bffircatio carotidis
hosil qilib tashqi va ichki uyqu arteriyalariga bo'linadi. Ular bo'lingan joyda quyuq kapillarlar to'ri va
nerv uchlaridan iborat uyqu koptokchasi
(glomus caroticum)
joylashgan. Aorta ravog‘idan
boshlanuvchi umumiy uyqu arteriyasining kengligi bir yoshgacha 3—6 mm bo'lsa, 15—16 yoshda
6—7 mm, kattalarda 9—14 mm bo'ladi.
Tashqi uyqu arteriyasi
Tashqi uyqu arteriyasi
(a. carotisexterna)
umumiy uyqu arteriyasidan chiqqandan so'ng, ichki uyqu
arteriyasining media ltomonidan yuqoriga ko'tarilib, uyqu uchburchagiga boradi. Bigizsimon-til osti
va ikki qorinli mushakning medial tomonidan ko'tarilib, pastki jag suyagi bo'yni sohasida o'zining
oxirgi tarmoqlari: chakkaning yuza arteriyasi va yuqori jag
’
arteriyasiga bo'linadi. Tashqi uyqu
arteriyasidan 9 ta tarmoq uch guruh bo'lib chiqadi. Uning oldingi guruh tarmoqlariga yuqori
qalqonsimon arteriya, til va yuz arteriyalari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |