Yuk tashishda: mijoz tomonidan berilgan TTN asosida tkm, tonna, (soatbay uchun mash soat) umumiy yurilgan yo’l, bajarilgan qatnovlar soni aniqlanadi, bunga asosan ish haqi hisoblanadi, kunlik hisobotlar tuziladi.
Avtobuslar bilan y’olovchi tashishda: yo’l varaqasiga ishlov berish natijasida: kunlik umumiy ishlangan vaqt, umumiy yo’l, qilingan qatnov, shundan grafikga rioya qilingan qatnov, keltirilgan daromad, tashilgan yo’lovchi soni, yurilgan yo’lovchi km.
Yengil taksida y’olovchi tashishda: yo’l varaqasiga ishlov berish natijasida: kunlik umumiy ishlangan vaqt, umumiy yo’l, to’lovli yo’l, keltirilgan daromad, yo’ldan foydalanish koeffitsenti aniqlanadi, Bu ko’rsatkichlarni rejasiga solishtirib holatga baho beriladi. Ko’rsatkich bajarilmagan avtosaf, brigada, xaydovchi muhokama qilinadi va unga qoloqlikni tugallash muddati belgilanadi. Bu vaziat davom etsa ayibdorni ishda qolish va qolmasligi aniqlanadi.
Liniyadagi xarakatdagi tarkibni ish samaradorligini oshirish uchun quyidagi muolajalar amalga oshiriladi.
1. Yuk tashishda: samarali yo’nalishlar(mayatnikli, aylanma, sirtmoqli) tuziladi, yuk ko’tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsienti oshiriladi, bajariladigan ishlar barcha sharoitni hisobga(yo’l holati: yo’lsiz yo’l va turli kategoriyadagi yo’llar) olgan holda me`yorlahtiriladi, tariflar belgilanadi, tashish masofasi o’lchanadi. Yuk tashish ob`ektdagi yuklash tushirish mexanizmi unumdorligiga xarakatdagi tarkib soni mos keltiriladi.
Avtobuslar bilan y’olovchi tashishda: yo’lovchi oqimi, kunlik umumiy ishlangan vaqt, umumiy yo’l, qilingan qatnov, shundan grafikga rioya qilingan qatnov, keltirilgan daromad, tashilgan yo’lovchi soni, yurilgan yo’lovchi km. Bir kilometr uchun keltirilgan daromad yuklamasi aniqlanadi va bu xarajatlar bilan topish kerak bo’lgan hisobdagi daromad yuklamasiga solishtiriladi. Agar yo’nalish zararga ishlasa unda yo’nalish qayta ko’rib chiqilib takomillashtiriladi, shunigdek, avtobus qatnayotgan yo’nalishdagi yo’lovchilar oqimi o’rganiladi hamda xaydovchilari daromad rejasiga o’zgartirish kiritiladi.
Yengil taksida y’olovchi tashishda: Bir to’lovli km, mijozda bir soat bekor turish, bir chiqib tushishlar uchun kira xaqi hisoblab chiqiladi kunlik umumiy ishlangan vaqt, umumiy yo’l, to’lovli yo’l, keltirilgan daromad, yo’ldan foydalanish koeffitsenti aniqlanadi. Bu tashishdagi holat o’rganilib ijara uslubida (quruq, qisman resursli, to’liq resursli) ish tashkil qilish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilib liniyadagi boshqarishni tashkil etishda asosan har doim y’o’lovchi haq degan shiyor bo’yicha ish yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |