5-маvzu.
|
Yuridik va jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘i.
|
-
Ma'ruza mashg‘ulotining texnologiyasi
Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 75-80 nafar
|
O‘quv mashg‘ulotining shakli
|
Axborot, vizual ma'ruza.
|
Ma'ruza mashg‘ulotining rejasi
|
1.Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini to‘lovchilar va soliqqa tortish ob'ekti.
2.Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkasi va soliqdan imtiyozlar. Soliq xisobini taqdim etish va soliqni to‘lash.
3.Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘ini to‘lovchilari, ob'ekti va soliq stavkalari.
4.Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soliqdan imtiyozlar.
5.Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblash va to‘lash muddatlari.
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq to’g’risidagi bilimlarni shakllantirish va mustahkamlash
|
Pedagogik vazifalar:
- mol-mulk solig‘ini mazmunini yoritish;
-asosiy belgilari, sub'ektlari va ob'ektlari bilan tanishtirish;
- Soliq tizimida mol-mulk solig‘ini joriy qilishdan ko‘zlangan maqsad to‘g‘risida tasavvur hosil qilish;
- Yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig‘ining davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi ulushi haqidatushunchaga ega bo’lish.
|
O‘quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
-
- O`zbekiston Respublikasi soliq tizimiga mol-mulk solig`ining iqtisodiy mohiyatini o’rganadi;
-
yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`ini undirish ob’ekti va bazasini aniqlaydi;
-
yuridik shaxslarlardan olinadigan mol-mulk solig`i hisoblash va byudjetga yo’naltirishni o’rganadi;
-
jismoniy shaxslar to`laydigan mol-mulk solig`i va uning ahamiyatini anglab yetadi;
jismoniy shaxslardan mol-mulk solig`ini undirish tartibini bilib oladi.
|
O‘qitish uslubi va texnikasi
|
Munozarali ma'ruza, fikrlar hujumi.
|
O‘qitish shakli
|
Frontal, guruhiy, juftlikda ishlash
|
O‘qitish vositalari
|
Ma'ruza matnlari, proektor, grafik organzayzerlar, doska, bo‘r
|
O‘qitish shart-sharoiti
|
Namunadagi auditoriya
|
Ma'ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi
Bosqichlar, vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
o‘qituvchi
|
talaba
|
1-bosqich.
Kirish
(5 min.)
|
1.1. Darsning avvalida talabalarga ma'ruzalar matni va o‘quv topshiriqlarni tarqatadi (1-ilova).
1.1. Mashg‘ulot mavzusini eslatadi va kutilayotgan natijani va darsni olib borish tartibini ma'lum qiladi.
|
1.1. Eshitadilar, va ma'ruza matnni oladilar
|
2-bosqich.
Bilimlarni faollashtirish
(10 min.)
|
2.1. Juftlikka ajralishlariga topshiriq beradi. Ma'ruza matn va o‘z nuqtai-nazaridan, bozor iqtisodiyoting asosiy farqlari, bo‘yicha juftliklarda muhokama qilish va savollarga javob berishni taklif etadi.
Blits-so‘rov o‘tkazadi.
|
2.1. Topshiriqlarni bajaradi, muammolarni juftlikda muhokama qiladi, savollarga javob beradi.
|
3-bosqich.
Asosiy
(65 min.)
|
2.1. Ma'ruza matnidan kelib chiqqan holda quyidagi savolni o‘ylab ko‘rishni tavsiya etadi.
- Mol-mulk solig’i qachon joriy etilgan va uni joriy etishdan ko’zlangan maqsad nima?
2 kishi bo‘lib savolni muhokama qilishni tavsiya etadi.
2.2. Mol-mulk solig’ini davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi ahamiyati qanday?
-
Mol-mulk solig’ini to’lovchilari kimlar?
-
Soliqqa tortishning alohida tartibi o’rnatilgan korxonalar asosiy faoliyatidan tashqari boshqa faoliyat bilan shug’ullanganlarida mol-mulk solig’ini to’lashadimi?
-
Mol-mulk solig’ining ob’ekti va bazasi qanday aniqlanadi?
|
2.1. Ma'ruza matnidagi belgilarga e'tibor beradilar.
2.2. Savolga javob beradilar.
2.3. Savolga javob beradilar.
2.4. Savolni muhokama qiladilar va javob beradilar.
2.5. Misollar keltiradilar.
|
4-bosqich.
Asosiy
(10 min.)
|
3.1. “?” belgisi qo‘yilgan noaniq qolgan savollarga javob beradi.
3.2. Mavzuga xulosa qiladi va faol ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantiradi.
3.3. Uyga topshiriq beradi.
|
Eshitadilar.
Yozib oladilar.
|
1-ilova.
Blits-so‘rov uchun savollar
-
Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig’ining to’lovchilari kimlar?
-
Jismoniy shaxslarning qanday mol-mulklari soliq solish ob’ekti va bazasi hisoblanadi?
-
Jismoniy shaxslardan olinadigan mol-mulk solig’i stavkalari kimning qarori bilan belgilanadi?
-
Jismoniy shaxslar mol-mulk solig’i stavkasi 2012 yildan necha foiz qilib belgilangan?
-
Jismoniy shaxslar mol-mulkini baholash bo’yicha inventarizatsiya qiymati bo’lmasa soliq undirish qandan tartibda amalga oshiriladi?
-
Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’i summasi qaysi davlat organi tomonidan hisoblab chiqariladi?
|
2-илова.
-
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUDUDIDA JOYLASHGAN UY-JOYLAR, KVARTIRALAR, DALA HOVLI IMORATLARI, GARAJLAR VA BOSHQA IMORATLAR, JOYLAR, INSHOOTLAR SOLIQ SOLISH OBYEKTIDIR.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi, 273-modda
3-ilova.
1.YURIDIK SHAXSLAR MOL-MULK SOLIG‘INI TO‘LOVCHILAR VA SOLIQQA TORTISH OBYEKTI
Mol-mulk solig‘ini to’lovchilar bo’lib soliq solinadigan o’z mulkiga ega bo’lgan yuridik shaxslar hisoblanadi.
Korxona balansida bo’lgan o’rtacha yillik asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar xamda muddatida ishga tushirilmagan mulklarning qoldiq balans qiymati soliqqa tortish ob'ekti bo’ladi.
4-илова.
2.YURIDIK SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG‘I STAVKASI VA SOLIQDAN IMTIYOZLAR
Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘i stavkasini xar yili yangi budjet tasdiqlanayotganda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi tomonidan korxonaning yillik qoldiq qiymatidan 2008 yildan bu stavka 3,5 foiz qilib belgilangan.
Yagona yer solig‘i to’lovchi qishloq xo’jalik tovar ishlab chiqaruvchilari xamda yagona soliq to’lovchi kichik korxonalar, mikrofirmalar mol-mulk solig‘ini to’lamaydilar.
5-ilova
Belgilangan muddatlarda ishga tushirilmagan va foydalanilmagan asbob- uskunalar uchun mol-mulk solig‘ini stavkasini ikki barobar ko’paytirib to’laydilar.
6-ilova
MOL-MULK SOLIG‘I HISOBINI TAQDIM ETISH VA SOLIQNI TO’LASH
IMORAT, BINOLAR VA INSHOOTLARNING EGASI BIR NECHTA BO’LSA, ULARDAN TO’LANADIGAN SOLIQ MIQDORI HAR BIR ODAMNING ULUSHIGA QARAB BELGILANADI.
Hisobot yil yakuning keyingi oy 25-kunidan kechiktirmay to’lov amalga oshirilishi lozim
YANGI QURILGAN YOKI SOTIB OLINGAN BINOLARGA SOLIQ KELGUSI YIL BOSHIDAN BOSHLAB HISOBLANADI.
7-ilova
3. JISMONIY SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG‘INI TO‘LOVCHILARI, OBYEKTI VA SOLIQ STAVKALARI
Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘ini to‘lovchilari bo‘lib soliq solinadigan mol- mulkga ega bo‘lgan fuqarolar hisoblanadi.
8-ilova
9-ilova
10-ilova
JISMONIY SHAXSLARNING MOL-MULKIGA SOLIQDAN IMTIYOZLAR.
-
1. “O‘zbekiston qahramoni”, Sovet Ittifoqi qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajali Shuhrat ordeni bilan taqdirlanganlarning;
-
2. 1941-1945 yillardagi urush qatnashchilari va partizanlari ularga tenglashtirilgan shaxslar, ichki ishlar va davlat xavfsizligi organlari tarkibida xizmat qilgan shaxslarning, harakatdagi armiya tarkibiga kirgan xarbiy qismlar, shtablar va muassasalarda shtatdagi lavozimlarni egallagan shaxslar. Leningrad shahri qamali bo‘lganlarning va konsentratsion lagerlarning sobiq yosh tutqunlari, xizmatini Afg‘oniston Respublikasida va jangovar harakatlar olib borilgan boshqa mamlakatlarda vaqtincha bo‘lgan qo‘shinlarning hamda cheklangan kontingenti tarkibida o‘tagan harbiy xizmatchilar hamda o‘quv va sinov yig‘inlariga chiqarilgan harbiy xizmatga majburlarning;
-
3. Qahramon onalar, shuningdek o‘n nafar va undan ortiq farzandi bor ayollarning;
-
4. Chernobil AESdagi avariya oqibatlarining tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar olayotgan fuqarolarning (shu jumladan u yerga vaqtinchalik xizmatga yuborilganlarning)
-
5. Pensionerlarning, shuningdek 1 va 2 guruh nogironlarining;
-
6. Muddatli xizmat harbiy xizmatchilari va ularning oila a'zolarining xizmatni o‘tash davrida;
-
7. Harbiy xizmat majburiyatlarini bajarishda yarador, kontuziya bo‘lganlik yoki shikastlanganlik oqibatida yoki frontda bo‘lish tufayli ortirilgan kasallik oqibatida halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning ota-onalari va boshqa turmush qurmagan rafiqalarning (erlarining).
-
8. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulotda vaziyatlar vazirliklari, milliy xavfsizlik xizmati harbiy xizmatchilari jumlasidan bo‘lgan nogironlarning ichki ishlar organlarining xizmat vazifasini ado etayotganda yarador, kontuziya bo‘lganlik yoki shikastlanganlik oqibatida nogiron bo‘lib qolgan boshliqlar va oddiy xizmatchilar jumlasidan bo‘lgan shaxslarning mulklari soliqdan ozod etiladi.
11-ilovа.
-
Ushbu moddada nazarda tutilgan imtiyozlar mol-mulk egasining tanloviga binoan mol-mulkning faqat bir ob'ektiga taaluqli bo‘ladi. Masalan, ikkita uy bo‘lsa, bittasiga beriladi.
-
Imtiyozlar faqat mol-mulk imtiyoziga ega bo‘lgan shaxsning mulki bo‘lgandagina berilishi mumkin.
12-ilova
JISMONIY SHAXSLARNING MOL-MULK SOLIG‘INI HISOBLASH VA TO‘LASH MUDDATLARI
Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq summasi mol-mulkning 1 yanvariga bo’lgan holatiga ko’ra inventarizatsiya qiymatidan va belgilangan stavkadan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi.
O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi – 277 modda.
13-ilova
JISMONIY SHAXSLARNING MOL-MULKIGA SOLINADIGAN SOLIQNI SOLIQ DAVRI UCHUN TO’LASH TENG ULUSHLARDA BIR YILDA IKKI MARTA AMALGA OSHIRILADI:
HISOBOT YILINING 15 IYUNIGA QADAR;
HISOBOT YILINING 15 OKTYABRGA QADAR.
14-ilova
Meros bo’yicha o’tgan mol-mulkdan soliq merosxo‘rlardan meros ochilgan paytdan boshlab undiriladi.
15-ilova
Mol-mulk yo‘q qilingan, butunlay vayron bo’lgan xollarda mol-mulk solig‘i undirish ular yo‘q qilgan yoki butunlay vayron bo’lgan oydan e'tiboran to’xtatiladi
5.2. Seminar mashg‘ulotida o‘qitish texnologiyasi.
Vaqti – 2 soat
|
Talabalar soni: 25-30 nafar
|
O‘quv mashg‘ulotining shakli
|
Muammoli masalalarni hal etish va bilimlarni chuqurlashtirish ko‘nikmalarni rivojlantirish bo‘yicha seminar
|
Seminar mashg‘ulotining rejasi
|
1.Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini to‘lovchilar va soliqqa tortish ob'ekti.
2.Yuridik shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkasi va soliqdan imtiyozlar. Soliq xisobini taqdim etish va soliqni to‘lash.
3.Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘ini to‘lovchilari, ob'ekti va soliq stavkalari.
4.Jismoniy shaxslarning mol-mulkiga soliqdan imtiyozlar.
5.Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘ini hisoblash va to‘lash muddatlari.
|
O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: Yuridik va jismoniy shaxslar mol-mulkiga solinadigan soliq to’g’risidagi bilimlarni shakllantirish va mustahkamlash
|
Pedagogik vazifalar:
-
Ma’ruzada olingan bilimlarni mustahkamlash va ular asosida konspektlar tayyorlash ko’nikmalarini hosil qilish;
-
Bilimlarni tizimlashtirish, taqqoslash, umumlashtirish, kichik biznes va tadbirkorlik haqidagi tushunchalarni shakllantirsh;
-
Adabiyotlar bilan ishlash ko’nikmalarini hosil qilish.
|
O‘quv faoliyatining natijalari:
Talaba:
-
O`zbekiston Respublikasi soliq tizimiga mol-mulk solig`ining iqtisodiy mohiyatini o’rganadi;
-
yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk solig`ini undirish ob’ekti va bazasini aniqlaydi;
-
yuridik shaxslarlardan olinadigan mol-mulk solig`i hisoblash va byudjetga yo’naltirishni o’rganadi;
-
jismoniy shaxslar to`laydigan mol-mulk solig`i va uning ahamiyatini anglab yetadi;
jismoniy shaxslardan mol-mulk solig`ini undirish tartibini bilib oladi.
|
O‘qitish uslubi va texnikasi
|
Amaliy, muhokama, savol-javob, aqliy hujum, test, blits-so’rov
|
O‘qitish vositalari
|
Ma'ruza matni, o‘quv qo‘llanma, proektor, doska, bo‘r, A32 bichimidagi qog‘oz, marker
|
O‘qitish shakli
|
Guruhiy, individual, jamoda ishlash
|
O‘qitish sharoitlari
|
Proektor, kompyuter texnologiyalari bilan ta'minlangan namunadagi auditoriya.
|
Seminar mashg‘ulotining texnologik kartasi
Bosqichlar, vaqti
|
Faoliyat mazmuni
|
|
o‘qituvchi
|
talaba
|
1-bosqich.
Kirish
(5 min.)
|
1.1. Mavzu, reja va kutilayotgan maqsad, seminar mashg‘ulotining rejasi hamda uni o‘tkazish tartibini ma'lum qilinadi. Ekranga baholash mezonini chiqaradi (1-ilova).
|
1.1. Eshitadilar va mavzuni yozadilar
|
2-bosqich. Bilimlarni faollashtirish
(20 min.)
|
2.1. Ekranga testlarni chiqaradi (2-ilova), test oladi va tekshiradi.
2.2. Test natijalarini tahlil qiladi va xatolarga to‘xtalib o‘tadi.
|
2.1. Test savollariga alohtida javob tanlaydi.
2.2. Test natijalarini tahlil qiladi.
|
3-bosqich. Asosiy
(55 min.)
|
3.1. Talabalarni 3 ta guruhga bo‘ladi va topshiriqlarni qaytaradi (3-ilova). Ish yakunlanganda qanday natijaga ega bo‘lishi kutilayotgani bilan tanishtiradi.
Aqliy xujum yordamida muammoli savollarni yechish qoidalari bilan tanishtiradi (4-ilova).
3.2. Taqdimotni namoyishi va o‘zaro baholash natijalarni hal etishni tashkil etadi.
Izohlaydi, javoblarni tartibga soladi, o‘quv jarayonini bajarilishida kkelingan xulosalarga e'tibor qaratadi.
|
3.1. Topshiriqlarni bajaradi: -guruh sardori muammoni hal etishni va prezentatsiyani tayyorlashni tashkillashtiradi.
3.2. Prezentatsiya bilan tanishtiradi. O‘z fikrlarini aytadi, savollar beradi, boshqa guruhlarni baholaydi.
|
4-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)
|
4.1. Mavzuni yakunlaydi, ishtirokchilarni baholaydi, rag‘batlantiradi.
4.2. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi: kelgusi mavzu bo‘yicha ma'ruzani o‘qib kelish, ma'ruzachilarga savollar tayyorlash.
Referat mavzularini taqsimlaydi, ma'ruzachi, taqrizchi, opponentlarni belgilaydi muhokama tartibi bilan tanishtiradi.
| -
Eshitadilar va aniqlashtiradilar.
-
Referat mavzularini yozib oladilar.
|
1-ilova.
Ishlarni baholash ko‘rsatkichlari va mezonlari
Har bir talaba ko‘rsatkich va mezonlar bo‘yicha bal yig‘adi. 0,1 baldan testning to‘g‘ri javobi uchun (maksimal 3 ball)
Guruh
|
1-topshiriq
|
2-topshiriq
|
Javobni lo‘ndaligi (0,5)
|
Umumiy bal
(2,6)
|
Javobning to‘g‘riligi (0,4)
|
Asoslanganligi
(0,4)
|
Ko‘rgazmalilik (sxema) (0,8)
|
Asoslanganlik
(0,5)
|
1
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
3
|
|
|
|
|
|
|
2-ilova.
Test.
1. “Soliq” tushunchasiga ta'rif bering.
A) Soliq deganda davlat byudjetiga undiriluvchi majburiy to‘lov tushuniladi;
B) Yuridik shaxslar tomonidan byudjetga undiriladigan to‘lovlar tushuniladi;
V) Jismoniy shaxslar tomonidan byudjetga to‘lanadigan majburiy to‘lovlar tushuniladi;
G) Soliqlar - davlat va jamiyatning pul mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida qonun tomonidan belgilab qo‘yilgan hajmda va o‘rnatilgan muddatda jismoniy va yuridik shaxslardan davlat ixtiyoriga majburiy ravishda undirib olinadigan to‘lovlardir.
2. Respublikamizda birinchi Soliq kodeksi qachon qabul qilingan va qachondan kuchga kirgan?
A) 1996 yil 15 fevral – 1996 yil 1 mart
B) 1997 yil 24 aprel- 1998 yil 1 yanvar
V) 1997 yil 15 dekabr – 1998 yil 1 yanvar
G) 1998 yil 24 aprel – 1999 yil 1 yanvar
3. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonuni qachon qabul qilingan?
A) 1991 yil 15 fevralda;
B) 1997 yil 24 aprel
V) 1997 yil 29 avgust;
G) 1992 yil 27 oktyabrda.
5.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida soliq tizimiga tegishli moddalarni ko‘rsating.
A) 10, 51
B) 51, 123
V) 14, 111, 4
G) 100, 120, 2
6. Soliqlar va yig‘imlarni to‘lov muddati o‘tkazib yuborilgan xar bir kun uchun penya mikdorini ko‘rsating.
A) 0,1 %
B) 0,05 %
V) 0,2 %
G) 0,07 %
7. Jismoniy shaxslarning mol-mulklari qanday stavkada soliqqa tortiladi?
A) 10
B) 3,5
V) 0,9
G) 0,2.
8. Jismoniy shaxslardan undiriladigan mol-mulk solig‘ini to‘lash muddatlari.
A) Teng ulushlarda 15 iyundan va 15 dekabrdan kechiktirmagan xolda.
B) 1 iyuldan kechiktirmagan xolda.
V) 1 avgustda.
G) 15 dekabrda.
9. Yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxsning mol-mulkini ijaraga berishdan olingan daromadi soliqqa tortiladimi?
A) Shug‘ullanadigan faoliyatlari stavkalarining eng yuqorisi bo‘yicha bu daromadga ham qat'iy belgilangan soliq solinadi;
B) Soliq solinmaydi;
V) Eng kam ish haqining 3,5 baravari miqdorida soliq solinadi;
G) Bu daromad summasidan Soliq kodeksiga binoan jismoniy shaxslar daromad solig‘i undiriladi.
10. Mol-mulk solig‘ini to‘lash haqidagi to‘lov xabarnomalari soliq to‘lovchilarga qaysi muddatdan kechiktirilmay topshirilishi shart?
A) Joriy yilning 5 yanvarigacha
B) Joriy yilning 25 apreligacha
V) Joriy yilning 15 iyunigacha
G) Joriy yilning 1 mayigacha.
3-ilova.
Guruhlarda ishlash uchun topshiriqlar
1-guruh
1-topshiriq. Ushbu fikr to‘g‘riyoki noto‘g‘riligini aniqlang (javobni asoslang).
Belgilangan muddatlarda tugallanmagan qurilish ob’ekti uchun mol-mulk solig’ini to’lash tartibi qanday belgilangan?
2-topshiriq. Muammoli savolga aqliy xujum usulida javob toping.
Me’yoriy muddatlarda o’rnatilmagan uskunalar uchun mol-mulk solig’ini to’lash tartibi qanday belgilangan?
Mol-mulk solig’idan kimlar soliqdan ozod etiladi?
2-guruh
1-topshiriq. Ushbu fikr to‘g‘riyoki noto‘g‘riligini aniqlang (javobni asoslang).
Pensionerlarning necha kvadrat metr mol-mulki qiymati soliqqa tortilmaydi?
2-topshiriq. Muammoli savolga aqliy xujum usulida javob toping.
Jismoniy shaxslarning mol-mulk solig’i summasi qaysi davlat organi tomonidan hisoblab chiqariladi?
To’lov xabarnomasi qaysi muddatgacha uchastka soliq inspektorlari tomonidan soliq to’lovchilarga yetkaziladi?
3-guruh
1-topshiriq. Ushbu fikr to‘g‘riyoki noto‘g‘riligini aniqlang (javobni asoslang).
Yillik hisoblangan mol-mulk solig’i qaysi muddatda byudjetga to’lanadi?
2-topshiriq. Muammoli savolga aqliy xujum usulida javob toping.
Mol-mulk solig’ining ob’ekti va bazasi qanday aniqlanadi?
Korxona mol-mulkining o’rtacha yillik qoldiq qiymati qanday tartibda topiladi?
4-ilova.
1-masala. Korxona asosiy vositalarining 1 yanvar holati buyicha qiymati 1100 ming so’mni tashkil etib, aprel oyining birinchi o’n kunligida yana 250 ming so’mlik asosiy vosita kirim qilingan. Asosiy vositalarning eskirish qiymati 1 yanvar holatiga 100; 1 fevral holatiga 125; 1 mart holatiga 150; 1 aprel holatiga 250 ming so’mni tashkil etadi. Ushbu ma’lumotlarga asosan korxona mol-mulk solig’ini hisoblang (1-chorak uchun).
Echilishi:
1. Korxona asosiy vositalarining 1-chorakdagi o’rtacha qoldiq qiymatini topishimiz lozim, ya’ni:
QQ 1yanv. = 1100 – 100= 1000 ming so’m;
QQ 1fev. = 1100 –125 = 975 ming so’m;
QQ 1mart = 1100 – 150 =950 ming so’m;
QQ 1apr. = 1350 –250 = 1100 ming so’m.
(bu yerda, QQ - asosiy vositalarning qoldiq qiymati).
O’qq = 1yanv. : 2 + 1 fev. + 1mart + 1apr. : 2/12 = 1000 : 2 + 975+ 950 + 1100 : 2/12 =881.3 ming so’m.
2. Ms = 881.3 x 3.5 % = 30,8 ming so’m.
2-masala. 1-masala va quyidagi ma’lumotlarga asosan mol-mulk solig’ini hisoblang.
1. 1 – korxonada mahsulot eksporti - 15 % ni;
2. 2 – korxonada mahsulot eksporti - 20 % ni;
3. 3 – korxonada mahsulot eksporti - 35 % ni;
4. 4 – korxonada mahsulot eksporti - 50 % ni tashkil etadi.
3-masala. 2008 yil 1 yanvar holatiga mol-mulk solig’i to’lovchi korxonada asosiy vosita va nomoddiy aktivlari bo’lmagan. 13 yanvarda korxona 670 ming so’mga kompyuter, 25 martda esa 290 ming so’mga printer sotib olgan.
2008 yil birinchi chorak uchun mol-mulk solig’ini hisoblang?
4-masala. Korxona mol-mulkining o’rtacha qoldiq qiymati 9003 ming so’mni tashkil etadi, bundan:
-
Me’yoriy muddatlarda tugatilmagan qurilishning qiymati – 3500 ming so’m;
-
2275 ming so’mni O’zbekiston respublikasi Vazirlar Maxkamasining qaroriga binoan konservatsiya qilingan.
Joriy davr uchun umumiy tushum 30300 ming so’m, bundan 7300 ming so’mligi korxona o’z mahsulotini erkin valyutaga sotgan.
Joriy davr uchun mol-mulk solig’i necha so’mni tashkil etadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |