2. Ilmiy to‘plamlar haqida.
Rossiyaning Moskva shahar olimlari rahbarligida «CHizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanlaridan katta ahamiyatga ega bo‘lgan quyidagi ilmiy to‘plamlar tashkil qilingan.
1. «Voprosы sovremennoy nachertatelnoy geometrii»
2. «Metodы nachertatelnoy geometrii i eyo prilojeniya» (maqolalar to‘plami prof. N.F.CHetveruxin maxsus muharir) Gos. Izdatelstvo texnika teoreticheskoy literature, 36 p.l. Moskva 1955. Ilmiy to‘plamga yirik va taniqli olimlar I.I.Kotov., I.S.Djaparidze., I.M.Xoldev., Z.I.Pryajinnikova., N.V.Naumovich., Z.A.Skopets., A.D.Posyanskiy va boshqalarning fanni rivojlantirishga katta ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy maqolalari kiritilgan.
Trudы Moskovskogo nauchno-metodicheskogo seminara po nachertatelnoy geometrii i injenernoy grafiki (ma’sul muharir prof. I.I.Kotov, Moskva 1963 y. ). Ilmiy to‘plamga yirik va taniqli olimlar N.F.CHetveruxin., I.I.Kotov., I.S.Djaparidze., Z.A.Skopets., N.N.Rыjov., A.M.Tevlin., A.I.Koralevich., V.N.Pervikova., G.K.Nikolaevskiy., G.I.Futov., V.I.Osipov va boshqalarning «CHizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanlarining rivojiga katta hissa qo‘shadigan ilmiy maqolalar kiritilgan. Bu to‘plamda S.M.Kulikovning 1960 yilgacha grafika fanlaridan himoya qilingan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalar ro‘yxati keltirilgan.
Professor N.N.Rыjov Moskva shahridagi Patris Lumumba nomli halqlar do‘stligi universitetida ishlagan davrlarida (1960-1970) «Prikladnaya geometriya» ilmiy to‘plamini tashkil qildi va uning birnechta sonini nashrdan chiqardi. Bu ilmiy to‘plamlarda sirtlarni parametrlash, chiziqli sirtlarni chiziqli kongruensiyadan hosil qilish va boshqa nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan ilmiy maqolalar e’lon qilingan. Bu to‘plamlarda N.N.Rыjov, A.M.YAkubovskiy, I.P.Gershman, YU.G.Kardashevskaya, Z.I.Linina kabi olimlarning ilmiy maqolalari chop etilgan.
Professor K.I.Valkov rahbarligida Leningrad qurilish injenerlari instituti qoshida «Voprosы geometricheskogo modelirovaniya» ilmiy to‘plami 1968 yilda tashkil qilindi. Bu to‘plam 1974 yilgacha har yili muntazam chop etilib kelindi. Ilmiy to‘plamlarda geometrik modellashtirish muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqot olib boruvchi olimlardan K.I.Valkov., L.A.Naynish., I.N.Denosyuk., V.M.Velikson va boshqalarning ilmiy maqolalari keltirilgan.
Ukraina Oliy o‘quv yurtlarida «CHizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanlaridan har xil kichik hajmdagi ilmiy maqola va tezislar ayrim risolalarda turli fanlar bilan birgalikda chop etilgan. Bu risolalar Ukrainaning asosan Kiev qurilish injenerlari instituti, Kiev politexnika instituti, Xarkov Avtomobil yo‘llar instituti, Kiev fuqaralar aviatsiya instituti, Lvov politexnika instituti va boshqa institutlar nashriyotlaridan chop etilgan.
1964 yil professor S.M.Kolotov tashabusi bilan Ukraina Oliy ta’lim vazirligi va Kiev qurilish injenerlari instituti homiyligida «Prikladnaya geometriya i injenernaya grafika» nomli maxsus ilmiy to‘plami tashkil etildi. Hozirgacha bu ilmiy to‘plamning 90 tadan ortiq soni chop etilgan. Unga chizma geometriya, muhandislik va komp’yuterlik grafikasi fanlaridan aspirantlar, ilmiy izlanuvchilar va yirik olimlarning maqolalari chop etilmoqda. To‘plamning dastlabki redaksion kollektivi qo‘yidagicha bo‘lgan: prof. S.M.Kolotov-ma’sul muxarir, prof. E.I.Godik-ma’sul muharir o‘rinbosori, redkollegiya a’zolari A.G.Artyuxovskaya, YU.V.Gvozdev, V.E.Mixaylenko, I.M.Mogilnыy, G.K.Nikolaevskiy, A.L.Podgornыy, A.M.Panamaryov, S.V.Rozov, N.L.Russkevich, A.T.CHalыy.
S.M.Kolotov o‘limidan keyin to‘plam redaksiya kollektivini prof. E.I.Godik boshqardi uning yordamchisi prof. V.E.Mixaylenko bo‘ldi. 1978 yildan to‘plamning 25-sonidan hozirgacha prof. V.E.Mixaylenko rahbarlik qilmoqda. Bu ilmiy to‘plamda xorij mamlakatining olimlari Gelmut SHtaxra (Avstriya) va Rossiya olimlaridan CHetveruxin N.F.., Rыjov N.N., Pervikova V.N., Filippov P.V., Frolov S.A., Levitsskiy V.S., Osipov V.A., Ivanov G.I., Tevlin A.M., YAkunin V.I., Polozov V.S., Valkov V.YA., Djaparidze I.S. (Gruziya) , Starodejko E.A. (Belorussiya), Lixachev L.N. (Latviya), Murodov SH.K., YOdgorov J..YO., Adilov P.O., Ismatullaev R.Q., Qo‘chkarova D.F. (O‘zbekiston) va Kiev ilmiy maktabida aspiranturada o‘qigan barcha o‘zbek olimlarining ilmiy maqolalari chop etilgan. SHuningdek ilmiy to‘plamda 2010 yilda «CHizma geometriya, muhandislik va komp’yuter grafikasi» fanlaridan Kiev shahrida o‘tkazilgan 10 - butun dunyo konferensiyalari haqida to‘liq ma’lumotlar keltirilgan. To‘plamda Ukraina va chet ellar yirik olimlarining tug‘ilganiga 60, 70 yoki 80 yillar to‘lishi munosabati bilan uning oxirida «Kto est kto» mavzuda olimlar hayoti va ijodiy faoliyatlari haqida ma’lumotlar berilib boriladi. O‘zbekiston olimlaridan professorlar R.X.Xorunovning 80 va prof. SH.K.Murodovning 70 yilligi haqidagi ma’lumotlar ham to‘plamda chop etilgan.
«Prikladnaya geometriya va injenernaya grafika» ilmiy to‘plamining 50 va 72 sonlarida prof. S.M.Kolotov ilmiy maktabida va bu ilmiy maktabning hozirgi rahbari va davomchisi prof. V.E.Mixaylenko rahbarlik qilayotgan ilmiy kengashda himoya qilingan tadqiqotchilarning nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalar ro‘yxati va ilmiy rahbarlari ham keltirilgan.
7. Toshkentda 1961, 1966, 1971 yillarda «Nauchno-metodicheskaya zonalnaya konferensiya po nachertatelnoy geometrii i injenernoy grafike» nomlanishi bilan ilmiy-metodik konferensiyalar tashkil qilingan. Bu konferensiyalarda Moskva, Leningrad, Kiev, Tibilisi va boshqa ko‘p shaharlarning N.F.CHetveruxin, I.I.Kotov, N.N.Rыjov, M.YA.Gromov, O.V.Gordon, S.M.Kolotov, E.I.Godik, N.L.Russkevich, V.E.Mixaylenko, A.L.Podgornыy, I.S.Djaparidze, N.V.Naumovich kabi mashhur olimlar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashganlar. Konferensiyalarning metodik, nazariy, yaqqol tasvirlashning nazariya va amaliyoti kabi seksiyalar bo‘lingan. Bu seksiyalarga R.Xorunov, YU.Qirg‘izboev, SH. Murodov va V.A.Belogujevlar, K.Qobuljonovlar raislik qilganlar. Statistik ma’lumotlarga asosan Toshkent konferensiyalarida boshqa shaharlarda o‘tkazilgan konferensiyalarga nisbatan qatnashchilar juda ko‘p bo‘lgan. CHunki konferensiya qatnashchilari o‘lkamizning Tashkent, Buxoro, Samarqand, Xiva shaharlarida obidalarni ko‘rishga va o‘zbeklarning mexmonlarni kutishga alohida o‘z o‘rni borligini e’tiborga olganlar. Uchala konferensiya materiallari «Voprosы nachertatelnoy geometrii i injenernoya grafiki» nomi bilan ilmiy to‘plam ko‘rinishida chop etilgan. Bu konferensiyalarni Toshkentda o‘tkazilishi va ilmiy to‘plamlarning chop etilishi mamlakatimizga grafika fanlarini rivojlanishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Masalan 1953 – 1971 yillarda «CHizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanlaridan Respublikamizda 4 ta olim bo‘lgan bo‘lsa 1980 yilga kelib ular soni 22 taga, 2000 yilga kelib 35 taga etdi.
Birinchi 1963 yilda chop etilgan ilmiy to‘plamda prof. R.Xorunov tomonidan «CHizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanlaridan himoya qilingan nomzodlik va doktorlik dissertatsiyalar ro‘yxati keltirilgan. Keyingi yillarda Respublikamizda «CHizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanlaridan alohida ilmiy to‘plam nashr qilinmagan. Ammo Nizomiy nomidagi TDPU ning «Badiyi grafika» fakultetining tashkil bo‘lishiga 50 yilligiga (2005) bag‘ishlangan ilmiy to‘plamda va TDTU da barcha fanlar bo‘yicha o‘tkazilgan (2008) Respublika konferensiyasi to‘plamining «CHizma geometriya» bo‘limiga, Buxora Davlat universitetida o‘tkazilgan Respublika konferensiyasining (2010) «CHizma geometriya» bo‘limiga kiritilgan maqolalar va «Pedagogik ta’lim», «Halq ta’limi», hamda Respublika OTM-da tashkil qilingan ilmiy to‘plamlarda «CHizma geometriya va muhandislik grafikasi» fanlarining nazariy va metodik yo‘nalishidagi maqolalar chop etilib kelinmoqda.
10-modul. Chizma geometriya praktikumining maqsadi va vazifalari. Yevklid fazosini xosmas elementlar bilan to‘ldirish. Markaziy va parallel proyeksiyalash usullari xossalarining ilmiy asoslari.
Do'stlaringiz bilan baham: |