5.4-chizma. YAlpi taklif egri chizig’ining keyns kesmasidagi muvozanati
YAlpi talab egri chizig’ini AS egri chizig’ining vertikal kesmasida o’zgarsa bu ishlab chiqarish hajmiga ta’sir ko’rsatmaydi va faqat baholar darajasi o’zgaradi, xolos. YA’ni, bu kesmada talabning oshishi talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. YAlpi taklifning bu kesmasida talabning har qanday o’zgarishi faqat baholar darajasi o’zgarishga olib keladi. Ishlab chiqarish hajmi esa to’liq bandlik sharoitida o’zgarmay qoladi.
R ye2 AS2
AS1
ye1 AS3
AD
ye3
Y
Y3 Y1 Y2
5.5-chizma. YAlpi taklif o’zgarishining AD-AS modelidagi muvozanatga ta’siri.
Oraliq va vertikal kesmalarda baholar o’sib borishi bilan kuzatilgan yalpi talabning ko’payishi talab inflyatsiyasi mavjudligini ko’rsatadi.
YAlpi taklif o’zgarishining baholarning va ishlab chiqarishning muvozanatli darajalariga ta’sirini 13-chizma misolida ko’rib chiqamiz. Bahodan boshqa omillar ta’sirida yalpi taklifning AS1dan AS2ga siljishi natijasida ishlab chiqarish hajmi Y1 dan Y2 gacha kamayadi, baholar darajasi esa R1 dan R2 gacha ko’tariladi, ya’ni stagflyatsiya ro’y beradi.
Boshqa bir vaziyatda, masalan, narxlarga bog’liq bo’lmagan omillardan birortasi o’zgarib, yalpi taklifning o’zgarishiga olib kelsin. YA’ni, yerning bahosi pasaysa, korxonalardan olinadigan soliqlar kamaysa va natijasida mahsulot birligiga ketgan sarf-xarajatlar qisqarsa, unda yalpi taklif egri chizig’i AS1dan AS3 holatga siljiydi. Bunda narxlar muvozanat darajasi P1 dan P3 ga qadar pasayadi va ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi Y1 dan Y3 qadar oshadi, ya’ni, iqtisodiy o’sish holati ro’y beradi.
YAlpi taklif va yalpi talab o’rtasidagi muvozanatning buzilishi makroiqtisodiy beqarorlikni keltirib chiqaradi. Jumladan “jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelishida asosiy sabab – moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi hisoblanishini ta’kidlash lozim. Pul muomalasi qonunlaridan ma’lumki, iqtisodiyot sog’lom va barqaror amal qilishi uchun muomalaga chiqarilayotgan pul massasi bilan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmi o’rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi lozim. Biroq, milliy iqtisodiyotlarning baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga ham o’z ta’sirini o’tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, masalan AQSHda, keyinchalik ko’plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e’tiborga olmaslikka qadar olib keldi”1.
Natijada muomaladagi pul massasi (yalpi talab) tovarlar va xizmatlar hajmi o’rtasida muvozanat buzildi, va moliyaviy inqiroz iqtisodiy inqirozga aylandi.
SHu sababli ham makroiqtisodiy siyosatning asosiy vazifalaridan biri makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlashdan iboratdir. Bunda yalpi talab va yalpi taklifning dinamik muvozanatiga erishish uchun yalpi talabni rag’batlantirish yoki cheklash siyosati, shuningdek yalpi taklifni rag’batlantirish siyosati qo’llaniladi.
YAlpi talabni rag’batlantirish siyosatining ko’rinishlariga daromadlarni o’stirish, soliqlarni kamaytirish, bank kreditlarini arzxonlashtirish, narxlarni cheklash tadbirlari kirsa, yalpi taklifni rag’batlantirish siyosatida investitsiyalarni rag’batlantirish, ishlab chiqaruvchilarga soliq yukini pasaytirish, eksportchilarni qo’llab quvvatlash va h.k. choralar kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |