(a.carotis interna)
boshlang'ich qismi tashqi uyqu arteriyasining lateral va
orqa tomonida, so‘ngra medial tomonida yotadi. Bu arteriya halqum va ichki bo‘yinturuq venaning
o'rtasidan tikka ko'tarilib, uyqu kanalining tashqi tirqishi orqali kanalga keyin kalla bo'shlig'iga kiradi.
Unda bo'yin qismi
(pars cervicalis),
chakka suyagining toshsimon qismi
(pars petrosa),
so'g'on qismi
(pars cavernosa)
va miya qismi
(pars cerebralis)
tafovut qilinadi. Bo'yin qismidan tarmoqlar
chiqmaydi. Toshsimon qismida uyqi kanali ichida ichki uyqu arteriyasidan chiqqan uyqu-nog‘ora
arteriyasi
(a. carotico-tympanica)
nog'ora bo'shlig'ini qon bilan ta’minlaydi.
A.canalis pterygoidei
qanotsimon kanal ichidan o'tib qanot-tanglay chuqurchasiga chiqadi va u yerdagi hosilalarni qon bilan
ta’minlaydi. Kanaldan chiqqanidan keyin ichki uyqu arteriyasi yuqoriga qarab bukilib o'z nomidagi
egatda yotadi. Ichki uyqu arteriyasining so'g'on qismidan quyidagi tarmoqlar chiqadi: a)
Do'stlaringiz bilan baham: |