5-Nazorat savollari



Download 21,3 Kb.
bet4/4
Sana11.08.2021
Hajmi21,3 Kb.
#144791
1   2   3   4
Bog'liq
5-nazorat Odilov Uchqun

Xalqaro terrorizm - bir davlat hududi doirasidan tashqariga chiqadigan terrorizm; odamlarning behuda halok boʻlishiga olib keluvchi, davlatlar va ular rasmiy vakillarining normal diplomatik faoliyatini buzuvchs, hamda xalqaro aloqalar va uchrashuvlarni, shuningdek, davlatlar oʻrtasida transport va boshqa aloqalarni amalga oshirishni qiyinlashtiruvchi xalqaro miqyosdagi ijtimoiy xavfli harakat va kilmishlar yigʻindisi. Xalqaro terrorizm 20-asrning 60—70-yillariga kelib oʻzini yaqqol namoyon kildi: dastlab turli davlatlardagi jinoyatchilar, oʻz davlatiga nisbatan ekstremistik ruxdagi guruhlar birlashib, ijtimoiyiqgisodiy jixatdan orqada qolayotgan va kam rivojlangan mamlakatlarda harakat koʻrsata boshladi. Xalqaro terrorchilar ayrim davlatlarning rahbarlariga, xalqaro miqyosda obroʻga ega boʻlgan siyosatchilarga chetdan turib suiqasd uyushtirish, davlat, transport, aloqa va milliy xavfsizlik tizimini ishdan chiqaruvchi portlashlar va harakatlar sodir etish, transport vositalari, jumladan, samolyotlarni olib qochish bilan shugʻullana boshladilar. 80-yillarga kelib Xalqaro terrorizm yanada jidsiy tus oldi. Begunoh, tinch aholi oʻrtasida koʻpdankoʻp qurbonlar boʻlishi, xalqaro terrorchilarning boshqa yovuzliklari jahon jamoatchiligini qatgiq tashvishlantirib qoʻydi. 1978 y. kuchli "ettilik" davlatlari rahbarlarining Bonn (GFR) shahridagi uchrashuvida Xalqaro terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida bayonot qabul qilindi. Xalqaro terrorizmning oshib borayotgan xavfi va unga qarshi kurash masalalari oliy darajadagi keyingi barcha uchrashuvlarning asosiy mavzui boʻlib qoldi. Chunki xalqaro terrorchilar bir tizimga birlashib, baynalmilallashdi. Ular safida turli davlat, millat vakillari, diniy ekstremistik ruhsagi shaxslar, narkobiznes va qurolyarogʻ savdosidan foyda koʻruvchi jinoiy toʻdalar, yollanib xizmat qiluvchilar paydo boʻldi. Xalqaro terrorchilik va ekstremizm markazlarida razil jinoyatchilarni tayyorlaydigan maxsus lagerlar ochildi. Xalqaro terrorchilar aholini, xususan, dindorlar va yoshlarni davlatga, davlat tashkilotlariga qarshi qoʻyishga hamda hokimiyatga qarshi muholafatni shakllantirishga harakat qiladi.

  • Bugungi davr nafaqat taraqqiyotning, ilm-fanning jadal rivojlanishi bilan, balki jahonni larzaga solayotgan turli xil global muammolar bilan ham kechmoqda. Ana shunday dunyoviy muammolardan biri terrorizmdir.

    Terrorizmning xalqaro miqyosda tobora tus olayotgani, uning tub ildizi qirqilishi o'rniga, aksincha keng quloch yozayotgani natijasida minglab begunoh insonlarning hayotiga zomin bo'lmoqda.

    Bugungi kunda terrorizm balosidan aziyat chekmagan davlat deyarli qolmadi. Kishini tashvishga soladigani esa ko'plab davlatlar birgalikda bir necha yillardan buyon mazkur illatga qarshi ayovsiz kurash olib borayotgan bo'lsa-da, bu kurashning ijobiy natijasi ko'rinmayotganidir.

    Kecha Belgiyaning poytaxti Brusselda kuchli portlash sodir bo'ldi.

    Portlash oqibatida 34 inson halok bo'ldi, ko'plab inson jarohatlandi.

    Bunday qonli terror voqealari nafaqat sodir bo'lgan davlatni, balki butun dunyoni larzaga solmoqda.

    Terror hujumi Ankarada, Istanbulda, Parijda, Brusselda, Qobulda, Tripolida sodir bo'ldi.

    Bu hujumlarda barcha millatdan qon to'kildi.

    Butun insoniyat terrorchilik harakatining qurboni bo'ldi.

    O'n yildan beri terror tashkiloti PKKga qarshi kurashda yosh navqiron askarlaridan va politsiya xodimlaridan judo bo'lgan Turkiya, Brusselning azobini yuragida his qiladi, Yevropaning nidosiga quloq soladi.

    Lekin, Turkiya bu hoinlarning qaysi davlatda bo'lishidan qat'iy nazar, bir-biridan farqi yo'qligini barcha davlatlarning bilishini istaydi.

    "Dushmanimning dushmani mening do'stim” matali ba'zi mamlakatlar uchun shiorga aylangandek go'yo.

    Kecha Yevropaning markazida PKK terror tashkiloti chodir qurib, insonlarni terrorga tashviq etishiga ko'z yumgan Yevropa bugun o'sha terror fojiasiga o'zi duch keldi.

    Turkiya Prezidenti R.T.Erdog'an juma kuni Brusseldagi terrorga tashviq faoliyatiga e'tiroz bildirib, “O'sha bombalar sizning mamlakatingizda portlagandagina, bizning ahvolimizni va hissiyotimizni tushunib yetasiz”,-degan edi.

    Butun dunyo mamlakatlari Turkiya ogohlantirgan vaqtdayoq terrorizmga qarshi hamjihat bo'lib kurash boshlaganida, bugungi dahshatli fojialarning oldi olingan bo'larmidi…



    1. Zamonaviy terrorizim xilma-xil moliyaviy manbaalaridan ozuqalanishi hisobiga faoliyat qamrovini kengaytirishga moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga xarakat qilmoqda. Bunda shartli ravishda ichki yoki tashqi manbaalarga ajratish mumkin.
      Ichki manbnaalar sirasiga terrorchi tashkilotlarining ochiq rasmiy faoliyat yurutuvchi tuzilmalaridan keladigan daromadni hamda jinoiy yo’l bilan topilgan uyushma azolarining badal to’lashi hisobiga olinadigan mablag’larni kiritish mumkin.
      Terrorchi guruhlar ko’pgina hollarda ikkinchi bir shaxs yoki tashkilotlar nomidan “capital” tez aylanadigan (bank ishi, savdo, retourantlar ochish, qurilish, transport) sohalarida faoliyat ko’rsatuvchi korxonalar ochishga e
      tibor qaratmoqdalar. Jumladan, manbaalarda “Al-Qoida ” tashkiloti yaqin sharq va shimoliy Afrika mamlakatlarida transiport, qimmatbaxo metall qazib olish, baliqchilik kabi yo’nalishlarda daromad manbaalarini shakllantirgani qayd etiladi.
      Ayni paytda, terrorchi tashkilotlar daromad ortirish maqsadida bosqinchilik, tovon undirish, giyohvand moddalarning noqonuniy savdosi, qimmatbaxo metal va toshlar kantirabandasi, soxta pul va qimmatli qog’ozlar ishlab chiqish, shuningdek foxishabozlik uylari va qimorxonalar ochish xamga totalizatorlar tashkil qilish kabi jinoiy usullardan keng ko’lamda faydalanishini takidlash zarur.
      1999 yilda Qirg’izistonga bostirib kirgan, o’zini “O’zbekiston islomiy xarakati” deb ataydigan tashkilot jangarilari muzokara olib borish uchun kelgan vakillarni 50 ming dollar xisobiga qo’yib yuborgani, 2003 -yilning 27-martida “Sharqiy Turkiston ozodlik tashkiloti”ga mansub terrorchilar Qirg’istonda 19 ta xitoylik savdogarni o’ldirib, ularning katta miqdordagi pulini oz’lashtirganlari bunga misol bo’la oladi.
      Shu bilan bir qatorda, BMT malumotlariga ko’ra, transmilliy jinoiy guruhlar giyohvand moddalar savdosidan yiliga 400 milliard dollor daromad oladi va ushbu mablag’ning bir qismi terrorchilik guruhlari ixtiyoriga o’tkaziladi.

    2. O’zbekiston hududlariga 643-644 yillardan boshlab yoyilgan bo’lsa ham bu hududda ne-ne islom dini bilan bog’liq bir nechta asarlar yaratilgandir.Islom ilmlari bizning hududimizga VIII asrda Xuroson (hozirgi Turkmanistonning shimoli-sharqiy qismlaridagi davlat VIII-XIV asrlarda) orqali Movarounnahr (Arablar egallab olgan yerlar- arabcha ,,daryoning narigi tarafi’’ deb o’sha paytlarda Amudaryo va Sirdaryo daryolari orasidagi hududlarga aytilgan)ga kirib kelgan bo’lsa,  IX asrdan boshlab mazkur ilmlar mintaqaning o’zida rivojlandi. Bu davrga kelib, avval islom olamida tan olingan olti sahih hadislar to’plami (assihoh as-sita), so’ngra ularning qatorida uch to’plam qo’shilib to’qqiz kitob (alkutub at-tis’a) shakllandi.Ulardan uchtasi Movarounnahrlik ulammolar – Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiylar tomonidan jamlandi.Islom dini o’sha vaqtdan buyon bizning hududimizdagi milliy dinimiz sifatida tan olinib kelinmoqda. Mustaqillik sharofati bilan diniy qadriyatlarga erkinlik berilishi islomning jamiyatdagi o’z o’rnini egallashiga imkon yaratdi. Lekin shu bilan birga yashirin holatda rivoj topgan va din niqobidagi turli mafkuralarning ta’sirida shakllangan qarashlar yuzaga yuzaga chiqishi ham qulay sharoitni vujudga keltirdi.

          XX arning ikkinchi yarmida xalqaro maydonda o’zini balandroq ovoza qilgan, barchaga o’zining salbiy ta’siri bilan tanilgan, shubhasiz, diniy ekstremizm va va undan oziqlanib turgan, diniy shiorlar bilan burkanib olgan terrorizmdir. Ma’lumotlarga qaraganda, bugungi dunyoda 500 ga yaqin terrorchi tashkilotlar ish olib bormoqda. 1968-1980-yillar davomida ular 6700 ga yaqin terrorchilik amaliyotlarini sodir etganlar. Natijada 3668 kishi halok bo’lib, 7474 kishi turli jarohatlar olgan.
    Download 21,3 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish