P rofessor D.I.Kargin (1880-1945) o‘zining ko‘p sonli ilmiy tekshirish ishlari bilan chizma geometriya va injenerlik grafikasi faniga katta xissa qo‘shgan olim. U grafik hisoblashlar va yasashlarni aniq bajarish bo‘yicha ilmiy ishlar olib borgan. SHrift grafikasi bo‘yicha buyuk mutaxassis bo‘lgan. D.I.Kargin grafika fani bo‘yicha birinchi fan doktori hisoblanadi. U 1947 yilda G.Monjning «CHizma geometriya» kitobini rus tilidagi tarjimasining ilova qismida chizma geometriya tarixi maqolasini yozgan. Professor D.I.Kargin bir necha yillar davomida Leningrad ilmiy seminariga rahbarlik qilgan.
Professor N.A.Glagolev (1888-1945) atoqli sovet geometri bo‘lib, Sovet davridagi proektiv maktabning rahbarlaridan biri hisoblanadi. 1922-23 yillarda Moskvadagi Bauman nomli oliy texnika o‘quv yurtining injener quruvchi fakulteti talabalariga chizma geometriya kursini proektiv geometriya asosida o‘qigan. 1923 yilda shu kurs asosida konspekt chop etgan. U nomografiya va yasashlarni mexanizatsiyalashtirish kabi ishlarni chizma geometriya faniga kiritgan. Uning chizma geometriya fanidan original darslgida pozitsion va metrik masalalarni qardoshlik mosligi asosida bayon etgan. Professor N.A.Glagolev Moskva universitetida chizma geometriya fanidan dars bergan va ilmiy izlanishlar olib borgan.
Professor A.I.Dobryakov (1895-1948) tomonidan 1952 yilda chop etilgan «CHizma geometriya kursi» ancha mukammal darslik hisoblanib, arxitektura-qurilish institutlari uchun yozilgan bo‘lib, kitobda arxitektura fragmentlarining turli elementlarida soyalar va perspektiv yasashlar to‘liq ko‘rsatilgan. Bu klassik darslikda chizma geometriyaning barcha bo‘limlari nazariy tomondan berilgan bo‘lib, ularning tadbig‘i qurilishning turli injenerlik sohalarida keltirilgan. Professor A.I.Dobryakov tomonidan sirtlarni kesishish usullari, sirtlarni klassifikatsiyasining nazariyasi kabi ishlanishlar ham bajarilgan. A.I.Dobryakov chizma geometriya va chizmachilik fanlari bo‘yicha sobiq SSSR Oliy attestatsiya kamissiyasiga N.A.Rыnindan keyin raislik qilgan.
CHizma geometriya va muhandislik grafikasini rivojlantirishda o‘zlarining eng ko‘p xissalalarini qo‘shgan Sovet geometrlaridan Rossiya professorlari I.I.Kotov, N.N.Rыjov, S.A.Frolov, A.V.Bubennikov va boshqalarning xizmatlari juda kattadir.
Professor M.YA. Gromov (1884-1963). Birnecha yillar Moskvadagi Butun ittifoq sirtqi politexnika institutida faoliyat olib borgan, chizma geometriya kafedrasiga rahbarlik qilgan Ilmiy xodimlar tayyorlagan V.A.Bubenikov, professor M.YA.Gromovning birinchi shogirdlaridan hisoblanadi. Ular birgalikda chizma geometriya fanini egri chiziqlar va sirtlar bo‘limini rivojlantirishga katta hissa qo‘shdilar. Tekis va fazoviy zgri chiziqlarni tabiy koordinatlari, sirtlarni hosil bo‘lishining turli usullari sirtlar yuzalarini va hajmlarini grafik usulda aniqlash, konform almashtirish kabi masalalarni hal qilishda katta hissa qo‘shgan olim hisoblanadi. Professor M.YA.Gromov va A.V.Bubenikovlar chizma geometriya fanidan 1965, 1973 yillarda yozilgan darsliklari fanning klassik adabiyotlaridan hisoblanadi. Kitobning barcha bo‘limlari nazariy tomondan boy va chizmalar rangli tasvirlarda keltirilgan. Bu darsliklarda keltirilgan nazariy ma’lumotlardan ilmiy tadqiqotlar va magistrlar va loyihalash institut xodimlari keng foydalanib kelmoqda. Professor M.YA.Gromov 1953 yilda chizma geometriya fanidan birinchi bo‘lib doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
1935-1941 va 1945-1946 yillarda Toshkent To‘kimachilik va engil sanoat instituti «CHizma geometriya va chizmachilik» kafedrasida mudirlik qilgan. SHu davrlarda u kafedrada ilmiy va metodik ishlarni rivojlantirib, yoyiluvchi chiziqli sirtlar nazariyasi va konform almashtirish usullarini yaratdi va chizma geometriyani egri chiziqlar, sirtlar va ularni yoyilmalari bo‘limlariga yangi nazariyalar kiritdi. 1937 yilda rus tilida «proeksion chizmachilik» bo‘yicha masalalar to‘plami o‘kuv qo‘llanmalar yaratdi.
M.YA. Gromov 1941-1945 yillarda Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash injenerlar instituti (hozir Toshkent Irrigatsiya va Meliratsiya instituti) «CHizma geometriya va mashinasozlik chizmachiligi» kafedrasida mudir bo‘lib ishlab, u shu yillarda O‘rta Osiyo politexnika institutiga (hozirgi Toshkent Davlat Texnika universiteti) chizma geometriyadan leksiyalar o‘qitan. Bu davrda u o‘zining «CHizma geometriya» darsligining 1 va 2 qismlariga tegishli nazariy va amaliy izlanishlarni yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |