- apexs cordis pastga va oldinga yo’nalgan bo’lib, yurakning asosi -
basis cordis yuqoriroqda va
biroz orqaroqda joylashadi. Yurakning oldingi yuzasi-
facies sternocastalis to’sh va qovurg’a
suyaklariga qaragan bo’lib, pastki yuzasi
diafragmaga tegib turganligi uchun,
facies diaphragmatica, deyiladi. O’ng va chap
o’pkalarga qaragan yuzalari
facies pulmonalis dextra et sinistra deyiladi. Yurak ichida
o’yma bo’lib
incisura apicis cardis deb
ataladi. Yurakning tashqi yuzasida qon
tomirlar joylashadigon quyidagi egatlar-
qorinchalar orasidagi oldingi egat, orqa egat,
tojsimon egat, boladi. Yurakning to’rt
kamerasi ikkita bo’lmacha, ikkita qorincha
qismlari bo’lib, har ikkala qorincha o’rtasida
tosiq bo’ladi. Bo’lmachalar orasidagi to’siqda
chuqurcha -
fossa ovalis bo’lib, embrion
davrining teshigi sohasiga to’g’ri keladi.
Ularning tashqi yuzasida bortib chiqqa quloqchalar ko’rinadi.