan aytilishi C) fikr ifodalashi D) A, B, C

5. So’z birikmasi haqida bildirilgan qaysi hukm noto’g’ri?

A) so’z birikmasida so’roqqa javob bo’luvchi so’z hokim qism sanaladi B) so’roq hokim qismga qarab beriladi C) tobe so’z hokim so’zga bog’lanadi D) barcha javob to’g’ri

6. Gapning ifoda maqsadiga ko’ra turlari to’g’ri berilgan qatorni toping?

A) darak gap, so’roq gap, buyruq gap B) darak gap, so’roq gap, undov gap C) darak gap, so’roq gap, buyruq gap, istak gap D) darak gap, so’roq gap, his-hayajon gap

7. Qaysi gap tarkibida ikkita so’z birikmasi mavjud?

A) Aql bozorda sotilmas. B) Aql aqldan quvvat oladi. C) Aqlni beaqldan o’rgan. D) Ahmoqning katta-kichigi yo’q.

8. Qasi vositalar orqali hosil qilingan so’roq gaplar so’roqqa javob bo’luvchi so’zni talab qiladi?

A) so’roq olmoshlari B) so’roq yuklamalari C) ohang D) so’roq olmoshlari va ohang

9. Qaysi gapdagi nuqtalar o’rniga shaxs so’rog’i qo’yilishi lozim?

A) … xalq ertaklarini o’qigansiz? B) Ketsang, yana … kelasan? C) Mustaqil yurt deganda … tushunasiz? D) Bobo, … odobli?

10. Qaysi qatordagi hukm noto’g’ri?

A) So’roq yuklamalari orqali ifodalangan so’roq gaplar to’liq javob talab qiladi. B) -mi yuklamasi kesimga qo’shib yoziladi. C) -a(-ya) yuklamalari o’zi qo’shilayotgan so’zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi. D) Barcha hukmlar to’g’ri.

11. Qaysi turdagi gaplarda kesim ko’pincha gapning oldida keladi?

A) so’roq gap B) his-hayajon gap C) buyruq gap D) istak gap

12. Qaysi qatorda gapning mazmuniy markazi gap oxirida kelmagan?

A) Oh, naqadar go’zal ona tabiat. B) O’lkamizga Navro’zi olam kirib keldi. C) Do’st achitib gapirar, dushman kuldirib. D) Yoshim bir yerga borib qolganida, yurtim boshiga kulfat tushdi.

13. Qaysi bo’lak kim?, nima?, qanday? so’roqlariga javob bo’lishi mumkin?

A) ega B) kesim C) aniqlovchi D) barcha bo’laklar ushbu so’roqlarga javob bo’lishi mumkin

14. Ot kesim ishtirok etmagan gapni ko’rsating.

A) Do’stlik – barcha boylikdan ustun. B) Izlaganga tole yor. C) Ko’z qo’rqoq, qo’l botir. D) Ko’pdan quyon qochib qutilmas.

15. Ot kesim tarkibida shaxs-son qo’shimchalari qo’llanmasa, …

A) ega ifodalanmaydi B) kesim bilan birga kerak, lozim, darkor so’zlari qo’llanadi C) egadan keyin tire qo’yiladi D) ega va kesim shaxs-sonda moslashmaydi

16. Qaysi gapda ega birikma bilan ifodalangan?

A) Qarisi bor uyning barakasi bo’ladi. B) Ko’pni ko’rgan chol – jonli tarixning o’zi. C) Duo olgan omondir, qarg’ish olgan yomondir. D) Barchasida ega birikma bilan ifodalangan.

17. Gap haqida keltirilgan qaysi hukm noto’g’ri?

A) Faqat kesimdan iborat gap yig’iq gap. B) Kesimning boshqa bo’laklar bilan kengayishidan hosil bolgan gap yoyiq gap. C) Ega va kesimdan iborat bo’gan gap yig’iq gap D) Barcha javoblar to’g’ri.

18. Fe’ldan anglashilgan harakat-holatning bajarilish yoki bajarilmaslik paytini, o’rnini bildirgan bo’laklar ostiga tahlilda qanay chiziq chiziladi?

A) uzuq chiziq B) to’lqinli chiziq C) nuqtalardan iborat chiziq D) bir to’g’ri chiziq

19. Ko’makchi orqali hokim bo’lakka birikkan to’ldiruvchi qaysi qatorda mavjud?

A) Ular yong’oq tagidan ketishi bilan ayiqchalar daraxtga tirmashib chiqishdi. B) Ayiq mehmonni yong’oq bilan siylamoqchi bo’lib, katta o’g’liga yong’oqqa chiqishini buyuribdi. C) Bahor kelishi bilan qaldirg’ochlar uya qura boshladilar. D) Saqlay desang o’zingni, yomondan yum ko’zingni.

20. Qanaot birla qorin to’ydirurmiz,

Qanoat bo’lmasa, ko’p och bo’lursiz.

Qanoatsiz kishi bag’rini dog’lar,

Qanoatlik kishi og’zini yog’lar. Ushbu to’rtlikdagi o’zakdosh so’zlar qaysi gap bo’laklari vazifasida qo’llangan?

A) ega, ega, aniqlovchi, aniqlovchi B) to’ldiruvchi, ega, aniqlovchi, ega C) to’ldiruvchi, ega, aniqlovchi, aniqlovchi D) ega, to’ldiruvchi, aniqlovchi, hol

21. Qaysi bo’lak doimo fe’l orqali ifodalangan kesimga bog’lanadi?

A) o’rin holi B) tushum kelishigidagi to’ldiruvchi C) qaratqich aniqlovchi D) jo’nalish kelishigidagi to’ldiruvchi

22. Qaysi gap bo’lagi hokim bo’lakdan anglashilgan narsaning uchta shaxsdan biriga qarashli ekanini bildiradi?

A) qaratqich aniqlovchi B) ega C) aniqlovchi, ega D) vositasiz to’ldiruvchi

23. Umumlashtiruvchi so’z mavjud gapni toping.

A) Mehnatda, ijodda, san’atda, fanda kattadir yoshlarning qo’shgan hissasi. B) Hademay, o’rik, shaftolilar gulag kiradi. C) G’azab, jaholat, adovat, g’iybat, tama, zulm – yomon xulqlar kishini tubanlik qa’riga tashlaydi. D) Qumri, sa’va, bulbul, mayna va boshqalar bor.

24. Hoy, Murod, nega indamaysan? Ushbu gapdagi undalmani toping.

A) Murod B) hoy C) hoy, Murod D) indamaysan

25. G’azab, jaholat, adovat, g’iybat, tama, zulm – yomon xulqlar kishini tubanlik qa’riga tashlaydi. Ushbu gapda tire nima uchun qo’llangan?

A) umumlashtiruvchi so’z uyushiq bo’laklardan keyin kelgani uchun B) ega mantiqiy urg’u olgani uchun C) tire noto’g’ri qo’llangan D) bog’lovchisiz qo’shma gaplar orasida o’xshatish munosabati ifodalangani uchun

26. Dadasi: – Qani, o’g’lim, qarashib yubor, gul ekamiz, – dedi. Ushbu gapdagi qaysi so’z undalma hisoblanadi?

A) qani, o’g’lim B) qarashib yubor C) o’g’lim D) qani

27. Fikrning to’g’riligini anglatuvchi kirish so’z ishtirok etgan gapni toping.

A) Mayli, qo’shiq ayta qolinglar, – debdi Tulki. B) Bizni do’stimiz sog’insin, albatta. C) Bu ariqlarning suvlari allaqachon, aniqrog’i, bundan to’rt yillarcha oldin qurib qolgandi. D) Avalo, inson o’zini o’zi hurmat qilmog’i lozim.

28. Fikrning tartibini anglatuvchi kirish so’zni toping.

A) avvalo B) xullas C) darhaqiqat D) demak

29. Qaysi gap tarkibidagi kirish so’z yakuniy fikr ifodalagan?

A) Mayli, qo’shiq aytinglar, – debdi Tulki. B) Xullas, bu ish menga juda foydali bo’ldi. C) To’g’ri, endi bu ishdan ham maza qiladigan bo’ldim. D) Bizni do’stmiz sog’insin, albatta.

30. Ohang yordamida bog’langan qo’shma gap qatorini toping.

A) Kuz keldi va mevalar g’arq pishdi. B) G’azab, jaholat, adovat, g’iybat, tama, zulm – yomon xulqlar kishini tubanlik qa’riga tashlaydi. C) Dunyoda mamlakat ko’p, lekin olamda ona yurtimiz, O’zbekistonimiz yakka-yu yagona. D) Yurt tinch – sen tinch.

31. Qaysi qatorda ko’chirma gap muallif gapi orasida kelgan?

A) Majmud Koshg’ariy “Botir jangda, dono majlisda sinaladi”, – deb aytgandi. B) Xalqimiz shunday deydi: “Hunar – zar, hunarsiz – xor”. C) “Inson har doim quvnoq, xushchaqchaq bo’lishi va baxtiyor yashamog’i lozim”, – degan edi Forobiy. D) “Jaholat o’lim, – deb aytadi Nosir Xisrav, – bilim esa tiriklikdir”.

32. Ko’chirma gaplarda tinish belgilarining qo’llanishi haqidagi qaysi fikr noto’g’ri?

A) Muallif gapi ko’chirma gapdan oldin kelsa, undan so’ng ikki nuqta qo’yiladi. B) So’roq belgisi qo’shtirnoq yopilishidan oldin qo’yiladi C) undov belgisi qo’shtirnoqdan so’ng qo’yiladi. D) Nuqta qo’shtirnoqdan so’ng qo’yiladi.



Download 71,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish